Mustaqil ishi bajardi: Tekshirdi: Toshkent-2023 mavzu: shaxarlarning geografik o’rganilish asoslari reja: Kirish



Yüklə 65,25 Kb.
səhifə1/5
tarix20.10.2023
ölçüsü65,25 Kb.
#128969
  1   2   3   4   5
1. Yusupova A (2)


O`zbekiston Respublikasi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Mirzo Ulug`bek nomidagi
O`zbekiston Milliy Universiteti


Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti

Geografiya (sirtqi) yo`nalishi 5-bosqich talabasi
Almatova Sarvinozning
Geografik tadqiqot usullari fanidan bajargan

MUSTAQIL ISHI

Bajardi:____________________
Tekshirdi:____________________


Toshkent-2023

MAVZU: SHAXARLARNING GEOGRAFIK O’RGANILISH ASOSLARI
REJA:
Kirish
1.Qamashi tmaniga iqtisodiy geografik tavsif
2.Tumanning demografik rivojlanish bosqichlari tahlili
3.Tuman xo’jaligining ixtisoslashuvi va rivojlanish xususiyatlari
4.Tumanning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mommolari va istiqbollari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


KIRISH


Qamashi tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman, 1937-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1962-yil 24-dekabrda Qarshi tumaniga qoʻshilgan. 1964-yil 31-dekabrda yana qaytadan tashkil etilgan. Shimoldan Chiroqchi, Yakkabogʻ, Shahrisabz tumanlari, gʻarbdan Koson tumani, janubdan Gʻuzor, Dehqonobod tumanlari, sharqdan Surxondaryo viloyatining Boysun tumani bilan chegaradosh. Maydoni 2,66 ming km2. Aholisi 280,6 ming kishi (2022). Tumanda 60 ta mahalla fuqarolar yigʻini bor. Markazi — Qamashi shahri.
Tuman hududi gʻarbdan sharqqa 150 km, shimoldan janubga 40–45 km ga choʻzilgan. Hududining gʻarbiy qismi relyefi, asosan, tekislikdan iborat. Umumiy maydonining ʻ/4qismini Qarshi dashti egallagan. Tuman relyefi sharqqa tomon koʻtarila boradi, tekisliklar, qir-adirlar, soʻngra past va balandroq togʻlar almashinib keladi. Hisor tizmasining janubi-gʻarbiy tarmoqdaridan boʻlgan Chaqchar togʻi viloyatdagi eng baland togʻ boʻlib (Katta Xuroson, asli Katta Xarsang choʻqqisi, 3749 m), Qashqadaryo havzasini Surxondaryo havzasidan ajratib turadi. Tumanda qazilma boyliklardan — turli xil qurilish materiallari mavjud. Qashqadaryo (tumanning eng gʻarbiy tekislik qismida 30 km masofada oqib oʻtadi) va uning irmogʻi Langar asosiy suv manbalaridir. Qashqadaryo havzasiga kiruvchi Yakkabogʻdaryo va Gʻuzordaryoning yuqori qismlari (Qizildaryo, Tirnasoy, Katta Oʻradaryo) ham tuman hududidan suv oladi. Qashqadaryo viloyatidagi eng yirik Chimqoʻrgʻon suv ombori tuman hududida joylashgan. Xoʻjaliklarni suv bilan taʼminlovchi ariq va kanallar (Chim, Janbuz, Tayoqli, Sagʻanak kabilar) shu suv omboridan boshlanadi. Iqlimi kontinental. Oʻrtacha yillik harorat 7,2°. Yanvar oyining oʻrtacha harorati —4,6°, iyulniki 20,1°. Vegetatsiya davri tekislik qismida 240 kun, togʻli qismlarida 200 kun. Yillik yogʻin 327 mm dan (tekislikda) 612 mm gacha (togʻlik qismida). Tuproqlari ham tekislikdan togʻlarga tomon oʻzgarib boradi: tipik boʻz tuproq, qoʻngʻir boʻz tuproq, qumoq boʻz tuproq; daryo vodiylarida oʻtloqi tuproqlar tarqalgan.

Yüklə 65,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə