Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar



Yüklə 12,81 Kb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü12,81 Kb.
#181526
  1   2   3   4   5
Aygozel mustaqil ish

Qaraqalpaq Davlat Unversiteti Matematika yonalishi 1A kechki talabasi Hojahmedova aygozelning Ozbekistoning eng yangi tarixi fanidan mustaqil ishi. Fan oqtuvchisi; Jangabayev J

MUSTAQILLIK YILLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR. Reja 1. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li.   2. Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi.   3. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar.

Mamlakatimiz bundan 19 yil oldin o‘z mustaqilligini e’lon qilib, tarixiy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. O‘tgan davr mobaynida bosib o‘tgan murakkab, ayni paytda sharafli yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, Vatanimiz ozodligi naqadar mashaqqatli va tinimsiz kurashlar, xalqimizning qanday og’ir va fidokorona mehnati evaziga qo‘lga kiritilgani, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirgan ishlarimiz, erishgan natijalarimiz beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi. Bu haqda gapirganda, avvalambor, mustaqillikning dastlabki yillarida yurtimizda qanday og’ir vaziyat hukm surganini yodda tutish va tasavvur etishga to‘g’ri keladi. Ma’lumki, sobiq sovet tizimi qat’iy markazlashtirilgan holda rejalashtirish va taqsimlash usuliga asoslangan edi.

Ana shu tizimga xos bo‘lgan illatlar bilan bir qatorda respublikamiz iqtisodiyotining biryoqlama rivojlanib, xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilgani, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligining misli ko‘rilmagan darajaga yetgani o‘sha paytda yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. G’oyat ulkan tabiiy, mineral-xomashyo va mehnat resurslariga, insoniy salohiyatga ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi. Bunday sharoitda iqtisodiyotning halokatli ravishda inqirozga yuz tutishi va inflyatsiyaning o‘ta keskin darajada o‘sib ketishiga chek qo‘yish, shakllangan xo‘jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalarning butunlay izdan chiqishiga barham berish, ishsizlikning yanada ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik favqulodda muhim ahamiyat kasb etar edi.


Yüklə 12,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə