Мустақил ўҚув фаолиятини


O‘zaro o‘qishni tashkil etish



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə18/27
tarix07.04.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#104489
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
МУСТАҚИЛ ЎҚУВ ФАОЛИЯТ etnopsixologiya

O‘zaro o‘qishni tashkil etish


«


Arra» texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi

1. Murakkabligi va hajmi bo‘yicha teng qimmatli qismlar (mantiqiy yoki mazmuniy bloklar)ga bo‘lingan o‘quv materiali ustidan ishlash uchun 4-6 kishidan iborat bo‘lgan guruhlar tuziladi.


2. Mustaqil ish: mustaqil o‘rganish maqsadida o‘quv topshirig‘i ekspert varag‘idagi savollarga muvofiq teng maromda guruh a’zolari orasida taqsimlanadi.
Guruhning har bir a’zosi ekspert varag‘idagi o‘z savoliga javobni tayyorlash uchun o‘quv materialidan kerakli ma’lumotni topadi.
3. «Ekspertlar» uchrashuvi – har xil guruhlarda bir hil materialni o‘rganiyotganlar ekspert sifatida uchrashadi va ma’lumotlar bilan almashadi. Ular o‘z savollari ustida ishlashadi, o‘z dastlabki guruhlari a’zolariga qanday qilib ma’lumotni eng samarali ifodalash va ko‘rgazmali taqdim etishni birgalikda rejalashtiradi.
4. O‘zaro o‘qish: «ekspertlar» o‘z dastlabki guruhlariga qaytib kelishadi va boshqalarni o‘zlari bilib olgan yangiliklarga o‘rgatadi: har kim o‘z topshirig‘ining qismi haqida ma’lumot beradi – (bir arraning tishlaridek)ekspert varag‘idagi savolni ochib beradi.
5. O‘zaro tekshirish va o‘zaro baholash: butunlay mavzu bo‘yicha bir biriga savollar berishadi va yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini baholashadi, yoki o‘qituvchi tomonidan butun mavzu bo‘yicha tayyorlangan testlarni bajaradi.


«BIRGALIKDA O‘QIYMIZ» BIRGALIKDA O‘QISh TEXNIKASI


Birgalikda o‘qish: o‘quv guruhi kichik guruhlarga bo‘linadi. Har bir kichik guruh o‘rganilayotgan mavzuning ma’lum bir sohasida ekspert bo‘ladi va boshqalarni o‘rgatadi.
Har bir guruhning maqsadi barcha boshqa guruhlar ishtirokchilari mavzu savollarini to‘la hajmda egallab olishidan iborat.

«Birgalikda o‘qiymiz» texnikasidan foydalangan


holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi
1. Bilim darajasiga qarab 3-5 kishidan iborat bo‘lgan har xil turdagi guruhlar tuziladi.

2. Har bir guruhga bitta topshiriq beriladi –umumiy mavzuning bir qismi, uning ustida butun o‘quv guruhi ish olib boradi hamda tayanchlar – ekspert varaqlari – taqdim etiladi.

3. Har bir guruh ichida umumiy topshiriq taqsimlanadi.

4. Hamma yakka tartibdagi topshiriqni bajaradi.

5. Barcha guruh a’zolarining mini-ma’ruzalarini tinglaydi. Umumiy natija (butun ekspert varag‘i bo‘yicha savollar javobi)ni shakllantiradi va uni taqdimotga tayyorlashadi.

6. Spiker yoki guruh barcha a’zolari birgalikda bajargan ish natijalarini taqdimot etishadi.
Guruhning yakuniy bahosi ma’ruza uchun umumiy ballni va mustaqil ish uchun individual ballarni o‘z ichiga oladi.
Ekspert varag‘i
Matnni o‘qishda asoslanish zarur bo‘ladigan savollardan iborat varaq. Savollar o‘quv materiali ustidan olib boriladigan mustaqil faoliyatni yo‘naltiradi.
Odatda ekspert varag‘i 3 ta savoldan iborat.
Birinchi ikkita savol javoblari butun o‘quv matni bo‘yicha oz-ozdan yig‘iladi.
Uchinchi savol javoblarini tayyorlash birinchi va ikkinchi savol javoblari uchun yig‘ilgan material asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ishlanma, extimol, guruhdan o‘z fikrini aniqlashni yoki masala mohiyati yuzasidan qator isbotlarni tuzib chiqishni talab qiladi.



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə