Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu: kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida reja


-mavzu: Badiiy matn haqida nazariy ma`lumot



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə24/97
tarix23.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#155170
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97
Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu-fayllar.org

10-mavzu: Badiiy matn haqida nazariy ma`lumot.
Reja:
1.Badiiy matnning o`ziga xos xususiyatlari, estetik vazifalari.
2.Badiiy matnda ma`no va mazmun.
3.So`zning o`z va ko`chma ma`nolari. Matndagi metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlikning ishlatilishi.
So'zning o'z va ko'chma ma'nosiSo'zning nutq (gapdan) tashqarida alohida olingan holda ifodalaydigan ma'nosi so'zning o'z (to'g'ri) ma'nosi deyiladi. Oltin olma, olqish ol (Maqol). Oltin - qimmabaho metallarning bir turi (o'z ma'nosida), kumush qoshiq birikmasida - kumush o'z ma'nosida qo'llangan. So'zning gap ichi (kontekstdan o'z ma'nosidan tashqari boshqa ma'nolarini ifodalashi ko'chma ma'no deyiladi. Masalan: Oq oltindan tog'day xirnion yaratdik, kumush tola yetkazib beramiz gaplaridagi oltin va kumush so'zlari ko'chma ma'nolardir. So'zning o'z yoki ko'chma ma'noda qo'llanganligini kontekst (gap) belgilaydi.
Ko'p ma'noli va bir ma'noli so'zlar
Tilda so'zlarning bir yoki bir necha ma'noga ega bo'lishi so'z ma'nolarining o'zgarishi bilan bo'g'liq hodisadir. Chunki kishilar o'zaro so'zlashuv, aloqa qilish jarayonida bir so'zni brr necha ma'noda qo'llaydilar. Shuning natijasida ko'p ma'noli so'zlar paydo bo'ladi. So'zning qanday ma'no bildirishi gap ichida aniq anglashiladi. Boshqacha aytganda, so'z alohida olinganda bir xil ma'noni, gap ichida boshqacha ma'noni anglatishi mumkin.
Bosh va yasama ma'nolar sababli birdan ortiq ma'noga ega bo'lgan so'zlar ko'p ma'noli (polistmantik) so'zlar deyiladi. Alohida blingaii yoki gap ichida ham qaysi ma'noda ishlatilsa, shu ma'no uning bosh ma'nosi sanaladi.
Qolgan ma^ftelaresa yasama ma'nolar deyiladi.Yasama ma'nolar gapda ma'lunHjir nutqi y sharoitda yuzaga keladi.
O'zbek tilidagi ko'pcnilik so'zlar ma'nolidir. Masalan: bosh so'zining o'z ma'nosi - kalla gavdaning bosh qismidir. Ko'rdinki, osh, ko'tarma bosh (Maqol).Ammo bu so'z turli so'z birikmalariga turlicha ma'no ifodalaydi: bosh masala birikmasida so'z birikmasida asosiy va muhim masala; bosh ko'tarmoq - qo'z-g'almoq, harakatga kelmoq, bosh yo'l - asosiy yo'l, boshtegirmon - birinchi yoki yuqorida joylashgan tegirmon; bosh qo'shmoq -birikmoq, bosh egmoq - bo'ysinmoq, bosh farzand - birinchi yoki katta farzand, bosh bo'lmoq - rahnamolik qilmoq, bosh-boshiga, o'z-o'ziga, kabi ma'nolarni anglatadi.
Quyidagi o'yin so'zining ma'nolarini qiyoslang.
  1. Birortamashg'ulotturi: futbol o'yiniga qatnashdik. 2. Raqs o'yinining birturi: nazokat kasb etib, Gulsunbibi yo'rg'alay ketdi. (A.Qodiriy.) 3. O'ziga xos jozibali, lekin betartib harakat: o'ynab o'ting shabodalar (qo'shiqdan). 4. Sahna yoki boshqa tomoshalar ko'rinishi: Bolalar teatrning oldiga kelganlarida, o'yin boshlanishiga birinchi signal - qo'ng'iroq ham berilgan edi (Oydin). 5. Ko'ngil ochish va ermak maqsadidagi mashg'ulot: U juda zerikib nima o'yin o'ynashini bilmas edi (Oybek). Gap ichida ham. gapdan tashqarida ham aynan bir ma'noni ifodalovchi so'zlar bir ma'noli (monosemantik - grekcha mono "bir xil," sema "belgi") so'zlar deviladi. Bir ma'noli so'zlarga asosan, ilm fan, texnika, adabiyot san'at va boshqa sohalarga old atamalar kiradi. Bunday atamalanii ko'chma ma'noda ishlatib bo'lmaydi. Qiyos: fonetika, unli. undosn. morfema, tibbiyot, matematika va boshqalar.


O'zbek tilida so'z ma'nolari to'rt xil usul bilan ko'chadi: 1) metafora. 2)vazifadoshlik,3) metonimiya 4)sinekdoxa,


Metafora gr. metaphora "ko'chirma" demakdir. So'z ma'nolarining predmet. narsa. hodisalarnmg tashqi shakliy o'xshashligi va ichki belgiga asoslamb ko'chishiga metafora deyiladi.
Bu usul bilan nom ko'chishi predmetlar, hodisalar orasidagi nisbiy o'xshashlikka ko'ra bo'ladi va ularning shakli rangi, harakati ikkinchi shunday predmat belgisi bo'lgan nomni oladi.
Metafora yo'li bilan ma'no ko'chishiga predmetlar uchun umumiy belgi tushunchada saqlanadi. Masalan. qozonning qulog'i odam qulog'iga, o'zining tashqi belgisi ko'rinishi bilan o'xshaydi.
Metofora ko'proq quyidagilarga: 1) odamning tana a'zolari (qo'l, oyoq, bet, yuz, lab, tish. ylka), 2) kiyimlar va ularning biror qismiga (yoqa. etak), 3)-h"ayvon. parranda va hasharotlarning biror a'zosi (qanot, dum, tumshuq, shox); 4)o'simlik va uning qismi (ildiz. tomir); 5) qurol (nayza, pichoq) nomlariga asoslanadi. Masalan: Qishlog'imiz tog'ning etagiga joylashgan. (H. G'.) Uyimiz daryo yoqasidadir.
Qish chalar cholg'usin, esar yellar I Ko'k va yerda qor kular, o'ynar (H.O.)
Lab bo'lib ko'ringan g'uncha ekan,
Yuzi bo'lib ko'ringan dil. (U.)
Vazifadoshlik ( funksiyadoshlik). Bir pedmetning vazifasini ikkinchi bir predmet bajarishi natijasida awalgining nomini keyingisi ifodalashi asosida ko'chishi vazifadoshlik deyiladi. Bu usul bilan ma'no ko'chish bir tomondan metaforaga o'xshasa ham, u metaforadan vazifa bajarish xususiyatiga asoslanishi bilan farq qiladi. Masalan,qanot (qush), qanot (samolyot), o'q (kamon), o'q (har xil qurollar o'qi, qalam (yozuv quroli). qalam (qoshga qo'yiladigan bo'yoq), o't bog'lagan qanotlar (H. 0.), qalam-qoshig'a tekizgil qalamni (Amiriy), aytilgan so'z, otilgan o'q (Maqol).
Metonomiya gr."meta" qayta. "anoma"-nom demakdir. Predmet. narsa. hodisalarning makon va zamondagi bog'lanishidan birining nomini ikkinchisiga ko'chirish asosida yuzaga keladigan ma'no metonomiya deyiladi.Bu usul bilan nom ko'cllishda tashqi, ichki belgidagi o'xshashlik hisobga olinmaydi balki ular orasidagi doimiy aloqaning mavjudligi hisobga olinadi, shunga ko'ra quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:
1) o'rinmunosabati (ko'za, piyola. samovar) masalan, to'ldirib qo'y qadahlarni, yangrasin gulyor (qo'shiq);
2) joy, tashkilot so'zidagi doimiy aloqaga ko"ra (shahar,tashkilot):
Ko'zimning oldidan o'tadir g'amgin , Navoiy tobutin kcftargan Hirot. (A.O.)
3) muallif bilan asari orasidagi doimiy aloqa:Fuzuliyni oldim qo'limga
Majnun bo'lib yig'lab qichqirdi
Va Navoiy tushib yo'limga
Faryod bilan o'nudan turdi (H.O.)
4). Boshqa hodisalar bilan uzviy aloqa asosida ko'chadi:
O'n to'qqizga chiqasan bugun ,
Uzoqdaman. Yo'q menda toqat (H.O.)
Sinekdoxa. gr. " sinekdohe" birga anglamoq demakdir. Butun nomi bilan qismni yoki, aksincha, qism nomi bilan butunni ifodalash asosida so'z ma'nolarining ko'chishi sinekdoxa deyiladi. Sinekdoxa qisman o'rin anglatish munosabatiga ko'ra metonomiyaga kiradi. Bu usul bilan ma'no ko'chishini quyidagicha izohlash mumkiii. Odam a'zolari (qo'l, bosh) o"n qo'limga uzuk taqmg qizlarim (butun), besh qo'l barobar emas (maqol) gapida qo'l so'zi (butun nomi) barmoq ma'nosmi (butunning qismini) anglatadi. Chorva tuyoqlarini ko'paytiramiz (gazetadan). bar boshdan yuz litrdan sut sog'ib olamiz (radio eshittirishidan).
Sinekdoxa quyidagi munosabatlarga asoslanadi:
Odam a'zolari: o'n qo'lni og'zingga solma.
Kiyim va umng qismlari: liisobidan adashgan cho'ntagidanayrilar. (Maqol.)
Predmet, narsa, qurol: xamir uchidan patir,o'roq-o'roqchi .
Hayvon, parranda a'zolari: qizilishton (qush), tulki (tulkiterisi).
Daraxt va mevasi: Namanganning oknasi hil-hil pishib-di.(Qo'shiq.)

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə