Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar



Yüklə 12,81 Kb.
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü12,81 Kb.
#181526
1   2   3   4   5
Aygozel mustaqil ish

Sobiq Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ana shu holatlarning barchasi e’tiborga olinib, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab dunyo tajribasini har tomonlama o‘rganish asosida mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish dasturi ishlab chiqildi. Unda milliy urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash va yanada mustahkamlash, umumbashariy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish orqali O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan uyg’un va hamohang rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari «O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li» risolasida xalqimiz bosib o‘tgan milliy taraqqiyot yo‘lini chuqur tahlil etib, bu borada ikki tarixiy davr muhim o‘rin tutganini har tomonlama asoslab bergan edi. Avvalo, o‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog’liq birinchi galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1991 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan davr mamlakatimiz va xalqimiz hayotida beqiyos va ulkan, tom ma’noda tarixiy iz qoldirgan davr bo‘ldi. Shu bilan birga, mamlakatimizni faol demokratik yangilash, isloh etish va modernizatsiya qilish davri – 2001 yildan bugungi kungacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan navbatdagi bosqich esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilish, aholi hayot darajasining muttasil o‘sib borishini ta’minlash borasida yanada muhim ahamiyat kasb etdi.

Bu xususda so‘z borganda, mustaqillik yillarida erishilgan barcha yutuq va marralar – avvalambor, mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish bo‘yicha o‘z vaqtida boshlangan, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoq istiqbolga mo‘ljallangan siyosatning natijasi ekaniga takror-takror ishonch hosil qilamiz. Sobiq Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, dunyoda o‘zbek modeli sifatida tan olingan O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, uning afzalliklari haqida jahondagi nufuzli siyosatchi va iqtisodchilar, ekspert va tahlilchilar tomonidan ko‘plab haqqoniy fikrlar, yuksak baholar bildirilgan.


Yüklə 12,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə