N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Negativ ekologik oqibatlar va ularning atrof-muhitga boMgan ta’sirini kamaytirish bo‘yicha yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə86/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Negativ ekologik oqibatlar va ularning atrof-muhitga boMgan ta’sirini kamaytirish bo‘yicha yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari.

Obyektning atrof-muhitga boMgan ta’sir turlarini tahlili asosida negativ ekologik oqibatlar aniqlansa — bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Chora-tadbirlar xarakteri jihatidan obyektning atrof-muhitga ko‘rsatayotgan noqulay ta’sirlarini pasaytirishga (yumshatishga) yoki umuman likvidatsiya qilishga (tugatishga), avariya hosil boMish holatini kamaytirishga yo‘naltirilgan, texnologik, tashkiliy-texnik va shahar, poselka, mikrorayon, sanoat zonalarining arxitektura-planlashtirish strukturasini yaxshilashga qaratilgan boMishi mumkin.




  1. Jamoat fikri yoki jamoatni eshitish. Jamoat fikrini eshitish AMTB jarayonida zarurat tug‘ilgandagina o‘tkaziladi va birinchi bosqichdayoq uni o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik aniqlanadi.

Jamoat fikrini eshitish zarurati loyiha qarorini amalga oshirishda ijtimoiy muammolar mavjud boMgandagina o‘tkaziladi.


Bu tadbirni o‘tkazishdan maqsad, ijtimoiy va ekologik muammolarni loyiha qaroriga asosan bogMashdir. Jamoatchilik bilan uchrashuvlar, seminarlar tashkil qilish, jamoatchilik fikrini bilish uchun so‘rovnomalar o‘tkazish bu tadbirning asosiy maqsadlaridan biridir.


  1. IV toifaga taalluqli faoliyat turlari uchun atrof-muhitga bo‘lgan ta’simi AMTBTB loyihasida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
  • obyektni joylashtirishda territoriyadan foydalanish turini ko‘rsatish;


  • ishlab chiqarish texnologiyasida atrof-muhitga bo'lgan ta’sirning manbaini aniqlash;


  • kanalizatsiyani va oqava suvlarni tashlab yuborish talablari mavjudligi;


  • tashlanmalarning tarkibi va miqdori;


  • chiqindilarning miqdori va joylashtirish sharoitlari;


  • tabiatni himoya qilish chora-tadbirlari.


Mo'ljallanayotgan yoki kutilayotgan xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish borasida atrof-muhit holatining o‘zgarishini prognozlash yuzasidan baholashda quyidagi olingan natijalarga tayaniladi:


  • atrof-muhit holati komponentlari va ijtimoiy-iqtisodiy aspektlarga baho berish;


  • ishlab chiqarish texnologiyasi tahlili (analizi) yuzasidan atrof- muhitga ta’sir etuvchi manbaalarni aniqlash;


  • avariya holati tahlili;


  • xo‘jalik yoki boshqa faoliyat obyektlarining ta’sir xarakteri va turini baholash.




  1. bosqich. Atrof-muhitga ta’sirni baholash tartiblarining II bosqichida ishlab chiqilgan muhofaza qilish chora-tadbirlari asoslab beriladi, qachonki bu chora-tadbirlar tadbiq etilganda ekologik oqibatlarni oldi olinadi.

Atrof-muhitga bo'lgan ta’sirni baholash hujjati Davlat ekologik ekspertiza natijalariga ko'ra, uni ishlab chiqish yoki ishlab chiqmaslik to‘g‘risida tabiatni muhofaza qilish komiteti tomonidan hal etiladi.


Bunda obyekt bo'yicha qo'shimcha izlanishlar o‘tkazish, natura tekshirishlarini olib borish, model eksperimentlar qilish va argumentlangan tabiatni muhofaza etish chora-tadbirlari ishlab chiqish.
Shuningdek, bu bosqichda iflosliklarni atrof-muhitda va suvda migratsiya qilishiga baho berish kabi ishlar amalga oshiriladi.



  1. Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə