Mustaqil ish mavzu: sug’URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHDA sug’urta nazorati



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix10.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#132827
1   2   3   4
SUG’URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHDA SUG’URTA NAZORATI

А к т у а р и й 
Суғурта рискининг юз бериши
эҳтимолига кўра, суғурта хизматининг нархини 
аниқлаб берувчи
мутахассис
С ю р в е й е р 
Шартномани тузиш мақсадида суғурта 
объектни кўрикдан ўтказувчи шунингдек, 
суғурта ҳодисаси юзасидан унинг сабаби, 
зарар ҳажми ва уни қоплаш шаклини 
аниқловчи эксперт
Авария комиссари 
Суғурта ҳодисаси оқибатида кўрилган
зарарни баҳоловчи ва у билан боғлиқ 
хужжатларни тайёрловчи
юридик ёки жисмоний шахс 
Д и с п а ш е р 
Суғурталанган мол-мулкни денгиз транспорти 
орқали манзилга етказиш жараёнида кўрилган 
зарарларни ҳисобловчи, тақсимловчи 
мутахассис 
Махсус ихтисослашган маслаҳатчилар 
Суғуртани амалга ошириш юзасидан 
консалтинг, аудиторлик, баҳоловчи фирмалар 
ва бошқа маслаҳат берувчи идоралар 
Суғурта аудитори 
Суғурта ташкилотининг иқтисодий ва
молиявий ҳолати ва зиммасига олган
мажбуриятлари бажарилганлиги юзасидан 
текширув хулосасини берувчи субъект 
 Суғурта воситачилари 
Суғурта бозорида воситачилик фаолиятини 
амалга оширувчи суғурта агенти, суғурта 
ва қайта суғурта брокери каби субъектлар
Суғуртачилар уюшмаси
Суғуртачилар фаолиятини мувофиқлаштириш 
ҳамда уларнинг манфаатларига хизмат қилиш 
мақсадида демократик тамойиллар асосида 
ташкил этилган
бирлашма 
Суғурта бозори инфратузилмасининг субъектлари 


Ularning har biri sug’urta b 
O’zbekiston sug’urta bozorida o’ziga xos o’ringa egadir. Masalan, aktuariy 
sug’urta xizmatlari narxini aniqlashda qatnashuvchi sub’ekt sanaladi. Bunda, u 
katta sonlar va ehtimollik qonunlari, shuningdek, statistik ma’lumotlardan 
foydalanadi. Rivojlangan mamlakatlarda sug’urta tashkilotlari aktuariy faoliyatisiz 
sug’urta xizmatlariga iqtisodiy asoslangan narxlarning belgilanishini ta’minlay 
olmaydi. Aktuariy sug’urta faoliyatini strategik rejalashtirish, sug’urta sohalari, 
klass(tur)lari, shuningdek, kompaniya bo’yicha sug’urta portfeli tarkibi va 
sifatining tahlili kabi jarayonlarda ishtirok etadi. Ayrim davlatlarda sug’urta 
tashkilotining hisoboti uning vakolatli shaxslaridan tashqari aktuariy tomonidan 
ham tasdiqlanishi talab etiladi.
Sug’urta bozori infratuzilmasining yana bir asosiy sub’ekti bu avariya 
komissaridir. U sug’urta hodisasi yuz berganidan so’ng shartnoma shartlariga 
muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatda ishtirok etadi. Ta’kidlash mumkinki, 
avariya komissari sug’urta tashkiloti bilan tuzgan shartnomasi asosida faoliyat 
yuritadi. U sug’urta tashkilotining vakili sifatida sug’urta hodisasi oqibatida zarar 
ko’rgan mulkni ko’rikdan o’tkazadi, uning ko’lami va sabablarini aniqlaydi hamda 
avariya sertifikatini tuzadi. Ba’zi mamlakatlarda sug’urta tashkiloti tomonidan 
avariya komissariga ma’lum limit doirasida yo’qolgan mulkni qidirish xarajatlarini 
amalga oshirish huquqi ham berilishi mumkin. 
Mamlakatimizda aksariyat hollarda sug’urta tashkilotining o’zi yoki 
hodisaning turiga qarab tegishli tashkilot (yo’l patrul xizmati, baholovchi tashkilot 
va boshqa)lar tomonidan avariya komissarining vazifasi bajarilmoqda. Bu holat, 
albatta sug’urta xizmatining sifatiga o’z ta’sirini o’tkazmoqda.
Keyingi yillarda O’zbekiston sug’urta bozori jadal sur’atlar bilan 
rivojlanmoqda. Mazkur jarayonda avariya komissari faoliyatining yo’lga qo’yilishi 
va rivojlantirilishi turli sub’ektlarning sug’urtaga bo’lgan ishonchlari ortishiga 
omil bo’ladi.


Sug’urta bozori infratuzilmasida avariya komissari bilan «yonma-yon» 
syurveyer va dispasherlar kabi sub’ektlar ham faoliyat ko’rsatadi. Syurveyer - bu 
maxsus ekspert bo’lib, u sug’urta ob’ektlarini sug’urta tashkiloti so’roviga asosan 
ko’rikdan o’tkazuvchi sub’ekt sanaladi. U sug’urtalanuvchi tomonidan ob’ektni 
ko’rikdan o’tkazish uchun jalb etilishi ham mumkin. Ta’kidlash lozimki, uning 
avariya komissari bilan o’zaro o’xshash hamda o’ziga xos farqli tomonlari ham 
mavjud. Bundan tashqari syurveyerning ixtisoslashganlik darajasi odatda avariya 
komissariga nisbatan yuqori sanaladi. Shuning uchun avariya komissari ham 
ba’zan syurveyer xizmatidan foydalanadi.
Sug’urta bozorida avariya komissari va syurveyer bilan birgalikda dispasher 
ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Mazkur faoliyat dengiz sug’urtasi bilan 
bog’liqligi sababli asosan dengiz bo’yi davlatlarida rivojlangan. Mol-mulk yoki 
boshqa ob’ektlar dengiz orqali manzilga etkazilish jarayonida yuz berishi ehtimol 
bo’lgan, turli risklardan sug’urtalanadi. Ma’lumki, dengiz transportida bir necha 
sub’ektlarning mol-mulki yuklangan hamda ular sug’urtalangan bo’lishi mumkin. 
Dengizda sug’urta xodisasi yuz berishi oqibatida mulklarning zararlanishi umumiy 
avariya deb nomlanadi.
Umumiy avariya holatida har bir mulk egasi qancha zarar ko’rganligini 
aniqlash lozim bo’ladi. Aynan shunday faoliyatni dispasher amalga oshiradi, 
hamda u ko’rilgan zararni hisoblash va uni xolisona taqsimlash bilan 
shug’ullanuvchi mutaxassis hisoblanadi. Zararning hisobi bo’yicha tuzilgan xujjat 
dispasha deb nomlanadi. 
Sug’urta bozori infratuzilmasida sug’urta vositachilari professional 
ishtirokchilar sifatida o’ziga xos o’rinni egallaydi. Ular sug’urtachi va 
sug’urtalanuvchi o’rtasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish borasida muhim 
sub’ektlar hisoblanadi. Sug’urta vositachilarining tarkibiga sug’urta agentlari, 
sug’urta va qayta sug’urta brokerlari kabi sub’ektlar kiradi. Xususan, sug’urta 
agenti bu sug’urta tashkilotining nomidan yoki uning topshirig’iga binoan sug’urta 
shartnomasining tuzilishi va uning ijro etilishini tashkil etuvchi yuridik yoki 
jismoniy shaxsdir. Sug’urta brokeri esa sug’urtalanuvchining nomidan yoki uning 


topshirig’iga asosan shartnomani tuzish va uning amal qilishi bilan bog’liq 
faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisoblanadi. Sug’urta vositachilari 
sug’urta mahsulotini sotish bo’yicha maxsus tizimga ega bo’lib, sug’urta 
bozorining o’ziga xos infrastrukturasini tashkil etadi.
Sug’urtachilar uyushmasi unga a’zo bo’lgan sub’ektlarning manfaatlariga 
xizmat qilish maqsadida (masalan, 1985 yildan boshlab faoliyat ko’rsatayotgan 
Britaniya sug’urtachilar assotsiatsiyasi singari) tashkil etilishi mumkin bo’lgan 
sug’urta bozori infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Mazkur 
uyushma(assotsiatsiya)ning vazifasi keng ko’lamli bo’lib, u sug’urta sohasiga oid 
bilimlarni ommalashtirish, maxsus bukletlar, statistik ma’lumotlarni nashr etish 
kabi yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatadi.
Sug’urta bozori infratuzilmasida auditorlik tashkilotlari ham o’ziga xos 
o’ringa ega. O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan 
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq sug’urta tashkilotlari ham 
auditorlik tekshiruvidan o’tishlari majburiy qilib belgilab qo’yilgan. Auditorlik 
tekshiruvi sug’urta tashkilotining so’roviga asosan amalga oshiriladi. Uning 
natijasiga ko’ra, auditor sug’urta tashkilotining moliyaviy ahvoli yuzasidan o’z 
xulosasini beradi. Mazkur xulosada sug’urta tashkilotining moliyaviy holati aks 
ettiriladi. Sug’urta tashkiloti auditor taqdim etgan xulosadan kelib chiqib, o’zining 
moliyaviy holatini yaxshilash strategiyasini ishlab chiqadi hamda uni amalga 
oshiradi. 
Sug’urta faoliyati o’ziga xos xususiyatlarga ham ega bo’lib, maxsus (masalan, 
tijorat banklari buxgalteriyasi kabi) buxgalteriya hisobini yuritish tartibini 
ishlab chiqishni talab etadi. 
Shuni qayd etish lozimki, sug’urta faoliyatini tekshiruvchi auditor bu soha 
yuzasidan maxsus bilimga ega bo’lmasa, tomonlar o’rtasida kelishmovchilik 
yuzaga kelishi mumkin. Shu sababdan, sug’urta faoliyatini rivojlantirishda uning 
o’ziga xos bo’lgan buxgalteriya hisobini yuritish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagilardan tashqari maxsus ixtisoslashgan maslahatchilar ham sug’urta 
bozori infratuzilmasining sub’ekti sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Mazkur 


sub’ektlar jumlasiga ixtisoslashgan va keng qamrovli maslahat byurolari
advokatlik hamda baholovchi firmalarni kiritish mumkin. Shu o’rinda ta’kidlash 
mumkinki, mamlakatimizda maslahatchilik xizmatining rivojlanganlik darajasi 
hozirda yuqori emas va mazkur mutaxassislar sug’urta faoliyatida deyarli ishtirok 
etishmayapti. 
O’zbekistonda 2004 yilning yakuniga ko’ra, sug’urta mukofotlari 32,9 mlrd. 
so’mga yaqin summani tashkil etdi. 2005 yil bu ko’rsatkichning yanada ortishi 
kutilmoqda. Bu ko’rsatkichlar O’zbekiston sug’urta bozorining jadal sur’atlar bilan 
rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. Mamlakatimizda sug’urta bozorini 
yanada rivojlantirish uning xizmatlari ko’lamini kengaytirishni hamda ularning 
sifatini oshirishni taqozo etadi.
Xalqaro tajribani o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, bozor infratuzilmasi 
sug’urta bozori infratuzilmasini shakllantirish bilan bir butunlikda kechadigan 
jarayondir. O’zbekistonda sug’urta bozori infratuzilmasining shakllantirilishi 
birmuncha o’zgacha tarzda kechmoqda.
Sug’urta bozori infratuzilmasida alohida mustaqil faoliyat ko’rsatishi lozim 
bo’lgan 
sug’urta 
vositachilari, 
auditorlari, 
sug’urta 
ob’ektlarini 
baholovchi(ekspert)lar hamda boshqa sub’ektlar, xorijiy amaliyotdagidan farqli 
ravishda, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sug’urta tashkilotlarining o’ziga 
biriktirilgan. Garchi, sug’urta bozori infratuzilmasining rivojlanishi sust 
kechayotgan 
bo’lsada, 
sug’urta 
tashkilotlarining 
o’z 
infratuzilmasini 
rivojlantirishga bo’lgan harakatlari ko’zga tashlanmoqda. Xususan, bu borada 
«O’zbekinvest» EIMSKning etakchi bo’layotganini, uning qoshida «Sug’urta 
olami» nomli sug’urta biznesini o’qitish va «Innovatsiya va sug’urta xizmatlarini 
rivojlantirish» markazlari, «O’zbekinvest Eksiminform» marketing hamda 
«O’zbekinvest Assistans» servis agentliklari «O’zbekinvest Sarmoyalari» 
investitsion kompaniya shuningdek, boshqa sho’’ba korxonalar samarali faoliyat 
ko’rsatayotganligini qayd etish mumkin. 
Sug’urta bozori infratuzilasini shakllantirish va uning sub’ektlari 
faoliyatining me’yoriy-xuquqiy bazasini takomillashtirish O’zbekistonda sug’urta 


bozori taraqqiyotini yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqadi. Xususan, 
mamlakatimizda sug’urtachilar uyushmasini tashkil etish, aktuariy, syurveyer kabi 
sub’ektlarning faoliyatini yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Ta’kidlash joizki, bu jarayon sug’urta bozori infratuzilmasi sub’ektlarining alohida 
ixtisoslashuvini hamda ularning faoliyatini o’zaro muvofiqlashtirishni taqozo etadi. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə