Mustaqil ishi bajardi: Tekshirdi: Toshkent-2023 mavzu: shaxarlarning geografik o’rganilish asoslari reja: Kirish


Qamashi tmaniga iqtisodiy geografik tavsif



Yüklə 65,25 Kb.
səhifə2/5
tarix20.10.2023
ölçüsü65,25 Kb.
#128969
1   2   3   4   5
1. Yusupova A (2)

1. Qamashi tmaniga iqtisodiy geografik tavsif
Tumanda 3,5 mingga yaqin korxona, jumladan sanoat, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish va h.k. faoliyat koʻrsatmoqda. Paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxonalar, kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, mikrofirmalar bor. 3 ta qoʻshma korxona ishlab turibdi. Qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashgan. Togʻli hududlarda bahorikor gʻallachilik (bugʻdoy, arpa) rivojlangan. Pillachilik bilan ham shugʻullaniladi. Chorvachilikning muhim sohasi qoramolchilik (asosan, sugʻoriladigan zonada), qoʻychilik (togʻ zonasida) hisoblanadi. Tumanda dehqon, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari bor. Ekin maydonlarining 9,8 ming ga yeriga paxta, 25,6 ming ga yeriga gʻalla, shuningdek, sabzavot va kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 61,4 mingga yaqin qoramol, 110,3 mingdan ziyod qoʻy va echki, 130,2 mingdan ziyod parranda, 3,4 mingga yaqin yilqi boqiladi.
95 umumiy taʼlim maktabi (52,5 ming oʻquvchi), 1ta ixtisoslashgan maktab, bolalar musiqa maktablari, mehribonlik uyi, 12 kasb-hunar kolleji (3,2 ming talaba), markaziy kutubxona, 12 klub muassasalari, madaniyat uylari bor. „Egachim“ folklor etnografik, „Qizgʻaldoq“ bolalar etnografik, „Mingbarg“, „Boʻyrachi“, „Boʻston“, „Mahallada duv-duv gap“ ashula va raqs ansambllari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻruqxona, poliklinika, ambulatoriya, 12 qishloq vrachlik punkti, 35 feldsher-akusherlik punktida 257 vrach, 1637 oʻrta tibbiy xodim aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman hududidan Qarshi — Kitob temir yoʻli, Katta Oʻzbekiston trakti oʻtadi. Qamashi shahridan Qarshi shahri va boshqalar tumanlar markazlariga avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. 1941-yil 16-iyundan „Qamashi haqiqati“ gazetasi chop etiladi.
2. Tuman xo’jaligining ixtisoslashuvi va rivojlanish xususiyatlari
O‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 376,7 mlrd. so‘mni yoki 2019– yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar– 287,2 mlrd. so‘mni (102,7 %), o‘rmon xo‘jaligi–82,7 mlrd. so‘mni (101,5 %), baliqchilik xo‘jaligi– 3,6 mlrd. so‘mni (101,1 %) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Qashqadaryo viloyatining ulushi 8,0 % ni tashkil etdi 2021– yilning yanvar – mart oylari yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Yakkabog‘ tumanida (17,9 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi Koson tumanida (97,5 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Mirishkor tumanida (8,1 %) qayd etildi.Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsuloti tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich Koson tumanida (1,7 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng kam ulushi Yakkabog‘ tumanida (78,0 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng kam ulushi Nishon tumanida (0,5 %) qayd etildi. Jamiyatni inqilobiy qurish, tub iqtisodiy islohat ishlab chiqarishni tashkil qilish, turli shakllarini uyg’unlashtirish, kooperativ harakatini kuchaytirishning yangi shakllarini izlab topishni taqoza etadi. Boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish, iqtisodiyotni davlat tasarrufidan holi qilish, ishbilarmonlikni rivojlantirish va bozor munosabatlari rivojiga ko’maklashadigan boshqa tadbirlar iqtisodiyot samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Amalga oshirilishi xalq xo’jaligi iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini yuksaltiradigan eng muhim vazifalardan biri sifatida hozirgi bosqichda boshqarishni mahalliylashtirish, respublikalar boshqaruv organlarining umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini o’tkazishda birga harakat qilishini yo’lga qo’yish, shuningdek muhim xalq xo’jalik dasturlarida birga ishtirok etish tadbirlarini tizimini alohida ta‘kidlash kerak. Iqtisodiyot samaradorligini oshirishning eng muhim vazifalarini hal etish ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish, ijtimoiy vazifalar yechimini topish, boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida esa aholini ijtimoiy himoya qilishning zarur shart-sharoitlarini yaratish va xalq turmushi darajasini oshirish muammolari bilan bog’liqdir. Mehnat taqsimotining chuqurlashishi va kengayib borishi ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti bilan o’zaro bog’langan hamda shartlangan holda kechuvchi ob‘ektiv jarayon bo’lib, ko’p darajada uning tabiiy sharoitlari bilan-turli xil tabiiy boyliklar mavjudligi bilan belgilandi.Ana shu tabiiy boyliklarning makoniy tarqoqligi mehnat hududiy taqsimotining eng asosiy belgilovchi omillaridan biri tarzida namoyon bo’ladi. Ishlab chiqaruvchining (ishlab chiqarishning) rivojlanishi ishlab chiqarish unsurlarini, mehnat qurollarini, mehnat ashyolarini va jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan aholini makoniy joylashtirish bilan birga kechadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirish muayyan iqtisodiy sharoitlar hamda avvalo ishlab chiqarish usuliga bog’liq turli xil qonunlar bilan boshqariladigan yagona jarayon tarzida namoyon bo’ladi.Ishlab chiqaruvchi kuchlar joylashuvi qonuniyatlari, o’z navbatida, mazkur qonuniyatlarning aniq rejali amaliyotida ro’yobga chiqarilishidan iborat joylashtirish printsiplarining nazariy asosi xizmatini o’taydilar. Hozirgi sharoitda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish quyidagi printsiplar bilan belgilanadi:
1. Ishlab chiqarishni barcha respublika va iqtisodiy rayonlar ishlab chiqarish apparati, tabiiy 1hamda mehnat rezervlaridan eng samarali foydalanish vazifalariga muvofiq ravishda rejali va kompleks joylashtirish;
2. Barcha respublika va xalqlarning tengligi hamda o’zaro yordami asosida iqtisodiy rayonlar o’rtasida ijtimoiy mehnat taqsimotini rivojlantirish
3.Ishlab chiqarish va xom ashyo hamda maxsulotni tashishni oqilonalashtirishning barcha bosqichlarida ijtimoiy mehnatni tejash maqsadida sanoatning tegishli tarmoqlarini xom ashyo manbalariga yaqinlashtirish;
4. Respublika va iqtisodiy rayonlar xo’jaligini sanoat hamda qishloq xo’jaligining ular taraqqiyoti uchun eng qulay tabiiy va iqtisodiy sharoitlar mavjud bo’lgan tarmoqlariga ixtisoslashtirib, kompleks rivojlantirish.
5. Barcha respublika va iqtisodiy rayonlash iqtisodiy taraqqiyoti darajalarini baravarlashtirish.
6. Iqtisodiy rayonlash va mintaqalar o’rtasida ham ular ichida ham xalq xo’jaligini hamda hududiy-ishlab chiqarish aloqalarini iqtisodiy jihatdan eng oqilona tashkil etish;
7. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishda mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash talablarini hisobga olish.
8.Bozor iqtisodiyoti sharoitida shahar bilan qishloq o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni tugatish va muhim tafovutlarni bartaraf etish.
9.Bozor iqtisodiyoti davrida qoloq rayonlarni iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini tezlashtirish. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishni oqilonalashtirish muammosining qo’yilishi umumiy qonuniyatlar va printsiplarni ta‘riflash bilan birga joylashtirishni belgilab beruvchi eng muhim omillar hamda shart-sharoitlarni ajratishni ham ko’zda tutadi. Eng muhim o’ziga xos omillarga tabiiy sharoitlar, mehnat resurslari, ishlab chiqarishning texnika darajasi va fan-texnika taraqqiyotining sur‘atlari, ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakllari, energatika va transport sharoitlari, infratuzilma hamda aglomeratsiya kiradi. Qamashi tumanida bugungi kunda aholining tarqoq holda joylashganligi ishlab chiqarishga bir muncha tusqinlik qiladi shuning uchun tuma hududidagi transport infrastrukturasini yaxshilash bva yo’llani yaxshilab qurish bu aholining vaqtdan unumli foydalanib tuman markazida yo shu joyga yaqin hududlarga borib aholining ishlash imkoniyatini oshirishga sabab bo’ladi.
Qishloq xo’jaligida, ayniqsa sug’orma dehqonchilikda foydalanilayotgan yerlarning unumdorligi yildan-yilga kamayib bormoqda Keyingi 30-40 yil davomida katta maydonlarda paxta yakkahokimligi, serharajat mineral o’g’itlar va boshqa ximiyaviy vositalarning katta miqyosda qo’llanilishi, og’ir vaznli texnika vositalaridan foydalanish tufayli tuproqlarning sturukturasi va unumdorligida mutanosiblikni saqlaydigan mikroorganizmlarga ham katta zarar yetkazilmoqda. Mikroorganizmlarning faoliyati natijasida o’simlik va hayvon qoldiqlarining chirishi tufayli hosil bo’ladigan chirindi (gumus)ning miqdori tuproqlarning haydaladigan qatlamida 2-3 marta kamaydi. Shu narsani ta‘kidlash lozimki, tuproqda chirindining miqdori kam bo’lganda, organik o’g’itlar yetarlicha berilmaganda mineral o’g’itlarni katta miqdorda ishlatish iqtisodiy samara bermaydi, aksincha hosildorlikning kamayishiga, mahsulot sifatining yomonlashuviga, tuproq strukturasining buzilishiga olib keladi. 1986-1990 yillarda viloyatning ekin ekiladigan yerlarida 388,3 ming tonna azot, 232,9 ming tonna fosfor va 86,5 ming tonna kaliy o’g’itlari ishlatilgan. O’tkazilgan tajribalar shundan dalolat beradiki, hozirgi agrotexnika sharoitlarida mineral o’g’itlarning atigi 35-40%ini o’simliklar o’zlashtiradi, qolgan 60-65%i tuproqlarda to’planadi yer osti suvlari orqali tarqalib atrof muhitni ifloslaydi. Qashqadaryo viloyati sug’orma dehqonchilikda foydalanish uchun yaroqli bo’lgan yer resurslarining katta zahiralariga ega. Faqat Qarshi cho’lidagina 900 ga maydon o’zlashtirish va sug’orish uchun yaroqlidir. Ammo butun O’rta Osiyodagi kabi Qashqadaryo viloyatida ham o’zlashtirish uchun yaroqli bo’lgan yer resurslari va mavjud suv resurslari orasida juda katta nomunosiblik mavjud. Shu sababli bu yerda yer resurslaridan samarali foydalanish birinchi navbatda mavjud suv resurslaridan o’ta tejamkorlik bilan foydalanishga bog’liq. Biologik resurslari. Qashqadaryo viloyati nabotot va hayvonot olamidan xo’jalikda foydalanish uchun ancha katta imkoniyatlarga ega. S.X.CHevrenidi va S.M.Mustafaevning ma‘lumotlariga ko’ra Qashqadaryo viloyati xududida o’simliklarning 1184 turi yoki O’zbekiston florasi vakillarining 40%iga yaqini tarqalgan. Viloyat hududida tarqalgan o’simlik turlarining aksariyat katta qismi oziq-ovqat manbai, texnika xom ashyosi, tibbiyotda dori tayyorlash, qurilish va boshqa sohalarda keng foydalanishi mumkin. Ammo o’simlik resurslaridan xo’jalikda foydalanish muammolari kam o’rganilgan.
Sanoatning xududiy tashkil etilishida Qarshi, Shahrisabz tugunlari katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga Muborak (IEM, gaz-kimyo majmuasi), Koson (yog’-ekstrakt, paxta tozalash, g’isht zavodi), Sho’rtan (gaz-kimyo), Tallimarjon (IES), Ko’kdumaloq (neft sanoati), Chiroqchi (konserva zavodi) va boshqa sanoat punktlarining ahamiyati ham oshib bormoqda. Qarshi va Qamashida to’qimachilik korxonalari, Shahrisabzda konserva, ipakchilik, aksariyat tuman markazlarida paxta tozalash zavodlari mavjud. Jami sanoat mahsulotining 27%i viloyat markazi Qarshi shahriga to’g’ri keladi. Muborak tumanida sanoat mujassamlashuv ko’rsatkichi bundan ham yuqori 52%. Demak, ushbu tuman viloyat sanoat mahsulotining yarmidan ko’prog’ini beradi. Shahrisabz, Koson tumanlari o’rtacha mavqega ega, biroq Dehqonobod va Mirishkor tumanlarida sanoat nihoyatda sust rivojlangan. Ushbu muammo jumladan, G’o’zor, Kitob, Chiroqchi, Nishon va Qamashi tumanlariga ham taalluqlidir. Sanoat-milliy iqtisodiyotning muhim tarmog’idir. Shu sababli ham har doim sanoatni rivojlantirish, uni xududiy jihatdan oqilona joylashtirishga katta e‘tibor beriladi. Sanoat milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun moddiy texnika vositalarini ishlab chiqaradi hamda tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning holatini belgilaydi. Hozirgi vaqtda viloyatda 100 dan ortiq yirik korxonalar bor. Shular orasida tabiiy gaz qazib olish va uni qayta ishlash, paxta tozalash, moy-ekstraktsiya, qurilish materiallari, tikuvchilik va ko’plab oziq-ovqat korxonalarini ko’rsatish mumkin. Qashqadaryo viloyatida sanoat ishlab chiqarishning o’sishi bilan uning tizimida ham katta o’zgarishlar yuz berdi. Viloyat sanoati tarmoqlari ichida yalpi mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha 1-o’rinda yoqilg’i sanoati turadi. Hozirgi vaqtda bu tarmoq ulushiga ishlab chiqarilayotgan barcha yalpi sanoat mahsulotining 40,9%i, asosiy ishlab chiqarish jamg’armalarining 64,5%i to’g’ri keladi. Undan keyin yengil sanoat tarmoqlari hamda oziq-ovqat sanoati muhim o’rin tutadi. Keyingi 20 yil davomida viloyatda yoqilg’i, qurilish, mashinasozlik va metallni qayta ishlash tarmoqlarining o’sishi natijasida sanoat tizimida og’ir sanoatning salmog’i o’sib bordi. Hozirgi vaqtda viloyat sanoat tarmoqlari orasida gaz va neft qazib chiqarish, tabiiy gazni qayta ishlash natijasida oltingugurt ishlab chiqarish, paxta tozalash, o’simlik moyi va konserva ishlab chiqarish yetakchi tarmoqlardir. Sanoatning bu tarmoqlarining salmog’i butun viloyatda ishlab chiqariladigan yalpi sanoat mahsulotlarining 75% ini tashkil etadi. Shuning uchun ham bu tarmoqlar respublika ahamiyatiga ega bo’lib, rayonlararo tovarlar almashinuvida ishtirok etadi. Qashqadaryo viloyatida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 70-yillardan boshlab ancha katta zahiraga ega bo’lgan gaz va neft konlarining foydalanishga topshirilishi hamda Qarshi cho’lida qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi munosabati bilan tez o’sdi. 1986-1990 yillarda sanoat tarmoqlari ichida tabiiy gaz va neft qazib chiqarish, gazni qpyta ishlash, yengil va oziq-ovqat sanoati tez rivojlandi. Shu davr ichida Muborak gazni qayta ishlash zavodining quvvati oshirildi. Sho’rtan gaz kompleksi ishga tushirildi. Kitobda ipak yigiruv fabrikasi, bahoristonda Qarshi to’quv fabrikasining filiallari foydalanishga topshirildi. Shu davrda Qarshi go’sht kombinati, Koson o’simlik moyi ishlab chiqarish korxonasi va bir qancha paxta tozalash korxonalarining quvvati oshirildi, Qarshi cho’lidagi tumanlarda yangi paxta tozalash korxonalari bunyod etildi. Yoqilg’i sanoati viloyat sanoatining muhim tarmog’i bo’lib, neft va gaz qazib olish hamda gazni qayta ishlash sohalarini o’z ichiga oladi. Viloyatda gaz sanoatining vujudga kelishi va rivojlanishi O’zbekiston yoqilg’i-energetika bazasini mustahkamlashga imkoniyat yaratadi. Natijada chetdan yoqilg’i keltirish hamda buning uchun ketadigan transport va boshqa harajatlar keskin kamaydi. Hozirgi paytda Qashqadaryo viloyati O’zbekistonda qazib olinadigan gazning 83%ini, kondensatning 100%ini, neftning 46,9%ini beradi. Qashqadaryoda qazib olinadigan gazning asosiy qismi quvurlar orqali viloyatdan tashqarida joylashgan iste‘molchilarga yetkazib berilmoqda. Umuman Qashqadaryo viloyati gaz sanoatining istiqboli ancha porloq, chunki hozirgi paytda viloyat xududida o’ndan ortiq gaz konlari topilgan. Bu yerda topilgan gaz konlari kondensatli bo’lib, tozalashni talab etadi. Shu maqsadda 1972 yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodi qurildi. Hozirgi kunda bu korxonada 22,1 mlrd.m kub gazni qayta ishlash natijasida xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan 521,9 ming tonna oltingugurt olinmoqda. Sho’rtan gazining quvurlari orqali Taxiatosh GRESiga yetkazib berilishi natijasida har yili chetdan 100 ming tonna mazutni olib kelishga chek qo’yildi, Qoraxitoy-Qarshi gaz quvurining ishga tushirilishi Qarshi, Koson va Beshkent aholi punktlarini tabiiy gaz bilan ta‘minlash imkonini berdi. Qashqadaryo viloyatida tabiiy gazning sanoat zahiralari O’zbekistonda aniqlangan gaz zahiralarining asosiy qismini tashkil etadi. Gaz konlarining ko’pchiligida qimmatli kimyoviy xom ashyo va yengil neft mahsulotlari olish manbai bo’lgan gaz kondensati bor. Qashqadaryo viloyatidagi yengil sanoat korxonalari qishloq xo’jalik mahsulotlariga dastlabki qayta ishlov beradigan paxta tozalash,pillakashlik tarmoqlari hamda aholi va xalq xo’jaligi ehtiyojlari uchun keng iste‘mol mollari ishlab chiqaradigan tarmoqlardan iborat. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan tarmoqlar ichida ko’p tarmoqli paxta ishlab chiqarish majmuasining tarkibiy qismi bo’lgan paxta tozalash korxonalari muhim o’rin tutadi. 1965 yilga qadar viloyatda Qarshi, Yakkabog’ va Shahrisabz paxta tozalash zavodlari mavjud bo’lib, ular har yili 65 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqargan. Keyingi yillarda Qarshi cho’lining o’zlashtirilishi, paxta ekiladigan maydonlarning kengaytirilishi va yalpi hosilning ko’payishi munosabati bilan Koson, G’o’zor, Qamashi, Jeynov, Chiroqchi, Mug’lon, Nishon va Beshkent paxta tozalash korxonalari qurildi. Hozirgi paytda viloyatda 12 ta paxta tozalash zavodlari ishlab turibdi.Bu korxonalarni paxta ekiladigan maydonlarga bevosita yaqin joylashtirilishi yetishtirilgan xom ashyoni isrof qilmasdan to’la qayta ishlash imkoniyatini bermoqda. Bu korxonalarning asosiy mahsuloti paxta tolasi bo’lib, viloyatda 1970 yilda tola ishlab chiqarish 76,4 ming tonnani. 1990 yilda esa 173,1 ming tonnani tashkil etdi. Qarshi va Shahrisabz tikuvchilik fabrikalari, mahalliy sanoat majmuasidagi kichik korxonalar, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish markazlari, aholi uchun keng iste‘mol buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalardir. Ular erkak va bolalar ko’ylagi, ipak kiyimliklar, erkak, ayol va bolalar kostyumlari tikishga ixtisoslashgan. Shahrisabz shahridagi “Hujum” badiiy buyumlar fabrikasida zardo’zi do’ppilar, gilamlar, badiiy kashtachilik buyumlari ishlab chiqariladi. Kitob va Yakkabo0 shaharlaridagi fabrikalar to’shak-ko’rpacha va galanteriya buyumlari, mebel va yog’ochdan turli buyumlar ishlab chiqarmoqda. Kitob yigiruv fabrikasida ip yigiriladi, gazlamalar to’qiladi. Hozirgi paytda yengil sanoati korxonalari keng xalq iste‘moli buyumlarini yetarli darajada ishlab chiqarish quvvatiga ega emas. 1990 yilda viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat yalpi mahsulotining 35,8%ini yengil sanoat korxonalari bergan bo’lsada, 73%i paxta tozalash korxonalari hisobiga to’g’ri keladi. Viloyatda xom ashyo, yoqilg’i,mehnat resurslari va boshqa omillar yetarli bo’lsada, bu yerda to’qimachilik, yirik tikuvchilik, poyafzal, mebel, galanteriya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar yo’q. Kelajakda viloyatda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va aholining o’sishi aholi uchun keng xalq iste‘moli buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalarni qurish va ishga tushirishni taqozo etadi. Shu maqsadda kelajakda Kitob shahridagi yigiruv fabrikasini kengaytirish, Shahrisabz shahrida ipak gazlamalar to’qiydigan kombinat, Yakkabog’ va Shahrisabz shaharlarida tikuv fabrikasi, Qarshi shahrida yigirish va tukli gazlamalar ishlab chiqaradigan va mebel fabrikalari qurish ko’zda tutilmoqda. Oziq-ovqat sanoati-viloyat sanoati yalpi mahsulotining 10,7%ini beradi. Viloyat oziq-ovqat sanoat tarmoqlari ichida o’simlik moyi, mevakonserva va vino ishlab chiqarish ancha rivojlangan va viloyat xududidan tashqariga ham bu tarmoqlarning ko’plab mahsulotlari chiqariladi. Viloyatda sanoatning bu tarmog’ini yanada rivojlantirish uchun paxta chigiti, sabzavot va boshqa qishloq xo’jalik xom ashyolari yetarlidir. Qarshi va Koson shaharlarida yog’-moy ekstraktsiya zavodlari asosan chigitdan o’simlik moyi tayyorlaydi.O’simlik moyi viloyat aholisining ehtiyojiga ishlatiladi. Shuningdek shartnoma asosida Toshkent, Farg’ona hamda Rossiya federatsiyasining ayrim shaharlariga jo’natiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda Shahrisabz shahridagi konserva va vino zavodlarining salmoqli ulushi bor. Bu korxonalar tomat-pasta, meva sharbatlari, shinni, qiyom, murabbo va boshqa xil mag’sulotlar tayyorlaydi. Bu zavodlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi yil sayin ko’paymoqda. Hozirgi paytda viloyatda tayyorlanayotgan meva-sabzavot konservalarining asosiy qismi mol ayriboshlash asosida Rossiya federatsiyasining Ural, G’arbiy va Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq iqtisodiy rayonlariga jo’natilmoqda. Viloyatda meva sabzavot ekinlari maydonining kengayishiga bog’liq holda Kasbi tumanida konserva, Qarshi shahrida spirtsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan korxonalar ishga tushirildi. Oziq-ovqat sanoatining mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan go’sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari aholining kundalik ehtiyojlari uchun go’sht, turli xil kolbasalar, sosiska, mol va qo’y yog’lari, ilik yog’i va boshqa mahsulotlarni tayyorlaydi. Bu korxonalarda, shuningdek, cho’chqachilik va parrandachilikda ozuqa sifatida beriladigan go’sht, suyak va qon unlari ham ishlab chiqariladi.
Qashqadaryo viloyatining tashqi iqtisodiy aloqalarida esa asosan davlat miqyosida paxta tolasini yetishtirish yoqilg’i sanoatiga gaz va neft konlari negizida qad rostlagan Muborak gazni qayta ishlash zavodi , Sho’rtan gaz kimyo majmuasi kabi korxonalari hissasiga tashqi savdoda yuqori va janubiy viloyat hisoblanganligi uchun oziq – ovqatdagi sara meva sabzavotlar boshqa hududlarga nisbatan erta pishishi hisobiga oziq-ovqatni eksport qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Yüklə 65,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə