Mustaqil ish mavzu: sug’URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHDA sug’urta nazorati


Sug’urta tashkilotlarining faoliyati boshqa turdagi xujalik sub’ektlari faoliyatidan keskin



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix10.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#132827
1   2   3   4
SUG’URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHDA SUG’URTA NAZORATI

4.
Sug’urta tashkilotlarining faoliyati boshqa turdagi xujalik
sub’ektlari faoliyatidan keskin
 
farq qiladi. Chunki, ular ishlab chiqarish 
uzluksizligini ta’minlashda va sug’urta hodisalari ro’y berganda etkazilgan zararni 
qoplash uchun xizmat qiladilar. Bu holat, sug’urtachilar zimmasiga alohida 
mas’uliyat yuklaydi va shuning uchun, ular davlat tomonidan nazorat ostiga 
olinmog’i zarurdir.
Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish shakllari. Sugurta 
faoliyatini davlat tomonidan nazoratga olishni shartli ravishda uchga bulish 
mumkin (1-chizmaga qarang). 
Xorijiy mamlakatlar tajribasining ko’rsatishicha, iqtisodiy jihatdan 
rivojlangan mamlakatlarning barchasida sug’urta bozori davlatning vakolatli 
idoralari tomonidan tartibga solib boriladi. 
1-chizma 
Sug’urta faoliyatini nazorat qilish shakllari 
Суғурта фаолиятини назорат 
қилиш шакллари 
Махсус ваколатли 
давлат органи 
Солиқ органлари 
Мажбурий суғуртани 
жорий қилиш 


Masalan, Buyuk britaniyada sug’urta ishini Savdo va sanoat departamenti, 
Yaponiyada Moliya vazirligining sug’urta bulimi, AQShda esa maxsus sug’urta
komissariatlari nazorat qilib boradi. Davlat, bunday nazorat ishini olib borar ekan, 
avvalo, mamlakatning sug’urta sohasiga taalluqli qonunlariga hamda boshqa 
me’yoriy hujjatlariga asoslanadi. Sug’urta va qayta sug’urtalash kompaniyalari, 
sug’urtaga ixtisoslashgan vositachilar davlat sug’urta nazoratining ob’ektlari 
hisoblanadi. 
5. Sug’urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish turli shakllarda
xususan, maxsus qonunlar qabul qilish, soliq solish, alohida hukumat qarorlari 
bilan majburiy sug’urtalashni joriy qilish va vakolatli sug’urta nazorati xizmatini 
tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Sug’urta bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarga litsenziyalar (ruxsatnomalar) 
berish sug’urta nazorati xizmatining eng asosiy vazifalaridan biridir. Litsenziya 
(ruxsatnoma) berish jarayonida sug’urta nazorati sug’urtachining bo’lajak 
faoliyatini dastlabki tekshiruvdan o’tkazadi. Ya’ni, nizom jamg’armasi va o’z 
mablag’larining holati hamda bu mablag’larning tashkilot zimmasidagi 
majburiyatlariga o’zaro munosabati ko’rib chiqiladi. Sug’urta faoliyatiga litsenziya 
(ruxsatnoma) berishning zaruriyati sug’urtaning o’z mohiyatidan kelib chiqishini 
unutmaslik kerak. Chunki, sug’urta tashkiloti sug’urta hodisasi yuz bergan vaqtda 
sug’urtalanuvchiga shartnomada ko’rsatilgan mablag’ni o’z vaqtida to’lashi lozim. 
Sug’urta faoliyatini nazorat qiluvchi organning bu boradagi ishlari nafaqat 
sug’urtalanuvchilar manfaatiga mos tushadi, balki butun davlatning manfaatlari 
yo’lida ham xizmat qiladi. 
E’tirof etish lozimki, bugungi kunda mamlakatda sug’urta faoliyati bilan 
shug’ullanish uchun litsenziya (ruxsatnoma) berish tartibi ishlab chiqilgan. 
Sug’urta tashkilotiga beriladigan litsenziya (ruxsatnoma) sug’urtalashning har bir 
turi yoki bir-biriga yaqin bo’lgan sug’urta turlari guruhlari uchun beriladi. Chunki, 
ba’zi sug’urta turlari bo’yicha operatsiyani amalga oshirish sug’urtalovchida etarli 


darajada moliyaviy mablag’lar bo’lishini talab etadi. Bundan tashqari, sug’urta 
kompaniyasi ishlab chiqqan biznes-rejada sug’urta tarifi stavkalarini to’g’ri 
hisoblanishiga alohida e’tiborni qaratish zarur. Negaki, noto’g’ri hisob-kitob 
qilingan tarif, pirovard natijada, sug’urta tashkilotini moliyaviy barqarorliksizga 
yoki to’lov qobiliyatini yomonlashuviga olib keladi. Nazarimizda, faqat sug’urta 
kompaniyalarini emas, balki, qayta sug’urtalashga ixtisoslashgan tashkilotlar va 
vositachilik idoralarini ham faoliyatini litsenziyalashni kiritilishi katta ahamiyatga 
ega bo’ldi.
Biz mamlakatimizda sug’urta bozorini davlat tomonidan tartibga 
solishni tashkil etish va uni takomillashtirish yo’llari haqida o’ylar ekanmiz, yaqin 
qo’shni mamlakatlar, xususan, Rossiya Federatsiyasida bu sohada olib 
borilayotgan ishlar haqida biroz to’xtasak, foydadan xoli bo’lmaydi. 
Bugungi kunda, Rossiya Federatsiyasida 1500 dan ortiq sug’urta tashkiloti 
faoliyat ko’rsatmoqda va ularning aksariyati sug’urta faoliyatini nazorat qiluvchi 
Federal xizmatning litsenziyalariga ega. Sug’urta faoliyatini nazorat qiluvchi bu 
tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, u Rossiya sug’urta bozorini tartibga 
keltirish bo’yicha etarli tajribaga ega bo’ldi, o’nlab me’yoriy hujjatlar ishlab 
chiqdi. Ulardan eng muhimlari “Rossiya xududida faoliyat ko’rsatuvchi sug’urta 
tashkilotlariga litsenziyalar berish tartibi”, “Sug’urta zahiralarini joylashtirish 
tartibi” va hokazolardir. Mazkur tashkilot o’zini qattiqqo’lligi va boshqa 
harakatlari tufayli Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta nufuzga egadir. Eng 
asosiysi, sug’urta nazorati xizmati har yili Rossiya hududida faoliyat 
ko’rsatayotgan sug’urta kompaniyalarining etarli darajada kuchlilarini reyting 
asosida aniqlab, keng xalq ommasiga ma’lum qilib boradi. 
O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga 
muvofiq, sug’urta tashkilotlari sug’urtalanuvchi oldidagi majburiyatini bajara 
olmay qolganda, davlat sug’urta nazorati xizmati, mijozlarning manfaatini ko’zda 
tutadigan choralar ko’rishi kerak. Bozorda ko’plab sug’urta tashkilotlari faoliyat 
ko’rsatadi, tabiiyki, bu holat potentsial mijozlarni jalb qilish uchun ular o’rtasidagi 
raqobatni ham kuchayishiga olib keladi. Natijada, raqobatga bardosh bermagan 


ba’zi sug’urta kompaniyalari “sug’urta maydonidan” chiqib ketadi. Bunga jahon 
tajribasidan ham misollar keltirish mumkin. Jumladan, 1993 yil boshida AQShda 
103 ta fuqarolar hayotini sug’urtalashga ixtisoslashgan kompaniyalar to’lov 
qobiliyatini yo’qotgan, deb e’lon qilindi. Qizig’i shundaki, bu kompaniyalar ichida 
moliyaviy jihatdan ishonchli bo’lgan “Ekzekyutiv Layf Inshuerans” kompaniyasi 
ham bor. Mutaxassislar tomonidan uning aktivi bir necha milliard AQSh dollariga 
baholangan. Bu erda, shunday o’rinli savol tug’ilishi mumkin. Xo’sh, xalqaro 
sug’urta bozorida kuzatilgan yuqoridagidek holat ro’y bermasligi uchun, davlat 
qanday chora-tadbirlar ko’rishi mumkin? 
Birinchidan hukumat o’zining tegishli nazorat organi orqali, sug’urta 
kompaniyalari 
tomonidan “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston 
Respublikasi Qonuni talablarini qat’iy bajarilishini, shu jumladan, sug’urta 
zahiralarini to’g’ri joylanishini nazorat qilib borish muhimdir. Ikkinchidan, endi 
shakllanayotgan O’zbekiston sug’urta bozoriga moliyaviy jihatdan mustahkam 
xorijiy sug’urta kompaniyalarining kirib kelishini tartibga solish kerak. Negaki, bu 
holat mahalliy sug’urta kompaniyalarining raqobat bardoshligiga salbiy ta’sir 
ko’rsatib, ularni bankrot bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Sug’urta tashkilotlari o’z zimmasiga olgan majburiyatlari hajmiga qarab
ma’lum foiz ajratish yo’li bilan markazlashgan sug’urta jamg’armasini tashkil 
etsalar, maqsadga muvofiqdir. Ushbu jamg’arma mablag’lari qiyin holatga tushib 
qolgan sug’urta tashkilotlariga beriladigan yoki ular bankrot deb e’lon qilinganda 
majburiyatlarini bajarishi uchun xizmat qiladi. Bizningcha, bu jamg’arma tashkil 
etilajak davlat sug’urta nazorati xizmati tomonidan, sug’urtalovchilar uyushmasi 
vakillarini jalb qilgan holda boshqarilishi lozim. 
O’zbekiston Respublikasining amaldagi “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi 
Qonunining 15-moddasida sug’urta faoliyatini litsenziyalash masalalari ko’rsatib 
o’tilgan. Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyati 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda 
maxsus vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi. 


Litsenziya sug’urtalovchiga hayotni sug’urta qilish sohasida yoxud umumiy 
sug’urta sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni 
sug’urta qilish sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug’urtalovchi 
umumiy sug’urta sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, 
umumiy sug’urta sohasining O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
belgilaydigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasnodir. Umumiy sug’urta 
sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug’urtalovchi hayotni sug’urta 
qilish sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. 
Litsenziyada sug’urtalovchi amalga oshirishni nazarda tutayotgan sug’urta turlari 
(klasslari) ko’rsatiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug’urta xizmatlari bozorini 
yanada rivojlanlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” qaroriga asosan sug’urta 
faoliyati klassifikatori tasdiqlangan. Unda hayotni sug’urta qilish tarmog’i 4 ta 
klassdan, umumiy sug’urta tarmog’i 17 ta klassdan iborat ekanligi ko’rsatilgan.
Sug’urtalovchining litsenziyasi amal qilishining to’xtatib turilishi uning yangi 
sug’urta shartnomalari tuzishi taqiqlanishiga, shu jumladan amaldagi sug’urta 
shartnomalari uzaytirilishining taqiqlanishiga sabab bo’ladi. Bunda sug’urtalovchi 
ilgari tuzilgan sug’urta shartnomalari bo’yicha o’z zimmasiga olgan 
majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishga majburdir. Litsenziyaning amal 
qilishi tugatilgan kundan e’tiboran besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organi 
sug’urtalovchini tugatish to’g’risidagi ariza bilan qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda sudga murojaat etishi shart. 
Sug’urtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlarining vakolatlari 
to’xtatib turiladi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tayinlagan 
sug’urtalovchining muvaqqat ma’muriyatiga o’tadi. Muvaqqat ma’muriyat sud 
qaror chiqargunga qadar bo’lgan davrda o’z faoliyatini amalga oshiradi. 
Sug’urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining hisoboti maxsus vakolatli davlat 
organiga hamda sug’urtalovchini tugatish to’g’risida maxsus vakolatli davlat 
organining arizasi yo’llangan sudga taqdim etiladi. Sug’urtalovchining muvaqqat 
ma’muriyati o’z faoliyati davrida xarajat operatsiyalarini amalga oshirishga haqli 


emas, sug’urtalovchining boshqaruv xarajatlari (ma’muriy xarajatlari), 
sug’urtalovchiga tushayotgan pullarni hisobga yozish va ilgari tuzilgan sug’urta 
shartnomalari bo’yicha sug’urta hodisalari yuz berganda sug’urta tovonini 
(sug’urta pulini) to’lash bilan bog’liq hollar bundan mustasnodir. Sug’urtalovchi 
muvaqqat ma’muriyatining ishlash tartibi maxsus vakolatli davlat organi 
tomonidan belgilanadi. Ushbu moddaning qoidalari sug’urtalovchining arizasiga 
binoan litsenziya bekor qilingan hollarga, shuningdek uning muassislari 
(ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlarida shunday vakolat berilgan 
sug’urtalovchining boshqaruv organi qaroriga binoan qayta tashkil etilishi yoxud 
tugatilishiga taalluqli emas. 
Sug’urtalovchi ustav fondining kamida to’qson foizi muassislarning pul 
mablag’laridan shakllantiriladi. Sug’urtalovchining ustav fondini shakllantirish 
uchun kreditga, garovga olingan mablag’lardan va boshqa jalb qilingan 
mablag’lardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Sug’urtalovchining ustav fondi 
litsenziya olinadigan paytga qadar sug’urtalovchining muassislari tomonidan 
to’langan bo’lishi kerak.
6. Vazirlar Mahkamasining “Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining 
sug’urta faoliyatini litsenziyalash to’g’risida Nizom tasdiqlandi. Unga ko’ra, 
sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
Belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan yuridik shaxslar sug’urtalovchilar va 
sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya 
talabgorlari bo’lishlari mumkin. Sug’urtalovchi va sug’urta brokerining sug’urta 
faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning amal qilish muddati, qoidaga 
ko’ra, cheklanmaydi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan 
boshlanadi. 
Sug’urta tashkilotlari litsenziya olishlari uchun quyidagi talab va shartlarga javob 
berishlari zarur: 
-O’zbekiston Respublikasining sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlariga 
rioya qilish; 


-sug’urta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotlarning qonun hujjatlari 
talablariga muvofiq maxfiyligini ta’minlash; 
-litsenziyalovchi organ talabiga ko’ra sug’urta faoliyatini amalga oshirishga doir 
qonun hujjatlarida belgilangan axborotlarni taqdim etish; 
-litsenziya talabgori rahbari oliy ma’lumotga hamda sug’urta sohasida kamida ikki 
yillik ish stajiga ega bo’lishi kerak; 
-litsenziya talabgori (litsenziat) rahbari boshqa sug’urta tashkilotlarida rahbar 
lavozimini egallashga haqli emas.
a) sug’urtalovchilar uchun: 
ustav fondining qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining mavjud 
bo’lishi; 
b) sug’urta brokerlari uchun: 
sug’urta brokerining sug’urta faoliyatini amalga oshirishda shartnoma 
majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlash;
sug’urta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va 
bajarilishi; 
sug’urtalashga doir vositachilik faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida amalga 
oshirish. 
Litsenziya olish uchun sug’urta kompaniyasi litsenziyalovchi organga quyidagi 
hujjatlarni taqdim etadi: 
a) sug’urtalovchilar uchun: 
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta 
manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs 
amalga oshirishni mo’ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi hamda ko’rsatib 
o’tilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat ko’rsatilgan litsenziya berish 
to’g’risida ariza; 
yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning 
notarial tasdiqlangan nusxasi; 
rahbar to’g’risidagi ma’lumotlar (oliy ma’lumot to’g’risidagi diplom nusxasi va 
mehnat daftarchasidan ko’chirma); 


litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi 
organ tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi 
hujjat; 
ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam bo’lmagan ustav kapitali 
to’langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ma’lumotnomasi, mol-mulkni qabul 
qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar);
sug’urta faoliyatining iqtisodiy asoslanishi, unga sug’urtalash operatsiyalarini 
rivojlantirish prognozini, ehtimol tutilgan qayta sug’urtalash bitishuvlari rejasini
sug’urta zahiralarining hisob-kitob rejasini o’z ichiga oluvchi litsenziyalanayotgan 
sug’urta klassi bo’yicha biznes-reja kiradi;
sug’urtalashning litsenziya talab qilinadigan turlari bo’yicha qoidalar (shartlar), 
litsenziyada quyidagilar bo’ladi: sug’urtalash sub’ektlari doirasini belgilash va 
sug’urta shartnomasi tuzish bo’yicha cheklashlar, sug’urta ob’ektlarini belgilash, 
sug’urta hodisalari ro’yxatini belgilash - ushbu holatlar ro’y berganda 
sug’urtalovchining sug’urta to’lovlari bo’yicha majburiyatlari paydo bo’ladi, 
(asosiy va qo’shimcha shartlar), olib qo’yish (tavakkalchilarning yoki mol-
muklarni) bunda sug’urtalovchi majburiyatlarni bajarmasdan ozod bo’ladi, 
sug’urta mukofotlari tariflari (stavkalari), sug’urtalashning eng ko’p (eng kam) 
muddati, sug’urta shartnomalarini tuzish va sug’urta mukofotlarini to’lash tartibi, 
tomonlarning sug’urta shartnomasi bo’yicha o’zaro majburiyatlari va sug’urta 
shartnomalari bo’yicha to’lovni rad etishning mumkin bo’lgan holatlari sug’urta 
shartnomasi bo’yicha e’tirozlarni ko’rib chiqish tartibi. Qoidalarga sug’urta 
shartnomalari namunalari ilova qilinishi kerak. Litsenziya talabgori rahbari 
tomonidan tasdiqlangan sug’urtalash qoidalari (shartlari) ikki nusxada taqdim 
etiladi, ularning betlari tikilgan va raqamlangan bo’lishi kerak. Faoliyat turi faqat 
qayta sug’urta qilishdan iborat bo’lgan litsenziya talabgorlari mazkur bandda 
ko’rsatib o’tilgan hujjatlarni taqdim etadilar, sug’urtalash qoidalari (shartlari)ga oid 
xat boshi bundan mustasno. 
b) sug’urta brokerlari uchun: 


yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta 
manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs 
amalga oshirishni mo’ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning bir 
qismi) hamda ko’rsatib o’tilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat 
ko’rsatilgan litsenziya berish to’g’risida ariza; 
yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning 
notarial tasdiqlangan nusxasi; 
litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi 
organ tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi 
hujjat; 
ustav kapitali to’langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ma’lumotnomasi, mol-
mulkni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar).
Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi.
Litsenziya talabgorining arizasi ko’rib chiqilganligi uchun O’zbekiston 
Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida 
yig’im undiriladi. Ariza ko’rib chiqilganligi uchun yig’im summasi 
litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o’tkaziladi. Litsenziya talabgori 
berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to’langan yig’im summasi qaytarilmaydi.
Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash 
ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi (1-ilovaga qarang). Ilova 
keltirilgan sxemadan ko’rinib turibdiki, sug’urtalovchilar va sug’urta 
brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash jarayoni 6 ta bosqichni o’z ichiga 
olib, dastlab litsenziya talabgori zarur hujjatlarni tayyorlaydi va uni ko’rib chiqish 
uchun Moliya vazirligiga taqdim etadi. Keyingi bosqichda hujjatlar Moliya 
vazirligi tomonidan qabul qilinadi va ko’rib chiqish uchun ekspert komissiyaga 
beriladi. Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni batafsil o’rganib chiqib, 
sug’urtalovchiga yoki sug’urta brokeriga litsenziya berish yoxud litsenziya 
berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi. 
Shunday qilib xulosa qilish mumkinki, O’zbekistonda sug’urta nazorati davlat 
organiga yuklatilgan sug’urta faoliyatini litsenziyalash vakolati, pirovardida, 


barcha sug’urtalanuvchilarning, ya’ni sug’urta kompaniyalari mijozlarining 
qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bunday tizimining yaratilganligi 
nafaqat sug’urtalanuvchilarning, balki davlatning manfaatlariga mos keladi. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə