Mustaqil ish o’zbekistonning eng yangi tarixi mustaqil O’zbekiston Respublikasining Tashkil Topishi va uning Tarixiy Ahamiyati



Yüklə 14,89 Kb.
səhifə4/5
tarix25.12.2023
ölçüsü14,89 Kb.
#161568
1   2   3   4   5
Mustaqil ish o’zbekistonning eng yangi tarixi mustaqil O’zbekist-fayllar.org

qutuldi. Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi o‘zbek xalqining hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib turmush yaratish erkinligini berdi. Тarixdan bizga ma’lumki, qadim zamonlardan boshlab u yoki bu mintaqalarda yirik imperiyalar vujudga kelib, ko‘plab xalqlarni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirgan, asoratga solgan. Biroq ularning barchasi mazlum xalqlarning ozodlik, mustaqillik uchun kurashlari natijasida parchalanib ketgan. Bu tarixiy jarayon XX asrda ham takrorlandi. Mazlum xalqlarning milliy-ozodlik harakati natijasida jahon mustamlakachilik tizimi barbod bo‘ldi, imperiyalar quladi. Dunyodagi yirik imperiyalardan biri bo‘lmish SSSRning parchalanishi ham ana shu tarixiy-qonuniy jarayonning natijasi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi ham qonuniy- tarixiy jarayon bo‘lib, xalqimizning uzoq yillar davomidagi milliy istiqlol uchun olib borgan qahramonona kurashining natijasidir. 1991-yil 31-avgustdan e’tiboran Vatanimiz tarixida yangi davr — milliy istiqlol davri boshlandi. O‘zbekiston xalqi o‘z taqdirini o‘z qo‘liga oldi, siyosiy, ma’naviy mutelikdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil, to‘la huquqli, suveren davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O‘zbekiston xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotliligi va qat’iyatliligi, uzoqni ko‘ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligi tinch, demokratik, parlament yo‘li bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi. Mustaqil O‘zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz yildan ortiq vaqt davomida yopib qo‘yilgan chegaralari ochildi. Jahon hamjamiyati O‘zbekistonni quchoq ochib qabul qildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Respublikasini suveren davlat sifatida Тurkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy singari yirik davlatlar tan oldilar. unyoda suveren deb e’tirof etilgan har bir mamlakat o‘zining Konstitutsiyasi, davlat ramzlari — gerbi, bayrog‘i, madhiyasiga ega. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘zining davlat ramzlarini yaratishga alohida e’tibor bilan qaradi. Oliy Kengash Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi haqida qonun loyihalarini tayyorlash, Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Oliy Kengash Qo‘mitalari Konstitutsiya komissiyasi bilan hamkorlikda o‘zbek xalqining tarixi, ma’naviy qadriyatlari, mustaqil davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatiga mos davlat ramzlari variantlari tayyorlandi.


Yüklə 14,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə