Mustaqil ish o’zbekistonning eng yangi tarixi mustaqil O’zbekiston Respublikasining Tashkil Topishi va uning Tarixiy Ahamiyati



Yüklə 14,89 Kb.
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü14,89 Kb.
#161568
1   2   3   4   5
Mustaqil ish o’zbekistonning eng yangi tarixi mustaqil O’zbekist-fayllar.org

xos bo’lgan markazlashgan davlat saqlanib qoladimi yoki demokratik jarayonlar chuqurlashishi evaziga ittifoqdosh respublikalar suvereniteti ta’minlanadimi? - degan masala dolzarb bo’lib qoldi. Ikkinchi tomondan, o’sha davrdagi SSSR rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to’g’ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishishga intilishning tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi.

SSSR ijtimoiy taraqqiyotida uchta yo’nalish- totalitarizmga qaytish, jahon tajribasiga xos transforma-tsiya va sotsialistik yo’nalishdagi demokratik kuchlar to’qnashib qolgan edi. Tabiiyki, bu mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tanazzulni vujudga keltirgan edi. Ana shunday ziddiyatli bir sharoitda O’zbekiston rahbariyati bu yo’nalishlarning nomaqbul ekanligini aniq ravshan ko’rdi va respublika xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazishning o’ziga xos

yo’lini Mustaqil tarzda o’zi belgilay boshladi. Avvalo, «O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish konsep-siyasini» tayyorlashga kirishildi. Konsepsiya respublika Davlat Reja qo’mitasi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar, ilmiytadqiqot institutlari, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya qo’mitalari bilan hamkorlikda tayyorlandi. Unga ko’ra, «O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o’tishning asosiy prinsiplari» ishlab chiqildi va u 1990-yil 17-oktabrida umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi.


  • 1990-yil oktabri oxirida O’zbekiston SSR Oliy Kengashi IV sessiyasida bu masala yuzasidan Hukumatning hisoboti

    eshitildi. Oliy Kengash sessiyasi «vujudga kelgan ahvoldan chiqishning yo’lini... respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish asosida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat» deb hisobladi. Shuning uchun ham sessiya respublika Hukumati Dasturini ma’qulladi va O’zbekiston Ministrlar Sovetiga «O’zbekiston SSR mulkiga egalik qilish, uni tasarruf etish, taqsimlash va undan foy-dalanish masalalari yuzasidan respublikaning suveren huquqlarini amalga oshirishning samarali amal qiluvchi mexanizmini yaratish bo’yicha asoslangan takliflar tayyorlash, shuningdek, 1-iyungacha O’zbekiston Oliy Sovetiga iqtisodiy tizim masalalari va yer, yerosti hamda boshqa tabiiy boyliklarni, ishlab chiqarish korxonalarini O’zbekiston SSR mulkiga o’tkazish bo’yicha O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga kiritiladigan o’zgarishlar to’g’risida Qonun loyihasi kiritishni topshirdi.


  • O’zbekiston SSR Oliy Kengashining 1991-yil 30-sentabr qarori bilan Konstitutsiyaviy maqom berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi:

    Yüklə 14,89 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə