Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu: kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida reja


-mavzu: Yozma ishlar. Hayotga munosabat haqida suhbat



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə26/97
tarix23.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#155170
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   97
Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu-fayllar.org

12-mavzu: Yozma ishlar. Hayotga munosabat haqida suhbat.
Reja:
1.Diktant, inshoyozish. Me`yor tushunchasi.Tinish belgilar.
2.Matn mazmunining qisqacha bayoni.
3. Rezyume uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
“Berdaq, Abay, Maxtumquli`” matnidagi pedagogikaga oid terminlar va birikmalarning tahlili. TINISH BELGILARI — muayyan tilda yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, mantikli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (ran boʻlaklari)ning oʻzaro mantiqiygrammatik munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va Tinish belgilari) mansub boʻlib, u qoʻshimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) maʼlum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilarining yozuvda qoʻllanishi oʻziga xos tizimga ega. Bu tizim — T. b. miqdori, qoʻyilish tartibi va qoʻllanish prinsiplari yigʻindisi — punktuatsiyanp vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) xamda til birliklari (soʻzlar, morfemalar) bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilarining asosiy vazifasi nutqning mazmuniy boʻlinishini koʻrsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir.
Hoz. oʻzbek yozuvida Tinish belgilari soni 10 ta: nuqta, soʻroq belgisi, undov belgisi, vergul, qavs, tire, koʻp nuqta, nuqtali vergul, qavs, qoʻshtirnoq. Ularning aksariyati 19-a. 2yarmida ayrim gaz. va toshbosma kitoblarning nashr etilishi bilan paydo boʻlgan.
Tinish belgilari oʻz vazifasiga koʻra, 2 ga boʻlinadi: a) chegaralovchi Tinish belgilari — muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman gapning chegarasini bildirish, bironbir gap boʻlagini intonatsionmazmuniy jihatdan ajratib koʻrsatish, nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi (soʻzlovchi)ning subyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini koʻrsatish uchun xizmat qiluvchi Tinish belgilari6.: qavs, qoʻshtirnoq, yagona qoʻshaloq belgi sifatida qoʻllanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi Tinish belgilari — mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning uyushgan boʻlaklarini, birgalik ergashishli qoʻshma gagsharni, gapning ifoda maqsadiga koʻra turlarini, nutqning boʻlinganligini koʻrsatuvchi Tinish belgilari6.: nuqta, soʻroq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, koʻp nuqta. Baʼzi Tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi. Tinish belgilari tuzilish jiqatdan ham 2 ga boʻlinadi: a) bir elementli Tinish belgilari — vergul, tire, nuqta; b) koʻp elementli Tinish belgilari Bu guruh, oʻz navbatida, 2 elementli (surok, va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 3 elementli (koʻp nuqta) va 4 elementli (qoʻshtirnoq) Tinish belgilariga ajraladi. Qoʻllanish oʻrniga koʻra, Tinish belgilari 3 guruhga boʻlinadi: gap oxirida qoʻllanadigan Tinish belgilari (nuqta, soʻroq va undov belgilari), gap oʻrtasida qoʻlanadigan Tinish belgilari (vergul) va aralash, yaʼni gapning turli oʻrinlarida qoʻllaniladigan Tinish belgilari (tire, ikki nuqta, qoʻshtirnoq. Rezyume nima?
Rezyume - bu har bir xodimning tashrif qog'ozi, uning barcha mehnat faoliyati, mavjud ko'nikma va fazilatlari, shuningdek olgan ma'lumotlari haqida qisqacha ma'lumot. Ushbu hujjatda u yoki bu tarzda ish beruvchini qiziqtiradigan barcha narsalar ko'rsatilishi kerak, shuning uchun siz tanlagan kasbingiz bilan hech qanday bog'liq bo'lmagan ko'nikmalar yozilmasligi kerak.
Yaxshi kompaniyalar yangi ishchilarni izlash uchun quyidagi tizimga ega:
Nomzodlardan tarjimai hollar to'plami.
Ushbu hujjatlarni o'rganish.
Tegishli nomzodlarni tanlash.
Tanlangan odamlarni intervyu uchun rejalashtirish va boshqalarni rad etish

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə