N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


I—III toifa obyektlari uchun AMTBTB loyihasi tarkibiga kirgan quyidagi tadbirlarni o'tkaziladi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə84/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

I—III toifa obyektlari uchun AMTBTB loyihasi tarkibiga kirgan quyidagi tadbirlarni o'tkaziladi:


  1. Xo'jalik faoliyati realizatsiya (yoki amalga oshirish) qilinayotgan rayonda atrof-muhit holatini baholash. Atrof-muhit holatiga xo'jalik faoliyati obyektining ta’sirini baholashda aynan atrof-muhitning qaysi komponentlarga bo'layotgan ta’siri o'rganiladi. Agarda loyiha qarori bo'yicha u amalga oshiriladigan bo'lsa, territoriya tabiiy sharoitining xarakteri to'g'risidagi ma’lumotlarning detallashgan darajasi uning o'iganilganligiga, antropogen ta’siriga sezgirligi bilan aniqlanadi.

Masalan, energetika kimyo sanoati, metallurgiya ishlab chiqarish obyektlari asosan atmosfera havosiga, suv havzalari va yer osti suvlariga, yer va tuproqqa hamda o'simlik va hayvonot dunyosiga ta’sir etishi bilan ajralib turadi. Yani obyektning ba’zi bir atrof-muhit komponentlariga ta’siri kuchli bo'lsa, bazilariga kuchsizroq bo'ladi, bu albatta obyektning atrof-muhitga nisbatan olganda uning xarakteriga bog'liqdir.


Bundan tashqari, obyektning atrof-muhit holatiga ta’sirini baholashda obyekt joylashgan territoriyaning resurslari, klimati, atrof- muhit holati, geologik, gidrogeologik, gidrologik sharoiti, tuproq holati,
o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda aholini sog‘-salomatligi holatlari to‘liq tahlil qilinib, o‘rganib chiqiladi. Shuningdek, territoriyaning arxeologik, tarixiy va madaniy xarakteristikasi ham o‘rganiladi. Tadqiqotlaning natijasi atrof-muhitning zamonaviy holatiga baho berish bilan yakunlanadi (ya’ni atmosfera havosining holati, territoriya relefi holati, tuproq, suv havzalari, o'simlik qoplamasi holatlari).


  1. Ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlaming tahlili. Territoriyaning ijtimoiy- iqtisodiy xarakteristikasiga, uning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini va infrastrkutura holati ko‘rsatkichlarini aniqlash kiradi.


  2. Mo‘ljallanayotgan faoliyat bo‘yicha ko‘rilayotgan qarorni ekologik tahlili va unga ta’sir ko‘rsatadigan manbalarni aniqlash. MoMjallanayotgan faoliyatni loiha qarorini ekologik tahliliga asosan ko‘zlanayotgan yoki taxmin qilinayotgan asosiy va yordamchi obyektlar, ishlatiladigan texnika, texnologiyalar, tabiiy resurslar, materiallar, xom­ashyo, yoqilg‘i ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan mahsulotning ekologik xavfliligi xarakteristikalari kiradi.



  3. Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə