Mustaqil ishi bajardi: Tekshirdi: Toshkent-2023 mavzu: shaxarlarning geografik o’rganilish asoslari reja: Kirish


Tumanning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mommolari va istiqbollari



Yüklə 65,25 Kb.
səhifə4/5
tarix20.10.2023
ölçüsü65,25 Kb.
#128969
1   2   3   4   5
1. Yusupova A (2)

4.Tumanning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mommolari va istiqbollari
Qamashi tumani viloyatimizning tabiiy resurs imkoniyati yuqori bo’lgan rayonlaridan biri hisoblanadi. Har bir mintaqada bo’lgani kabi Qamashida ham tabiiy resurslardan foydalanish bo’yicha bir qator muammoli holatlar yuzaga kelmoqda.
Birinchi navbatda, yer resurslari bilan bog’liq muammolar o’z dolzarbligi bilan ajralib turmoqda. CHunki, sanoat rivojlanish darajasi yuqori bo’lishiga qaramay viloyat iqtisodiyoti uchun qishloq xo’jaligi, ayniqsa, qishloq xo’jaligi katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, qishloq xo’jaligining muhim tarmog’i hisoblangan dehqonchilikni rivojlantirishga tuproq tarkibining xilma-xilligi ta’sir ko’rsatadi. Tuman tuproqlari tarkibi asosan o’tli, tipik va kulrang tuproqlardan iboratdir. Ular unumdor bo’lib, ko’p miqdorda o’simlik uchun to’yimli moddalarga ega.
Tuproqlarning muhim xususiyati ularning ishlab chiqarishga qobilligi, ya’ni madaniylashganligi bo’lib, tumaning ko’proq, avvaldan sug’orib kelinayotgan, yuqori darajada mdaniylashgan yerlari doimiy ravishda organik va mineral o’g’itlar solinganligi tufayli fosfor, azot bilan yaxshi ta’minlangan. Tarkibi chirindi va mikroorganizmlarga boy.Yuqori madaniylashgan yerlar asosan Qamashi tumaning sharqiy, janubi-sharqiy, markaziy qismlarida, SHaxrisabz, Chiroqchi, Yakkabog’, G’uzor, va Dehqanobot tumanlarida joylashgan, [12].
O’rta darajada madaniylashgan butun sug’oriladigan yer fondining asosiy qismini tashkil etadi. Ularga eskidan sug’orilib kelingan, o’tmishda dehqonchilik madaniyati darajasi nisbatan past bo’lgan yerlar hamda Qarshi cho’lidagi yangi o’zlashtirilgan yerlarning uncha katta bo’lmagan qismi kiradi.
Qarshi cho’lining yangi o’zlashtirilgan va sug’orilayotgan yerlari oziqa moddalarining kamligi, tuproq tarkibining chirindilik darajasi ozligi va biologik faolligining sustligi bilan ajralib turadi. Bu yerlarda, odatda, eroziya xavfi ancha yuqori.
Ma’lumki, yer resurslarining sifati bonitet bali bilan belgilanadi. Eng hosildor yerlar Tuqboy (bonitet bali 72), Chim, (60) va Mang’it (64) qishloqlardadir. Qamay va Qiziltepa qishloqlarida yerning hosildorligi eng past (ikkala qishloqda ham bonitet bali 41ga teng).
So’nggi 4-5 yil ichida davlatning agroiqtisodiy siyosati tufayli yer resurslarining ahvoli birmuncha yaxshilandi. Chunonchi, 2000 yilda tarkibida tuz miqdori yuqori bo’lgan yerlar 3,6 ming gektar, yoki tumandagi barcha ekin maydonlarining 26, 6%ni tashkil qilgan bo’lsa, 2004 yilda bu ko’rsatkich 2 ming gektargacha pasaydi va barcha ekin maydonlarining 11,5%ga teng bo’ldi.
Qamashi tumani tog’ va tog’oldi yerlaridan samarali foydalanish salohiyati nisbatan yuqoriligini ko’rish mumkin. Ulardan oqilona foydalanish istiqbolda hududning oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatining jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Tog’ va tog’ oldi hududlarida qulay tabiiy iqlim sharoiti hamda noyob tarixiy ob’ektlarning mavjudligi esa kelajakda mintaqada turizm sohasini rivojlantirishga ham imkoniyat yaratadi.
Tumanimiz suv resurslari ichida Qashqadaryo basseyni 37 mlrd m3, suvni o’zida jamlaydi. Qamashi tumaniga Qashqadaryo suv resurslarining 38,2% to’g’ri keladi, uning 67,4 foizi asosiy oqimdan (Qashqadaryo), 15,7% - kichik daryolardan, 2,3% - yer osti suv manbaalaridan kelib tushadi. Ta’kidlash o’rinliki, 2000 yildan beri respublikamizda, jumladan, Qashqadaryo viloyatida suv resurslarining taqchilligi sezilmoqda, qishloq xo’jaligi ekinlari sug’orishning tejamkor texnologiyalaridan yetarlicha foydalanilmayapti. Shu bilan birga, tabiiy o’zanlarda daryoning yuqori qismlarida joylashgan qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan suvning ifloslanishi hisobiga uning sifati yomonlashib bormoqda. Bularning barchasi tobora keskinlashib borayotgan suv taqchilligi va katta talofatlar sharoitida yuz bermoqda. O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligining ma’lumotlariga qaraganda sug’orish tizimlarining foydali ish koeffitsienti ayni paytda 0, 64ga teng, dalalarda esa tortib kelinadigan suvning 10-20%dan samarasiz foydalanilmoqda, [7].
Yuqorida ko’rib o’tilgan tumanning yer va suv resurslari orasida juda katta nomuttanosiblik mavjud. Geomorfologik va tuproq sharoitlariga ko’ra 1,3 – 1,5 mln.ga maydon sug’orma dehqonchilik uchun yaroqlidir. Ammo bunday katta maydonda sug’orib dehqonchilik qilish uchun mahalliy suv resurslari juda kamlik qiladi. Bevosita viloyat hududida vujudga keladigan suv resurslarining miqdori 1,3 km3 ga yaqin bo’lib, o’rtacha har bir kishiga bir yilga 575 m3 ni tashkil etadi. Hisoblarga ko’ra viloyatning mahalliy suv resurslari ularga bo’lgan ehtiyojning 21-22%ini qondiradi.
Tumanda suv resurslarining taqchilligi mamlakatimizning boshqa hududlaridagi kabi sug’oriladigan yerlar maydonlarining kengayishini va sanoatning suvga ehtiyoji yuqori bo’lgan sanoat ishlab chiqarishini cheklaydi. Sanoatning kam suv iste’mol qiladigan tarmoqlarini rivojlantirish va qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish zaruriyatini taqazo etadi. Ekologik muvozanatni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlaridan biri an’anaviy yonilg‘i resurslarini tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishdir. Bu boradagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzurida
Eko-energiya” markazi faoliyat yuritmoqda. Ushbu markaz mutaxassislari ishtirokidagi loyihalar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarida fotoelektr stansiyalari, elektr energiyasi va issiqlik olish uchun kichik GESlar va gelioisitgichlar, chorvachilik, sanoat va maishiy chiqindilardan biogaz, ekologik toza va yuqori samarali bioorganik o‘g‘it olish qurilmalari barpo etildi. Bugungi kunda ulardan amalda samarali foydalanilmoqda, [7].
Qo’riqxon va milliy bog’lar tabiatning o’ziga xos tabiiy manzaralarini, o’simlik va hayvonot turlarini muhofaza qilish maqsadida tashkil qilinadi. Tuman hududida bitta qo’riqxona mavjud. Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz, Yakkabog‘ va Qamashi tumanlari hududida, Hisor tog‘ tizmasining g‘arbiy yonbag‘irlarida, dengiz satxidan 1750 m dan 4366 m gacha balandlikda joylashgan.
Qo‘riqxona janubiy-sharqda Surxondaryo viloyati, sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh.
Hisor davlat qo‘riqxonasi 1983 yilda Qashqadaryo viloyatidagi ikki mustaqil Miroqi va Qizilsuv qo‘riqxonalarini birlashtirish natijasida O‘zbekiston Ministrlar Sovetining 09.09.1983 y. № 521 sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.
Umumiy yer maydoni 80986,1 ga. Shundan, 2000 gektar ekoturizm uchun ajratilgan qo‘riqlanma zona hisoblanadi. Qo‘riqxona 4 ta bo‘limga bulingan:
- G‘elon bo‘limi yer maydoni - 18838,1 ga.
- Miraki bo‘limi, yer maydoni - 11821,0 ga.
- Tanxozdaryo bo‘limi yer maydoni - 20233,0 ga.
- Qizilsuv bo‘limii yer maydoni - 30094,0 ga.
Qo‘riqxona hududi 17 ta sarxad, 54 ta aylanish bulakchasi (kvartallardan) iborat.
Hisor davlat qo‘riqxonasi Pomir-Oloy tog‘ tizimiga kiradigan Hisor tizmasining shimoliy-g‘arbiy kismida joylashgan.
Uning butun hududi yagona massiv sifatida sharqdan g‘arbga 37 km, shimoldan janubga 90 km ga cho‘zilgan.
Tog‘ yotqiziqlari ichida paleozoy jinslari ko‘p uchraydi.
Cho‘qqilarining balandligi 2500 metrdan 4421 metrgacha. Jumladan, Xazrati Sulton tog‘i - 4266 m, Xo‘ja-kirshavor - 4303 m, To‘rtqo‘ylik – 4366 m, Bibi-O‘lmas tog‘i – 4349 m.
O‘zbekistonning eng baland nuqtasi ham qo‘riqxonaning To‘rtqo‘ylik tog‘idagi dengiz sathidan 4421 metr balandlikda joylashgan nomsiz cho‘qqidir. Qo‘riqxona hududida mezazoy-kay­nazoy davri yotqiziqlarida karst jarayonlari keng tarkalgan va o‘ralar, daralar, tokcha va g‘orlar ko‘plab uchraydi. Ushbu tog‘ daryolari va soylari chukur daralarni (kononlar) hosil qiladi.
Hisor tog‘ tizmasi dengiz va okeanlardan o‘zoqda joylash­gan, shu sababli qo‘riqxona hududi tez o‘zgaruvchan iqlim sharoitiga ega va meteorologik ko‘rsatkichlar tez-tez o‘zgarib turadi.
Kuz va qish oylarida yillik yog‘inning 64% yog‘ishi kuzatiladi. May oydan sentyabr oyigacha yog‘inlarning kamligi yoki umuman bo‘lmasligi o‘simliklar vegetatsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘riqxona hududining turli geografik kesimdagi relefda joylashishi bu yerda shamol yo‘nalishini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, ya’ni kechasi tog‘dan pastlikka qarab, kunduzlari esa pastlikdan yuqoriga shamol esishi kuzatiladi.
Hisor davlat ko‘riqxonasi o‘simliklar dunyosi juda boy va xilma-xil bo‘lib, ularni muhofaza qilish va o‘rganish ko‘riqxona xodimlarining asosiy vazifalaridan biridir. Qo‘riqxona xududida 970 turdagi o‘simliklar o‘sishi aniklangan. Ular 81 oilaga kiruvchi 384 turkumga mansub.

XULOSA
Qamashi tuman tabiiy geografik o'rni, yer-suv resurslari, tuproq, o'simlik, hayvonot dunyosi joylashuvi, o'zgarish jarayonlari o'rganildi, hulosalar chiqarildi takliflar berildi. Tumanning siyosiy , iqtisodiy, tabiiy geografik o'rinlari o'rganilib to'liq yozib chiqildi. Tumanning geografik qulay joylashganligi tushuntirildi, ma'lumotlar bazasida joylashgan xaritalar tahlil qilinib, joylashtirildi. Tuman iqtisodiy o'rni ham, tabiiy geografik o'rni qulay hududda joylashgan. Tabiiy geografik o'rin asosan okean, dengiz, daryo,tog',cho'l, o'rmon,adir singari yirik tabiiy obyektlarga nisbatan joylashgan o'rniga ko'ra belgilansa, iqtisodiy geografik o'rin jahonning erkin iqtisodiy mintaqalari, jahon savdo yo'llari, yirik savdo sanoat markazlari va tabiiy boyliklardan foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Siyosiy geografik o'rin esa muayyan davrda alohida davlatning harbiy mojorolar ro'y berayotgan yoki ro'y berishi mumkun bo'lgan hudud va davlatlarga nisbatan qachalik aloqadorligiga ko'ra belgilanadi. Qamashi tumani asosan shimoliy va shimoliy g’arbiy qismi tekislik hududi bo'lganligi uchun suv resurslari yer betiga biroz yaqin va suv resurslaridan noto'g'ri foydalanish oqibatida hudduda sho'rlashish jarayoni boshlanganligi kuzatildi, shuning uchun har doim va kelajakda suv resurslaridan unumli va to'g'ri foydalanib tuman yerlarini sho'rlashishiga va cho'llashishiga yo'l qo'ymaslik uchun chora tadbirlar ko'rib chiqildi . Tumanning har bir hududini o'ziga xos jihatlarini izchillik bilan o'rganishim shuni ko'rsatmoqdaki tabiatining, iqlimining, o'simlik dunyosining hilma xilligi va unga ta'sir ko'rsatuvchi omillar qanchalik muhimligi yana bir bor isbotini topdi.



Yüklə 65,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə