N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/79
tarix02.02.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#100040
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   79
Dinshunoslik. Maxkamov Q

“Ettinchi kun adventistlari” 
Adventizm zamirida paydo bo’lgan 
eng yirik oqim hisoblanadi. 1844 yilda Nyu-Gempshir shahrida bir 
guruh kishilar tomonidan tuzilgan ushbu oqimning asoschisi Elena Uayt 
hisoblanadi. 1860 yilda alohida diniy konfessiya sifatida rasman tan 
olingan ushbu oqim vakillari 
1863 yildan boshlab o ’z diniy 
tashkilotlarini tuza boshlaydilar.
Ettinchi kun adventistlari asosiy aqida sifatida Iso Masihning 
qaytishiga ishonishni saqlab qolishgan. Bundan tashqari ular Bibliya 
buyruqlariga bo’ysunishni qat’iy talab qilib qo’yib, ulardan eng muhimi 
to ’rtinchi buyruq, y a’ni shanba kuniga amal qilishni talab qiladilar. Ayni 
paytda, ular ruhning abadiyligi, jannat va do ’zax tushunchalarini inkor 
qilishadi, cho’qintirishni esa butun tanani suvga botirish orqali 
o ’tkazishadi.
Tashkilotning har bir a’zosi, o ’z oylik daromadining o ’ndan birini 
cherkov hisobiga o ’tkazishi shart.
Y o’nalish asoschisi Elena Uayt tomonidan ishlab chiqilgan 
“Sanitar reformatsiya”ga ko’ra, cherkov a ’zolariga “порок hayvonlar”
11 лот. adventus-келиш , кайтиш .У ш бу оким вакиллари И со М асих кайтиб келиш и ва ер юзини
п оклпш ш ш кутиб утириш ади.
123


go’shti, xususan, cho’chqa go’shtini eyish, kofe, choy, vino ichish, 
tamaki chekish taqiqlanadi. Turli xil k o ’ngil ochish ishlari, badiiy kitob 
o ’qish esa qoralanadi. Tashkilot a ’zolariga yuqori darajadagi aktiv 
missionerlik xosdir. Ulaming aqidalariga ko’ra, Isoning tezroq qaytishi
barcha insonlar adventistik targ’ibotni qancha tez eshitishlariga 
bog’liqdir.
MaTumotlarga ko ’ra dunyoda 5 millionga yaqin adventistlar bor. 
Ular 184 mamlakatda 22 000 dan ortiq cherkov, 5000 dan ortiq o ’quv 
markazlari, 50 nashriyot, 160 ta kasalxonaga ega, AQSh va Kanadada 
bu yo’nalish vakillari nisbatan keng tarqalgan, 170 dan ortiq tilda 
missionerlik adabiyotlarini chop etadi.
Missionerlikni amalga oshirishda Ettinchi kun adventistlari 
an’anaviy usullar bilan bir qatorda radio, televidenie, internet kabi 
zamonaviy usullardan ham faol foydalanishmoqda.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə