Mustaqil ishi bajardi: Tekshirdi: Toshkent-2023 mavzu: shaxarlarning geografik o’rganilish asoslari reja: Kirish


Tumanning demografik rivojlanish bosqichlari tahlili



Yüklə 65,25 Kb.
səhifə3/5
tarix20.10.2023
ölçüsü65,25 Kb.
#128969
1   2   3   4   5
1. Yusupova A (2)

3.Tumanning demografik rivojlanish bosqichlari tahlili
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ichida eng muhimi aholi va mehnat resurslaridir. Albatta, har qanday ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchisiz sodir bo'lmaydi. Bu o'rinda ikki holni qayd qilish lozim: birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga son jihatdan ko'p ishchi kerak Masalan, tikuv fabrikasi, konserva zavodi, paxta yctishtirish, uni qayta ishlash . Ayni bir paytda boshqa bir korxonalarga mehnat resurslarining miqdori ko'p bo'lishi shart emas, aksincha "oz bo'lsa ham soz bo'lsin" ma'nosida ularga malakali ishchi kuchi talab qilinadi.
Mazkur korxonalar va tarmoqlar (radio yoki priborsozlik. aniq mashinasozlik va shunga o'xshash) malakali ishchi kuchi mavjud bo'lgan shaharlarda, ilmiy-texnik markazlarida joylashtiriladi.Tumanda mehnatga layoqatli aholi soni juda ko'p. Ularning miqdori qishloq joylarda va sust rivojlangan kichik shaharlarda juda yuqori. Binobarin, bunday joylarda ish o'rinlarini kengaytirish, yangi sanoat va boshqa korkonalar. Madanyi maishiy muassasalarni qurish zarur. Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u eng avvalo iste'molchi hamdir. Bu omilning roli esa hozirgi kunda. xalqning yashash sharoiti va darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib bormoqda. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, muvaqqat qiyinchiliklarga barham berish. unga kerak bo'lgan oziq-ovqat. kiyim-kechak va boshqa extiyojlarni qondiruvchi mahsulotlarni yetarli darajada ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shu sababli. iste'mol omili oziq-ovqat korxonalarini o'ziga "tortadi", ya'ni bunday zavod yoki fabrikalar bevosita aholi yashovchi maskanlarda joylashtiriladi. Iste'mol omili faqat xalq ehtiyoji bilan belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning o'zining talabi, boshqa xil mahsulotlarning keng miqdorda sarflanishi. ularni transportda keltirishning noqulayligi ham bunday korxonalarni iste'mol rayonlarida tashkil etishni nazarda tutadi. Boshqa sanoat va qishloq xo'jalik tarmoqlarini ham aholi yashab turgan joylarda tashkil etish maqsadga muvofiq. Bu o'rinda ko'p iste'mol qilinadigan qishloq xo'jalik mahsulotlari sut, piyoz, karam va boshqalarni shahar atrofi xo'jaligi doirasida tashkil etish kerak. Yoki: neftni keltirib. undan benzin. kerosin, mazut va shunga o'xshash qator mahsulotlarni olish, kimyo sanolini rivojlantirish yaxshimi yoki ularning har birini alohida-alohida keltirish mumkun. 1990-yillarda bu sohada muvaffaqiyatsiz, samarasiz siyosat olib borildi va bu sanoatning ahvoliga ta'sir qildi. 2005 yildan boshlab hukumat qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun subsidiyalarni yo'naltira boshladi. Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash va kreditlash ko‘pchilikning ushbu sohada o‘z biznesini boshlash imkonini berdi.



Yüklə 65,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə