Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohatlar Tayyorladi Chorshanbiyeva O’raltosh



Yüklə 7,92 Kb.
səhifə3/3
tarix23.12.2023
ölçüsü7,92 Kb.
#155233
1   2   3
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilg-kompy.info

2017-yilda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish yo‘nalishida 17 ta qonunni ishlab chiqish va qabul qilish ko‘zda tutilgan. Birgina joriy yilning o‘zida Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy islohotlar konsepsiyasi hamda ushbu islohotlarni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar ­dasturi, “Davlat boshqaruvi asoslari to‘g‘risida”gi, “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ­ishlab chiqilishi belgilangan. 

Bularning barchasi davlat xizmatchilari ish faoliyati samaradorligini oshirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirishga xizmat qiladi. Bugungi kunga kelib mamlakatimiz o’z mustaqil taraqqiyot yo’lining yigirma olti yilligini nishonlash arafasida turibdi.

Tarix oldida bu muddat kiprik qoqqanchilik lahzalarga teng davr hisoblanadi. O’tgan yigirma olti yil mohiyatan yurtimiz tarixida o’ta mas’uliyatli va sharafli davrni tashkil etdi. SHu davr mobaynida har birimizning hayotimizda, mamlakat taqdirida muhim va keskin o’zgarishlar yuz berdi, turmush tarzimiz o’zgarib, o’zligimizni anglay boshladik. Qisqa davr ichida davlat va jamiyat qurilishida, huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, eng muhimi odamlarimizning ongu-shuurida tom ma’noda yangicha qarash va yangicha fikrlash tuyg’usi shakllanib ulgurdi.

Yurtimizdagi bugungi tinch va osoyishta, bunyodkor hayot, barqaror taraqqiyot bunday yondoshuvning naqadar to’g’ri bo’lganini va uzoqni ko’zlaganini tasdiqlab bermoqda. Mas’uliyatli paytlarda, keskin ijtimoiy larzalarga olib keladigan har qanday inqilobiy harakatlarga qarshi, tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan o’z yo’limiz bor va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz, deb aytilgan qat’iy so’z va mustahkam siyosat bugun ham izchil amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston mustaqil taraqqiyot va istiqlol yo’lida, yangi jamiyat, erkin va farovon hayot qurish yo’lida ko’p tajribaga ega bo’layotgan ekan, hech shubhasiz o’zbek xalqi uchun muqaddas va aziz bo’lmish O’zbekiston zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan insonlar uchun muhim bir haqiqat tobora aniq va ravshan bo’lib bormoqda. Bu O’zbekistonning yer yuzida baquvvat asoslarga ega bo’lgan zabardast davlat bo’la olishiga mustahkam ishonchdir.

E’tiboringiz uchun rahmat!



http://kompy.info
Yüklə 7,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə