Mustaqil ish mavzu: sug’URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHDA sug’urta nazorati



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix10.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#132827
  1   2   3   4
SUG’URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHDA SUG’URTA NAZORATI



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
FAN VA INNOVATSIYA TA’LIM 
VAZIRLIGI 
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO’LIM 
 
 
 
MUSTAQIL ISH 
 
 
 
Mavzu:

SUG’URTA FAOLIYATINI 
DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA 
SOLISHDA SUG’URTA NAZORATI
 
 
Guruh: 20.113 
 
Bajardi:

MO’YDINOV MUHAMMAD YUSUF 
 
 
 
 
 


SUG’URTA FAOLIYATINI DAVLAT 
TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHDA 
SUG’URTA NAZORATI
 
 
 
 
 
 
 
Reja: 
1. Sug’urta bozori tushunchasi va uning ishtirokchilari. 
2. Sug’urta bozorining turlari va ularga umumiy tavsifnoma. 
3. Sug’urta bozori infratuzilmasining sug’urta bozori rivojlanishidagi 
ahamiyati.
4. Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv 
zarurligi va shakllari. 
5. Davlat sug’urta nazorati: uning funktsiya va vazifalari. 
6. Sug’urta faoliyatini litsenziyalash tartibi. 
 


1.
Ma’lumki, har qanday bozorda sotuvchi va xaridor bo’ladi hamda ular 
o’rtasida tegishli tovarlar (xizmatlar) ayirboshlanadi. Xuddi shunday, sug’urta 
bozorida ham sotuvchi (sug’urtalovchi) va xaridor (potentsial sug’urtalanuvchi) 
ishtirok etadi. Bu erda potentsial sug’urtalanuvchi tushunchasini qanday izohlash 
mumkin, degan o’rinli savol tug’ilishi mumkin. Gap shundaki, basharti, potentsial 
sug’urtalanuvchini to’g’ridan to’g’ri sug’urtananuvchi, deb atasak katta xatoga yo’l 
qo’ygan bo’lamiz. Negaki, amaldagi qonunlarga muvofiq, sug’urta kompaniyalari 
bilan bevosita shartnoma tuzgan, fuqarolik salohiyatiga ega bo’lgan yuridik va 
jismoniy shaxslarga sug’urtalanuvchilar deyiladi. Aksincha, sug’urta “mahsulotini” 
sotib olishga ehtiyoji bor, ammo hali sug’urtalovchilar bilan tegishli sug’urta 
munosabatlariga kirishmagan shaxslar potentsial sug’urtalanuvchilar deb ataladi. 
Endi, sug’urtalovchilar haqida gapiradigan bo’lsak, sug’urtalovchi - bu mamlakat 
xududida sug’urta faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan hamda sug’urtalash 
o’zi uchun asosiy faoliyat turi hisoblangan yuridik shaxslardir. Ko’rinib turibdiki, 
sug’urta kompaniyasi tegishli faoliyat yuritishi uchun vakolatli davlat organining 
litsenziyasiga ega bo’lishi va sug’urtaga bog’liq bo’lmagan operatsiyalar bilan 
shug’ullanmasligi zarur. 
Sug’urtalovchilar bozorga o’zlarini ishlab chiqargan o’ziga xos mahsuloti - 
sug’urta xizmatini taklif etadilar. Ushbu xizmatlar yuzlab, minglab sug’urta 
kompaniyalari tomonidan sotilishi mumkin. O’z-o’zidan, bu holat sug’urta 
bozorida potentsial mijozlarni jalb etish uchun sug’urta kompaniyalari o’rtasida 
raqobatning kuchayishiga olib keladi va “mahsulot”ning sifatiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. Eng asosiysi, potentsial sug’urtalanuvchi har tomonlama o’zining 
talabini qondiradigan “mahsulot”ga ega bo’ladi. Bayon etilganlar quruq gap emas, 
balki bugungi kunda iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar bozorida ruy berayotgan 
oddiy haqiqatdir. Yuqorida zikr etilgan fikrlarni quyidagi chizmada yaqqol ko’rish 
mumkin. 
Sug’urta bozorining mohiyatini chuqurroq anglab olish uchun 
kundalik xayotimizdan oddiy bir misol keltirsak maqsadga muvofiqdir. 


 O’zimiz yoki bolalarimizga kiyim-kechak sotib olish uchun buyum 
bozoriga boramiz. Aytaylik, birorta kiyim, aniqrog’i, kuylak sotib olmoqchimiz. 
Bozorda kuylakning har xili mavjud, baholari xam, narxi xam turlicha. Biz, albatta, 
sifati yaxshisini va bahosi arzonini sotib olamiz. Sug’urta bozorida ham aynan shu 
jarayon yuz beradi. 
1-chizma 
Sug’urta bozori va uning sub’ektlari 
Sug’urta kompaniyalari Sug’urtalanuvchilar 
Sug’urta kompaniyasi o’z mahsulotini bozorda sotar ekan, zimmasiga katta 
mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak. Chunki, sug’urtalovchi ozgina sug’urta 
mukofoti evaziga yirik mikdordagi riskni qabul qilib oladi va sug’urta hodisasi ruy 
berganda zimmasidagi sug’urta qoplamasini to’lashi shart. Shu o’rinda, biz 
sug’urta kompaniyasiga murojaat qilishni istagan yoki muayyan sug’urta xizmatiga 
ehtiyoj sezgan shaxslarga sug’urta shartnomasini tuzishdan oldin sug’urta 
kompaniyasining moliyaviy axvoli, balansi bilan albatta tanishib chiqishlarini 
maslahat qilamiz. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa tovarlar va xizmatlar kabi, sug’urta 
xizmatining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo’ladi hamda bu baho 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə