Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar



Yüklə 12,81 Kb.
səhifə5/5
tarix22.03.2024
ölçüsü12,81 Kb.
#181526
1   2   3   4   5
Aygozel mustaqil ish

Shu bilan birga, sog’liqni saqlash sohasini isloh etishga qaratilgan davlat dasturlari va chora-tadbirlar tizimi amalga oshirilgani va aholini himoya qilish bo‘yicha kuchli ijtimoiy siyosat yuritilgani ham biz uchun oliy qadriyat bo‘lmish inson manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidlash joiz. Albatta, kichik bir maqolada o‘tgan yillar davomida yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli, tom ma’noda tarixiy ishlarning barchasini sanab o‘tish imkonsizdir. Lekin, shu davrda amalga oshirilgan o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlarining, eng muhim va salmoqli natijalari haqida gapirganda, avvalo Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Asaka va Samarqand avtomobilь zavodlari, Qo‘ng’irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g’itlar zavodi kabi strategik sanoat ob’ektlarini, o‘nlab to‘qimachilik majmualari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari sohasidagi yuzlab yangi korxonalar va ob’ektlarni faxr bilan tilga olishimiz tabiiydir.

Shular qatorida mamlakatimizning barcha hudud va mintaqalarini bog’lab turadigan yagona transport kommunikatsiya tizimi yaratilgani, transmilliy transport yo‘laklari va jahon bozorlariga chiqish imkonini beradigan 694 kilometrlik Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’ hamda 223 kilometrlik Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg’on temir yo‘l liniyalari, zamonaviy avtomobilь yo‘llari, “Navoiy aeroporti” va “Angren” xalqaro logistika markazlari ham mustaqillik davridagi bunyodkorlik ishlarimizning alohida yorqin sahifasini tashkil etadi. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avvalo, sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O’zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi - Ministrlar Sovetining maqomi tub¬dan o’zgartirildi.


Yüklə 12,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə