Mustaqil ish Mavzu: Kasbiy faoliyatning etikaviy tamoyillari


Psixologning kasbiy uzligining belgilashning etikaviy tamoyillari



Yüklə 46,56 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü46,56 Kb.
#135944
1   2   3   4   5
3.Psixologning kasbiy uzligining belgilashning etikaviy tamoyillari
Kasb - inson ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgarlik ta- lab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba yo’ li bilan erishiladi. Kasb ichida mehnat faoliyatining eng tor xarakteri bilan ajralib turuvchi ix- tisoslari bor. Ba’zi kasblarda bir qancha ixtisoslar masalan: chilan- gar kasbida - remontchi chilangar, asbobsoz chilangar, yig‘uvchi chi- langar kabi yo’ nalishlar mavjud. Demak, har bir kasbga xos bo’ lgan yo’ nalishlar mavjud bo’ ladi. Bu esa inson faoliyatini kengayib borayot- ganligini, har bir sohani o’ ziga xos tor jabhalari borligini tasdiqlaydi.
Hayotiyjarayonlar kasblami doimiy emasligini ko’ rsatadi. Kasb- lami ayrimlari pay do bo’ ladi ayrimlari yo’ q bo’ lib ketar ekan. Bu kasblami ayrimlari texnika va texnologiya sohalarini taraqqiyo- ti bilan bog‘liq holda takomillashib boradi, yangi ko’ rinishga ega bo’ lgan kasblami paydo qiladi, eskilarini yanada takomillashtiradi. Misol uchun hozirgi zamon to’ quvchisining ishini ilgari zamondagi to’ quvchi mehnati bilan taqqoslab bo’ lmaydi. Hozirda to’ quvchi sta- noklami avtomatlashganligi tufayli bir qancha to’ quv stanoklarini bir vaqtda boshqaradi. Albatta bu jarayonlarni taqqoslab bo’ lmaydi, ulardagi mehnat sharoiti, stanoklami boshqarishga va to’ qishga bog‘liq bo’ lgan yangi bilimlar tizimi va shu kabilar ulaming farqini ko’ rsatib turadi.
Kasblami o’ zgarib borishiga ijtimioiy - iqtisodiy tuzum ham o’ z ta’sirini o’ tkazib boradi. Deylik, hozirda boshqaruvchi - mas­ter yoki inspektorlar mavjud bo’ lib ular boshqa sohalardan tub- dan farqlanib turadi. Bunga misol qilib shifokorlik kasbini olishi- miz va uni jamiyatdagi rolini ko’ rsatib berish mumkin. Jamiyat- dagi “erkin tadbirkorlik” jarayoni shifokorni endi nafaqat davo- lovchi, balki tadbirkorlik ishi bilan shug'ullanuvchi qilib qo’ ydi. Endi tadbirkor shifokor o’ z ustida ishlash, davolashning yangi va samarador tomonlari ustida bosh qotirishga, o’ z kapitalini o’ stirib borishga intilishi kerak bo’ ladi. Bu jarayon hamma kasblarga ham taalluqlidir. Jamiyatda yashayotgan har bir insonga qulaylik yara­tish, uning ehtiyojlarini qondirish, yaxshi yashashi uchun sharoitlar yaratish bor kasblami takomillashtirishga va yangi kasblarni paydo bo’ lishiga olib keladi.
Insoniyat hayot faoliyati uchun zamr bo’ lgan ehtiyojlami qondirish davomida yangi kasblar ham paydo bo’ lib bormoqda. Du- nyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming) 0‘zbekistonda 6 mingdan ziyod kasblar mavjud. [22, 62. ]
Shuni aytish joizki, jamiyat rivojlangan sari kasblar ham ko’ payib boradi. Shu bilan birga kasb bu jamiyatdagi qabul qilingan huquq- iy - normotiv Qonunlarga amal qilishi zarur bo’ ladi. Jamiyatda man qilingan va uning ahloqiga to’ g‘ri kelmaydigan kasblar jamiyat to- monidan taqiqlanadi va jazolanadi. 0‘zbekistonda uning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda ko’ pgina kasblar hayotga kirib kelmoqda. Bular haqida esa maktabda va boshqa o’ quv maskanlaridagi o’ qituvchilar, psixolog-lar talabalarga ma’lumotlar berib ularni tanishtirib borish- lari kerak bo’ ladi.
Jamiyatdagi har qanday mehnatga layoqatli inson o’ zining mehnati bilan jamiyat taraqqiyotiga o’ z ulushini qo’ shib boradi. In­son o’ zining mehnatida jismoniy, aqliy, psixologik imkoniyatlarini sarflab, o’ z qobiliyatlarini, ijodiy imkoniyatlarini sarf qiladi. Bular uni ijodiy mehnatdan qoniqishini ta’minlaydi.
Shuni aytish kerakki, kasb -hunar va uni egalari azaldan xalqimiz tomonidan e’zozlanib kelingan. 0‘zbekistonda hozirda bilimdon, o’ z kasbini yaxshi egallagan, mustaqil fikrlovchi, o’ z kasbiga ijodiy yon- doshuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, izlanuvchan, intiluvchan mohir ustalar, kasb egalari ko’ proq talab qilinmoqda. Shunga asosan, 0‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asar- larida va Vazirlar mahkamasi qarorlarida (Nizomlarida) mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasi dolzarb va katta e’tibor berilayotgan ma- salalardan biri bo’ lib turibdi.
0‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar bilan bog‘liq xalq ta’limini tubdan islohot qilish to’ g‘risida I.A Karimov o’ zining “Barkamol avlod - 0‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” asarida fikr bildirib shunday deydilar: “Shu tariqa yoshlaming biron bir shaklda bilimlarini takomillashtirish, muayyan kasb - hunar egasi bo’ lib yetishishlari uchun sharoit yaratiladi”. [9, 17. ]
Bu bilan davlatimiz yoshlami kasb - hunar egasi boiishlari uchun barcha imkoniyatlami yaratib berayotganligi yaqqol ko’ zga tashlanadi. Yoshlar bu jamiyatning kelajagi, ulami o’ zlari qiziqqan kasblami egal- lashi, hayotda o’ z o’ rinlarini topa olishlari zaruriy jarayon hisoblanadi.
Kasb - hunarli boiish inson uchun zarur bir ehtiyoj ekanligini buyuk avlodlarimiz o’ z asarlarida aytib o’ tganlar. Kaykovus o’ zining “Qobusnoma” asarida shunday yozadi “Bas, agar aqling boisa hunar o’ rgang‘il, nedinkim hunarsiz aql -boshsiz tan, suratsiz badandekdir... Ey farzand, ogoh bo’ lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo’ lur va hech kishiga naf’ ep ko’ rmas.”[25, 26. ]
Hozirda o’ sib kelayotgan yoshlar o’ z qiziqishlaridan kelib chiqib minglab kasblar ichidan o’ zi uchun qiziqarli bo’ lgan kasbni tanlab olishlari va o’ z hayotlarini mazmunli, yaxshi o’ tkazishlari uchun inti- ladilar. Ularga bu kasblami tanlashlarida kasb psixologiyasining o’ mi va ahamiyati juda katta. “ Men kelajakda kim bo’ laman?”, “Yaxshi yashashim uchun qaysi kasbni tanlashim kerak?”, “Mendagi iqti- dor shunga yetadimi?”, “Kelajagimdan qoniqamanmikan?” degan ko’ plab savollar yoshlami o’ ylantiradi. Bu savollarga javob olish uchun ular atrofdagilami kuzatadilar, hayotdan ma’lum bir ma- lakalar olishga intiladilar. Kattalami maslahatlarini o’ ylaydilar va ikkilanib yuradilar. Kasb psixologiyasi esa ulami to’ g‘ri yo’ lga so- lishga harakat qiladi. Kasb tanlovchilarga o’ zlarini beg‘araz masla­hatlarini berib, ulami o’ zlari qiziqqan kasblariga ega bo’ lishlari uchun yo’ l - yo’ riqlar berib boradilar.

Izlanuvchi yoshlar kasb - hunar va uni egallash, hayotlarini, ke- lajaklarini hal qiluvchi omil ekanligini bilib boradilar. Shulardan kelib chiqib kasb - bu inson hayoti uchun zarur bo’ lgan, jami- yatdagi huquqiy nor malar ga javob beradigan, insonni kelajagini belgilab beradigan o’ ziga xos murakkab bo’ lgan jarayon deb bel- gilashimiz mumkin. Kasb - bu insonni ma’lum bir ehtiyojlarini va manfaatlarini o’ zi tanlagan kasb faoliyatidagi bilimlari, layoqati, malakalariga xos xususiyatlari orqali namoyon bo’ lishidir. Kasb­ga xos bo’ lganjarayonlar, ularni egallash, tanlash inson psixologiyasi bilan bog‘liq. Kasb psixologiyasi aynan shunday murakkab jarayon- larni o’ rganish orqali yoshlarni o’ zlari qiziqqan kasbga yo’ nalish be- ruvchi murakkab fan hisoblanadi. Har bir kasbning o’ ziga xos bo’ lgan tomonlari, insonlarni o’ ziga jalb qila oladigan qirralari mavjud bo’ lib, inson bu jarayonlami kuzatib borib shu kasbni egallashga intiladi. Bu jarayonlarda inson o’ zini ruhiyati bilan shu kasbga xos bo’ lgan psi- xologik tomonlami ham shakllantirib boradi. Jamiyatda bo’ layotgan o’ zgarishlar yoshlarni ham kasb tanlash- da o’ ylantirib qo’ ymoqda. Jamiyatda ko’ plab yangi kasblar paydo bo’ lmoqda, ularni fan yangiliklari, texnika va texnologik yangiliklar asosida shakllanib borishi yoshlarda ko’ plab yangi mutaxassisliklar bilan tanishishlarini talab qilmoqda va bu ularni kasb tanlashlarini qiyin, murakkab ahvolga solib qo’ ymoqda. Bundan tashqari jamiyatni olg‘a rivojlanib borishi yoshlarni olayotgan kasblarini raqobatbardoshligini, kerakligini va yashashlari uchun imkoniyatlar yaratib bera olishlariga ishontira bilishini ham talab qilib bormoqda. Hayotiy jarayonlar, ya- shashga beriladigan imkoniyatlar, kasbga bo’ lgan intilishlar tabiiy ra- vishda amaliy psixologiyaning bir bo’ lagi boigan kasb psixologiyasi- ga bo’ lgan talabni zaruriy qilib qo’ ydi va bu fanni paydo bo’ lishiga olib keldi. Hozirda 0‘zbekistonda bu fan endi rivojlanishi kerak bo’ lgan va yoshlarni tarbiyalashda, ularga kasb tanlashlariga yordam beruvchi asosiy mutaxassislik fani boiib bormoqda. Kasb psixologiyasini mohi- yati bu insonni kasbga xos xatti - harakatini va kasb tarixi bilan bog‘liq tomonlami ko’ rsatib berish, shuningdek yoshlarni, kasb tanlovchilami o’ zlari qiziqqan kasbni tanlashlarida yo’ l - yo’ riqlar berish, maslahatlar bilan o’ z layoqatlarini, imkoniyatlarini sinab olishlariga, shuningdek keyinchalik kasbdan ketishlariga, ya’ni nafaqaga chiqishlarida ham yordam berish kabi tomonlarini o’ rganib borish hisoblanadi. Dunyoga kelgan bola haqida, uning kelajagi haqida, qanday kas­bni egallashi haqida ko’ proq uning ota - onasi bosh qotiradi. Bolani maktabga chiqqanidan boshlab uning ota - onasi “Mening bolam ke- lajakda vrach bo’ ladi”, yoki ma’lum bir kasbni oldindan orzu qilib tayyorlab qo’ yadilar. Lekin hayotning o’ zi bolani shaxs sifatida rivojlanishi, biologik taraqqiyoti, psixologik imkoniyatlari asosida o’ ziga xos bo’ lgan kasbni tanlashlariga imkoniyat yaratadi. Dun­yoga kelgan bolada xuddi daraxt kurtagi tarzida o’ ziga xos bo’ lgan imkoniyatlar mavjud bo’ ladi. Ya’ni bola o’ sib, rivojlanib borgan sari unda ma’lum bir kasbga qiziqish paydo bo’ Iadi va taraqqiy etib boradi.
Shaxs bo’ lib borayotgan bolada psixologik xususiyatlar yuzaga chiqib, uni borliqqa bo’ lgan qiziqishini orttirib boradi. Ayrim bola­lar yosh davrlaridanoq o’ simliklarga, ulaming tuzilishiga qiziqa- dilar, ayrimlari harakatdagi hasharotlarga, hayvonlarga qiziqadilar. Qo’ ng‘izni ko’ rgan bola uni harakatlanishini kuzatib uni nima hara- katlantirmoqda degan savol bilan tekshirib ko’ radi. Uni bo’ laklarga ajratadi. Bunday bolalardan tarbiyalab borish orqali ko’ plab yax­shi vrachlar, injenerlar, konstruktorlar yoki qassoblar chiqadi. Ke- yinchalik bunday shaxslar o’ zida shu kasbga xos bo’ lgan xususiyat- lami rivojlantirib boradilar. Bu ulaming qiziqishlaridan kelib chiqadi. Shu sohaga xos bilimlar ulami kasbiy imkoniyatlarini orttirib boradi. Shaxs sifatida bolada shu sohani bilishga ehtiyojlar rivojlanadi. Tanlagan mutaxassisligi bo’ yicha bilimlar to’ plab boradi. Bu mak- tabda, oliygohda, atrofdagilarning avtib berishlari va o’ zining mus- taqil o’ rganishlari bilan shakllanib boradi. Maktabda bolalarga kasb bilan bog‘liq bo’ lgan tanishtirish darslarini ham tashkil etish zamr bo’ ladi. Bunda bolalar ko’ pchilik kasblar haqida bilib oladilar va kasb tanlashlari uchun imkoniyatlar kengayadi. Ulami yuqori sinfga o’ tib borishlari bilan birga keyingi bosqichlarda qaysi kollejga va
litseyga kirishlari ham aniq bo’ lib boradi. Ular o’ zlari qiziqqan kasb­ni egallashga mustaqil qaror qabul qilgan holda intiladilar.

Psixodiagnostning kasbiy-etikaviy tamoyillari. Psixodiagnostika – bu psixologning kasbiy faoliyatidagi murakkab va juda ma'suliyatli sohadir. Shuning uchun ham psixodiagnostikaga bir qator ijtimoiy-axloqiy talablar qo’ yilgan bo’ lib, ular quyidagilardir: Psixodiagnostika sirlarini saqlash
.Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligi.
 Sinaluvchiga ziyon etkazmaslik.
 Xulosalarning ob'ektivligi.
 Taklif qilingan tavsiyalarning samaradorligi.
Yuqorida qayd qilib o’ tilgan talablarning, har birini psixodiagnostikaning tamoyillari sifatida alohida ko’ rib chiqamiz. Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyili– sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e'lon qilmaslik, bu birinchi navbatda balog‘at yoshiga etgan odamlarga taalluqlidir. Agar sinaluvchilar balog‘at yoshiga etmagan bo’ lsa hamda psixodiagnostik natijalarni e'lon qilish uchun ota-onalarning, bolalar uchun ma'naviy va huquqiy mas'ul bo’ lgan shaxslarning ruxsati bo’ lishi shart. Faqat ba'zi hollarda ilmiy maqsadda, ya'ni eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida e'lon qilish bundan mustasno, ammo sinaluvchilarning aniq ismi-shariflarini bayon etish tavsiya qilinmaydi. Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qo’ yiladi, ya'ni olingan natijalarga to’ liq ishonch imkonini bersin. Ziyon etkazmaslik tamoyilida psixologik tashxis natijalaridan hech qachon tadqiqotda qatnashgan odamlarga nisbatan zarar etkazish maqsadida foydalanmaslik nazarda tutiladi.Xulosalarning ob'ektivlik tamoyili test o’ tkazayotgan odamning sub'ektiv ustanovkalarga tobe bo’ lmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan bo’ lib, validli va ishonchli metodika yordamida o’ tkazilgan bo’ lishi shart.Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar albatta taklif qilinayotgan odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif qilinayotgan tavsiyalar befoyda tasodifiy holatlarni keltirib chiqarmasligi kerak. Shunday qilib, ushbu mavzuda psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining predmeti, vazifalari, bosqichlari, eksperimentator shaxsiga qo’ yiladigan talablar, psixologik tadqiqotning asosiy metodologik tamoyillari bilan tanishdik.

Yüklə 46,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə