N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


bir bosqichda amalga oshirilganda



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə11/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

bir bosqichda amalga oshirilganda — namunaviy va qayta qo‘llaniladigan, hamda texnik jihatdan murakkab bo‘lmagan obyektlarning loyihalari asosida amalga oshiriladigan va quriladigan bino, inshootlar uchun tayyorlanadigan ishchi loyihalarning smeta hisob-kitoblari va qiymati tayyorlanadi;


  • ikki bosqichda esa smeta hisob-kitoblari, qiymati va ishchi hujjatlari, jumladan, yirik va murakkab obyektlar uchun loyiha tayyorlanganda amalga oshiriladi.

    Korxonada keyingi navbatdagi quriladigan inshootlarning loyihasi ilgari boshlangan qurilish bilan birga amalga oshiriladi.


    Ikki bosqichda amalga oshiriladigan loyihalashda tayyorlanadigan loyiha quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi lozim:
    1. Dastlabki ma’lumotlar, tanlangan texnologik variantni texnik va iqtisodiy darajasi, obyektni loyiha quwati haqidagi ma’lumot, mahsulot sifati va nomenklaturasi, hamda energetik ta’minot haqidagi, suv va boshqa resurslar, birlik mahsulot ishlab chiqish uchun ratsional sarf bo'ladigan resurslar haqida ma’lumotlarni o‘zida jamlagan umumiy tushuntiruv matni. Bundan tashqari yer uchastkalarini rekultivatsiyasi to‘g‘risidagi amalga oshiriladigan tadbirlar ro‘yxati, foydali qazilmalarni, ishlab chiqarish chiqindilarini, ikkilamchi energo resurslami samarali ishlatish haqidagi ma’lumotlar, hamda atrof-muhitni muhofazasi bo'yicha tadbirlar ham keltiriladi. Bu materiallarni loyihaning texnologik qismi bilan birga, hamda chiqindisiz texnologik sistemani yaratishga harakat qilgan holda amalga oshirish lozim.




    Tushuntiruv matniga korxona yoki inshootni joylashish situatsion rejasi, kommunikatsiya va muhandislik tarmoqlarini joylashishi, bosh reja sxemasi va ajratilgan obyektlarning tashqi transporti ham ilova qilinadi.
    1. Texnologik jarayonlarning material va yoqilg‘i-energetik balanslar hisobi, ishlab chiqarish dasturi, ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha ma’lumot va xarakteristika, tanlangan jihozlar tarkibi, sex va sexlararo kommunikatsiya xarakteristikasi, energota’minot bo‘yicha ma’lumotlar, texnologikjarayonlar avtomatizatsiyasi va nazorati, atrof- muhit himoyasi bo‘yicha aniq (konkret) tadbirlar, mehnatni ilmiy tashkil etish bo‘yicha tadbirlarni o‘z ichiga olgan texnologik ma’lumotlar. Ushbu bo‘limdagi barcha ma’lumotlar miqdoriy ko‘rsatkichga ega bo‘ladi.


    Loyihaga ushbu bo‘limga oid texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishning mexanizatsiyasini prinsipial sxemalari, jihozlarning texnologik kompanovkasi, yuk oqimlarining sxemasi, avtomatlashtirish sxemasi, issiqlik tarmoqlari sxemasi va shu kabi boshqa chizmalar ilova etiladi.


    Loyihaning boshqa bo‘limlariga quyidagilar kiradi: qurilish haqida buyruq, qurilishni tashkil etish, uy-joy-fuqaro qurilishi, smeta hujjatlari, loyiha pasporti.
    Loyihaning smeta qismi texnologik qismiga muvofiq olib borilishi zarur, bunda loyihalash va buyurtmachi tashkilotlari smeta qiymatining haqqoniyligiga to‘la javobgardirlar.
    Loyiha materiallarining hajmi etalon loyihalarga muvofiq bo'lishi lozim, hamda kiritilayotgan chiqindisiz texnologiya ham etalon loyihalarga mos kelishi lozim. Loyiha tasdiqlangan pasportga ega bo‘lishi kerak. Tasdiqlangan loyiha (yoki ishchi loyihasi) korxona, inshoot, bino qurilishini rejalashtirishga va moliyalashtirishga asos bo‘ladi.



    1. Yüklə 0,7 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə