N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Sanoat korxonalarini loyihalash. Loyiha turlari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə12/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Sanoat korxonalarini loyihalash. Loyiha turlari.


Umumiy ma’lumotlar
Loyiha turlari. Sanoat korxonalari loyihasiga sanoat tarmoqlarini rivojlanish sxemalari (rejalashtirilgan, loyiha oldi, investitsiya oldi darajadagi), sanoat investitsiya dasturlari loyihasi, hamda texnika- iqtisodiy asoslash va qurilish loyihalari, rekonstmksiya, texnik qayta qurollanish, konservatsiya va sanoat obyektlarini tugatish qilish loyihalari kiradi. Aslida bu loyiha oldi va loyiha darajasidagi, investitsiya rejasi bo‘yicha esa investitsiya qilish kabilardir.
Sanoat loyihalari obyektlari. Masalan, neft va gazni qayta ishlash yoki bo‘lmasa qora yoki rangli metallurgiya sanoati obyektlari. Bu birinchi navbatda foydali qazilmalarni qazib olish komplekslari, ularni boyitish korxonalari, tog‘-metallurgiya kombinatlari.
Sanoat loyihalari — bu investitsiya loyihalaridir. Katta kapital mablag‘ sarf qilmasdan ularni amalga oshirish mumkin emas. Lekin ularni umumiy birlashtirib turuvchi narsa — bu investitsiya loyihalarini ekologik jihatdan asoslashdir.
Loyiha-smeta hujjatlarining ahamiyati. Loyiha ilmiy ishlarni, hozirgi zamon texnikasini va texnologiyasini ishlab chiqarish bilan bog‘lovchi ilmiy texnika progressi rivojlanishining asosiy birlashtiruvchi zvenosi bo‘lib hisoblanadi.
Loyiha-smeta hujjatlari — bu bo‘lg‘usi korxonaning umuman va alohida olingan tarkibiy qismlarini kerakli darajada grafik va matn materiallari yordamida ifodalab beruvchi hujjatdir.
Loyiha-smeta hujjatlari kapital qurilish va korxonani texnika bilan qayta jihozlashda qo‘llaniladi. Faqat loyiha asosidagina bo‘lg‘usi korxonaning optimal varianti aniqlanadi. Bo‘lg‘usi korxona awal qog‘ozda vujudga keltiriladi.
Qurilish-montaj tashkilotlari loyiha-smeta hujjatlari asosida quriladigan korxonaning obyektlarini loyihalashtiruvchilaming fikrlarini aniq bajaradilar. Loyiha-smeta hujjatlari asosida ishlab chiqarish personali korxonani xavfsiz va mukammal ishlashini ta’minlaydi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə