N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/79
tarix02.02.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#100040
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79
Dinshunoslik. Maxkamov Q

beshta aqida: 
tavhid (yakka 
xudolik), adl (adolat), nubuw at (payg’ambarlik), imomat (imomlar 
hokimiyati) va qiyomat (oxirat kunining kelishi va o ’lganlaming 
tirilishi)ni tan olishdan iborat.
94


IX-X asrlarda hadisshunoslik va hadislami to ’plash tugallangan. 
To’plangan hadislar hajmi, chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon 
olamida olti muhaddis (hadis to’plovchi) mashhur bo’lgan. Shulardan 
uchtasi Markaziy Osiyo-dan chiqqan. Muhaddislar orasida eng orbo’lisi 
va mashhuri Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (809-870 yillar) 
dir. U Buxoroda tug’ilib, shu erda o ’z davri ilmlarini, ayniqsa, diniy 
bilimlarini 
har 
tomonlama 
o ’rgangan. 
So’ng 
o ’z 
bilimlarini 
mukammallashtirish maqsadida Makka, Madina, B og’dod, Damashq, 
Hijoz, Kufa, Nishopur kabi shaharlarga borgan. Bu shaharlarda juda 
ko ’p olimlar, dinshunoslar, muhaddislar bilan uchrashgan, hadislar 
to ’plagan, so’ng Buxoroga qaytgan. U Samarqand yaqinida vafot etgan. 
Uning maqabarasi hozir ta ’mirlangan va ziyoratgohga aylantirilgan.
Buxoriydan bizga juda ko ’p meros qolgan. Uning islom 
dinshunosligiga oid 20 taga yaqin katta hajmdagi asarlari mavjud. “Al- 
Jome’-Sahih”, “At-tarix al-Kabir”,”At-tarix as-sagir”, “Al-Adab al- 
Shufrad” kabilar shular jumlasiga kiradi.
“Islom olamida hazari imom Buxoriy va imom Muslim 
ikkalalarining ikki sahih kitobi paydo b o ’lgach, olimu muhaddislar juda 
nozik did bilan tekshirib, bahs yuritganlaridan keyin eng ishonchli 
ekaniga qalblari taskin topdi. Allohning kitobi Qur’oni Karimdan keyin 
Islomning ikkinchi manbasi, “Eng oliy va eng sahih» manba deb shu 
ikki kitobni tasdiqladilar” 10.
Buxoriyni butun musulmon olamiga mashhur qilgan asari to ’rt 
jildli “A1 Jome’ al-Sahih” “Sahih- al-Buxoriy” nomi bilan ham 
m a’lumdir. Bu asar 160 qismdan iborat bo’lib, 3450 bobni o ’z ichiga 
oladi. Chunki, Buxoriy 20 mingdan ortiqroq hadis to’plab, bulardan 
7250 tasini mana shu kitobiga kiritgan. Buxoriy to’plamiga haqiqiy 
bilgan hadislamigina kiritgan. Bu kitobdagi hadislarda inson uchun 
tarbiyaviy ahamiyati, uning m a’naviy yuksalishi, pokligi, donoligi, 
yaxshi-yomonni ajrata bilishi kabi g ’oyalar bayon etilgan.
Hadislaming asosiy maqsadi: do ’stlik, adolat, o ’zaro yaxshi 
munosabatlami mustahkamlash, insonni yomonlikdan asrashdir. Ismoil 
Buxoriy “Sahih”ning hozir to ’rttala jildi o ’zbek tiliga tarjima qilinib
undan xalqimiz foydalanmoqda.
10 Имом Бухорий таърифи. Тошкент.-«Чулпон» нашриёти.-1996 йил. 9-бет.
95


liuxoriyning 
yaqin 
shogirdlaridan 
bo’lmish 
mashhur 
muhaddislardan biri Irnom Iso at-Termiziydir (824-892 yillar). Undan 
“Jame’ al-kabir”, “Jom e’ at-Termiziy”, “Ash-Shamoil al-Nabaviya”, 
“At-Tarix”, “Kitob az-Zuxd” kabi o ’ndan ortiq asarlar qolgan. 
Termiziyni musulmon olamiga mashhur qilgan asari “Jom e’ at- 
Termiziy” bo ’lib, unda insonparvarlik g ’oyalari keng ifodalangan. 
O ’g ’irlik, zo’ra-vonlik, yolg’onchilik, ichkilikbozlik, manmanlik kabi 
salbiy, ahloqqa zid qusurlar qattiq tanqid qilingan.
Islomda mashhur bo’lgan muxaddislardan yana biri Abu 
Abdurahmon an-Nasoyidir (850-915 yillar). U Nisa (Turkmaniston) 
shahrida tug’ilib, horijiy sharq shahar-larida, xususan Misrda o ’z 
bilimini oshirgan. U Falastin-ning Romla shahrida vafot etgan. Uning 
“at-sunai al-Kubro” kitobi mashhur b o ’lgan. Qolgan yana uchta hadis 
yozganlar Eron va Arab mamlakatlarida edi.
Hadislar Qur’on kabi muqaddas manba sifatida musulmonlaming 
ta ’lim-tarbiyasida, fiqx sistemasida, oilaviy tarbiyada hamon katta 
ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Shariat-arabcha “to ’g ’ri yo’l”, “ilohiy belgilab berilgan y o ’l” 
demakdir.
Shariat - islom qonun-qoidalariga, moddiy va m a’naviy hayotning 
barcha sohalarida musulmonlar bajarishi lozim deb belgilangan, 
ijtimoiy-iqtisodiy, fuqarolik, ahloqiy va diniy faoliyat va hatti-harkatlar 
bo’yicha qonun-qoidalar va m e’yorlar majmuasidir.
Shariatning harakterli xususiyatlaridan biri shundaki, u faqat huquq 
va qonunchilikka xos masalalar bilan cheklanib qolmay, u ahloq va 
diniy marosimchilik masalalarini ham o ’z ichiga oladi. Musulmonlar 
uchun bajarish farz, ya’ni majbur hisoblangan dasturlami belgilab beradi 
va ulaming diniy qonun tusiga kiritadi. Shuni hisobga olganda, shariatni 
faqat shartli ravishda diniy huquq tizimi deb atash mumkin.
Shariat XIII-XII asrlar davomida asta-sekin shakllandi. Qur’on, 
hadis (sunna), ijmo’ va qiyos shariat manbalari hisoblanadi.
Ijm o’ - diniy jam oa fikri (arabcha-ijmo’ al-umma) b o’lib, Q ur’on 
va hadislarga asoslangan, ammo alohida vaziyat yoki shart-sharoitni 
hisobga olib chiqariladigan ulamolar hukmi edi.
96


Qiyos - kengayib ketgan, ichki nizolar kuchayib borayotgan 
xalifalikda shariatga asos qilib olingan to’rtinchi manba edi. Qur’on va 
hadislardan topilmagan k o ’rsatmalar o ’m iga ulamolar bergan fatvo 
o ’tgan. Qiyos - mantiqiy taqqoslash yo ’li bilan biror masala b o ’yicha 
hukm chiqarish usulidir.
Ijmo’ bilan qiyos qabul qilingach, mahalliy va markazdagi 
humdorlar shariatni o ’z xohish-irodalariga qo ’llash imkoniyatiga ega 
b o ’ldilar. Natijada islomning Muhammad payg’ambar davridagi ko’p 
talablari buzildi. Islomga bid’at hisoblangan yangiliklar kirib qolgan. 
Keyingi vaqtlarda vahhobiylar “islomni tozalash”ni talab qilmoqdalar.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə