Mustaqil ish mavzu: sug’URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHDA sug’urta nazorati



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix10.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#132827
1   2   3   4
SUG’URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHDA SUG’URTA NAZORATI

 
 
Суғурта бозори 


o’zining pastki va yuqori chegaralariga ega. Sug’urta tushumlarining miqdori 
sug’urta to’lovlari va sug’urta tashkilotlari xarajatlari miqdoriga teng bo’lishi 
sugurta baxosining pastki chegarasini bildiradi. Bunday sharoitda sug’urta 
kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Ko’p hollarda sug’urta 
bozoridagi keskin raqobat, sug’urta tashkilotlarining potentsial mijozlarni jalb etish 
maqsadida tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi. Chet mamlakatlarda, 
sug’urtalovchilar sug’urta faoliyatidan zarar ko’rganda, bu zarar investitsiyadan 
keladigan daromad hisobidan qoplanadi. 
Sug’urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining 
miqdori bilan aniqlanadi. Sug’urta xizmatining ma’lum bir turiga etarli darajada 
talab mavjud bo’lganda, sug’urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori 
darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o’tishi bilan bozorda sug’urta xizmati 
ko’rsatish turlarining ko’payishi bilan, o’z-o’zidan tarif stavkalari kamayadi. 
2.
Sug’urta bozori hududiy joylashuviga qarab xalqaro, mintaqaviy va milliy 
sug’urta bozorlariga bo’linadi. Milliy sug’urta bozori biron-bir mamlakat 
hududidagi sug’urta muassasalarini va ularni faoliyatini o’z tarkibiga oladi. 
Jahondagi eng yirik milliy sug’urta bozori Amerika Qo’shma shtatlaridir. Iqtisodiy 
jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig’iladigan sug’urta tushumlarining 43 
foizdan ortig’i AQSh hissasiga to’g’ri keladi. Bu erda hayotni sug’urta qiluvchi 
2600 dan ortiq va boshqa umumiy turdagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatuvchi 3800 
ta kompaniya faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug’urta bozorida 
ham oldingi o’rinlardadir. Masalan, “Prudenshial of Amerika” kompaniyasi 
mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992 yil boshida mavjud aktivlari, to’plagan 
sug’urta mukofotlari bo’yicha uchinchi o’rinni egalladi. 
Mintaqaviy sug’urta bozori deganda savdo, iqtisodiy va boshqa jihatlardan 
o’zaro yaqin munosabatda bo’lgan bir nechta mamlakatlarning ichki bozori 
tushuniladi. Evropa Ittifoqining sug’urta bozori yirik mintaqaviy bozordir.
Xalqaro sug’urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug’urta faoliyatini olib 
boruvchi alohida mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Jumladan, hozirgi 
vaqtda Yaponiya sug’urta bozorining xalqaro darajada muxim o’rni bor va keyingi 


o’n yillikda Yaponiya sug’urtachilari dunyo bozorida etakchilik qilib kelishmoqda. 
Ma’lumotlarga qaraganda, 1992 yili jahondagi eng yirik 20 ta hayotni sug’urta 
qiluvchi kompaniyalar ichida 9 tasi yoki 45 foizi Yaponiyaga tegishlidir. Bu 
kompaniyalarning moliyaviy salohiyati 869 mlrd. doll. miqdorida baholangan. 
Sug’urta bozorlari hududiy bo’linish bilan bir qatorda sug’urta turlariga 
qarab ham xilma-xil bo’lishi mumkin. Iqtisodi rivojlangan mamlakatlar 
amaliyotida sug’urta bozori ikkiga bo’linadi: 1) Hayotni sug’urta qilish bilan 
bog’liq sug’urta xizmatlari bozori; 2) Umumiy sug’urta xizmatlari bozori. 
3.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlar sifat jihatidan yangi 
bosqichga ko’tarilmoqda. Bu jarayonda sug’urta faoliyati ham rivojlanib, ravnaq 
topmoqda. Sug’urta instituti bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi sifatida uning 
rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, sug’urta faoliyatida risklar 
transferi ham o’z navbatida, bozor infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga 
bog’liqdir.
Shu o’rinda, «infratuzilma» tushunchasi iqtisodiy ilmiy lug’atlarda turlicha: 
masalan, «asosiy ishlab chiqarish sohalari va aholiga xizmat ko’rsatuvchi iqtisodiy 
tarmoqlar yig’indisi» yoki «ma’lum tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi ishlab 
chiqaruvchi va noishlab chiqaruvchi tarmoqlar majmuasi» kabi ma’nolarda 
qo’llanilishini qayd etish mumkin. Xususan, sug’urta bozori infratuzilmasining 
mazmun-mohiyatini ochib berishda, iqtisodiyot sub’ektining samarali faoliyat 
yuritishi uchun kafolatli shart-sharoit yaratuvchi faoliyat turlari majmuasi nazarda 
tutiladi. Ma’lumki, sug’urta mahsuloti sotilishining o’ziga xos jihatlari mavjud va 
bu jarayon:
-
sug’urta riski haqida axborot to’plash va uni aniqlashtirish; 
-
sug’urta shartnomasini imzolash va uning amal qilishini ta’minlash kabi 
bosqichlarni o’z ichiga oladi. 
Sug’urta faoliyatida risklar transferining mazkur bosqichlari o’ziga xos 
bilimni talab etadi. Ayni vaqtda ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra, ma’lum 
qisqa davr oralig’ida talab etilayotgan mutaxassis kompaniyaning shtatlar birligiga 


kiritilishi iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanishi ham mumkin. Shuning uchun 
kompaniya o’z faoliyatida, odatda boshqa soha mutaxassislari xizmatidan
foydalanadi. Demak, ta’kidlash mumkinki, sug’urta bozori infratuzilmasi uning 
professional ishtirokchilari va boshqa soha mutaxassislari o’rtasidagi o’zaro 
munosabatlar sifatida sug’urta faoliyatida risklar transferining samaradorligini 
ta’minlovchi omil sanaladi.
Sug’urta bozori infratuzilmasining o’ziga xosligidan kelib chiqib, shuni
qayd etish mumkinki, uning tarkibiga sug’urta vositachilari, sug’urtachilar 
uyushmasi, avariya komissari, syurveyer, aktuariy, sug’urta auditori, maxsus 
ixtisoslashgan maslahatchilar hamda baholovchi firmalar kabi sub’ektlar kiradi (1-
chizma). Shu o’rinda, London sug’urta bozori infratuzilmasi tarkibiga sug’urta 
anderrayterlari ham kiritilganligini qayd etish mumkin.
1-chizma 
Sug’urta bozori infratuzilmasining sub’ektlari 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə