N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə89/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

AMTBning dastlabki etapi rejalashtirilayotgan loyihani turli xil ekologik oqibatlarini va mumkin bo'lgan alternativ variantlarini aniqlashdan iboratdir. Mazmun jihatdan, loyiha bo'yicha turli xil variantlarni amalga oshirganda uning oqibatlarini xarakteri va masshtabini baholash, hamda AMTB ishlarining hajmini aniqlashdir. Bu etapda loyiha yuzasidan muhokama qilishga qiziquvchi yoki qiziqqan jamiyat qatlami va bu loyihani rad etganlarni yoki loyihani qabul qilmaganlar jalb qilinadi.
Ikkinchi bosqichda (va uning ikki etapida) AMTBni to‘liq ishlab chiqish tugatiladi. Bu etapda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning har tomonlama tahlili va prognozi qilinadi, loyihalanayotgan obyektning atrof-muhitga ta’siri bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'tkaziladi. Etap «Loyihaning atrof-muhitga ta’siri bildirishnomasi»ni e’lon qilish bilan yakunlanadi, ya’ni uni keyinchalik loyihalash mumkinligi to'g'risida tavsiyanoma va hamma baholash natijalari bo'yicha «rezyums» yoki qisqa xulosa beriladi.
AMTBning yakunlovchi etapini tadqiqotlar etapi deb aytish mumkin, uning asosiy funksiyasi loyiha bo'yicha eng so'nggi qarorni qabul qilish bilan yakunlanadi. Bu etapni AMTB ishlab chiqishda jamoatchilik, ixtisoslik va ekologik ekspertizalar etapi desak bo'ladi, chunki jamoatchilikni qabul qilingan yakuniy qarorga nisbatan bo'lgan reaksiyasi, ayniqsa, qaror qabul qilgan shaxslarga bo'lgan jamoatchilik e’tibori hech kimni befarq qoldirmaydi.
Uchinchi bosqichda (va uning ikki etapida) loyihadan so‘nggi reviziya yoki reviziyaga oid (taftishga oid) AMTBni ishlab chiqiladi. Etapning asosiy funksiyasi — real vaziyatlar prognozi tuzilishini, baholashning nazorati va reviziyasi bilan mosligini aniqlashdir. Bu etapda ta’sir doirasi bo‘yicha dastur va monitoring sistemasi ishlab chiqiladi. Loyihadan so‘nggi tahlilni moliyalash «ifloslantiruvchi to‘laydi» prinsipi asosida olib borilsa, tahlilning nazorati tabiatni muhofaza qilish tashkilotlariga topshiriladi. Nazoratning eng muhim samarali sharti loyihadan so'nggi o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasini muntazam tarzda e’lon qilib borishlikdir, shu bilan birga bu e’lonlar AMTBni tekshirish formasini taqdim etishni anglatadi.
AMTBning monitoringli etapi u yoki bu loyihani amalga oshirilganda, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning borishini muntazam tarzda kuzatib borishdan iboratdir, shu bilan birga atrof- muhit sifati parametrlari, turli xil o‘zgarishlar ham kuzatiladi.
Shunday qilib, chet el tajribasida AMTBni o‘tkazishda ko‘p etaplilik va ko‘pbosqichlilik tartibi aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan va ketma- ketlik asosida singdirilib boriladi.
  1. 13. Ekologik ekspertizaga korxonalar tomonidan taqdim etiladigan materiallar va ularga qo‘yiladigan talablar


Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun buyurtmachi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:


  • loyihalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha atrof-muhitga ta’sir ko'rsatilishi to‘g‘risidagi bildirishnoma loyihasini, ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi bildirishnoma, shuningdek, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bildirishnomani o‘z ichiga olgan atrof-muhitga ta’simi baholash materiallari;


  • ishlab turgan obyektlar bo‘yicha — ekologik normativlarning loyihalari, obyektning atrof-tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatish hollari aniqlangan taqdirda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risida tayyorlangan bildirishnoma. Buyurtmachi qo‘shimcha tarzda ekologik audit materiallarini taqdim etishi mumkin;


  • barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallari, loyiha oldi va loyiha hujjatlari, texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlaming yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar, shaharsozlik hujjjatlarining barcha turlari.


Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bildirishnoma loyihasi davlat ekologik ekspertizasi obyektini moliyalash boshlangunga qadar taqdim etiladi.


Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bildirishnoma davlat ekologik ekspertizasi obyektining texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlan- gunga qadar taqdim etiladi.
Ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi bildirishnoma obyektni foydala­nishga qabul qilib olingunga qadar taqdim etiladi.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda taqdim etilgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi, biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga ta’sirini baholashning asosliligi, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish oqibatlarining ekologik xavfliligi darajasini baholashning to‘g‘rililigi, ekologik normativlar loyihalarining asosliligi tekshiriladi.
Rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo'jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik va ijtimoiy oqibatlari to'g'risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi tahlil qilinadi hamda ekologik- xavfsizlik talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarning yetarliligi va asosliligi aniqlanadi.



  1. Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə