Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar



Yüklə 12,81 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü12,81 Kb.
#181526
1   2   3   4   5
Aygozel mustaqil ish

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizda nafaqat hal qiluvchi o‘rin egalladi, balki bozorlarimizni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish, odamlarning daromadi va farovonligini yuksaltirishning asosiy manbai, aholi bandligini oshirishning eng muhim omiliga aylandi. Yurtimizda yoqilg’i-energetika va g’alla mustaqilligiga erishishdek muhim strategik maqsadga erishildi. Mamlakatimizning boy mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni izchil amalga oshirish, energetika, neftgaz-kimyo, rangli metallurgiya, ximiya va to‘qimachilik sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, farmatsevtika va mikrobiologiya kabi yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan, iqtisodiy taraqqiyotning lokomotivi hisoblangan tarmoqlarning jadal rivojlanishi ta’minlanmoqda.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli va chuqur qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarishda salmoqli natijalarga erishilmoqda. Iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishda uning real sektoriga investitsiyalarning keng jalb etilayotgani, yurtimizda eksport salohiyati va eksport mahsulotlari hajmi ortayotgani, tashqi savdo aylanmasida ijobiy salьdoning oshayotgani, tashqi qarzlar hajmining ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymagan holda, oltin-valyuta zaxiralarining barqaror o‘sib borishi ta’minlanayotgani muhim omil bo‘lmoqda.

O‘zgalarning havasini uyg’otayotgan bunday iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, iqtisodiyotni yangilash, demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish va butun mamlakatimizni modernizatsiya qilishda jahonda o‘xshashi bo‘lmagan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturining joriy etilishi, mamlakatimizda jismoniy sog’lom, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga davlat tomonidan katta e’tibor berilayotgani ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, ijobiy ma’nodagi portlash effektiga olib keldi. Bugun hech kimdan kam bo‘lmay, zamonaviy bilim va kasb-hunar asoslarini egallab voyaga yetayotgan yigit-qizlarimizning ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarida erishayotgan dastlabki umidbaxsh yutuqlari buni yaqqol tasdiqlab turibdi.


Yüklə 12,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə