N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Ekologik ekspertiza xulosasining strukturasi va unga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə90/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

14. Ekologik ekspertiza xulosasining strukturasi va unga qo‘yiladigan talablar

Davlat ekologik ekspertizasini (DEE) o‘tkazayotgan ekspert organi loyihani va xo'jalik faoliyati loyihasi bo'yicha ekspert komissiyasining jamlama xulosasini ko‘rib chiqadi va «DEE xulosasi»ni tayyorlaydi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:


  • ekologik oqibatlar va loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari to‘g‘risida xulosalar;


  • qiziquvchi tomonlarning fikr va takliflarini ko‘rib chiqish davomida paydo bo'lgan mulohazalar;


  • ko'rilayotgan xo'jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish shart- sharoitlari bo'yicha buyurtmachi va qiziquvchi tashkilot va muassasalar uchun tavsiyalardan iborat bo'ladi.


«DEEning xulosasi» (Uzbekistan Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi ekspert kengashi majlisiga muhokamaga chiqarilishi mumkin.


«DEE xulosasi» loyiha buyurtmachisiga va boshqa qiziquvchi tashkilotlarga yuboriladi.
Xo'jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish uchun mablag' faqat «DEE xulosasi» ijobiy bo'lsagina ajratiladi.
Ekspertiza tugagach, hujjatlarning to‘liq komplekti buyurtmachi- larga qaytariladi.
Hujjatlarning nusxasi ekspertiza o‘tkazgan organ arxivida olib qolinadi, rasmiylashtiriladi va belgilangan ish yuritish tartibiga asosan saqlanadi.
DEEni o‘tkazishda tomonlarning vazifalari va javobgarligi xo‘jalik faoliyati loyihasining va boshqa hujjatning buyurtmachisi va ishlab chiquvchi quyidagilarni ta’minlashi shart:
  • mazkur hujjatning bo‘limlariga mos ravishtsa DEEga beriladigan hujjatlarning to‘la komplektini;


  • DEEni o‘tkazish ishlariga respublikada belgilangan tartibda haq to‘lashni;


  • ekspertiza o‘tkazilayotgan organ talabiga binoan ekspert komissiyasi (guruhi, ekspert)ning ishlashi uchun zarur qo'shimcha axborot berishni ta’minlaydi.


Ekspert komissiyasi (guruh, ekspert)quyidagilarga javob beradi:


  • ekspertizaga berilgan hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishiga, jamlama xulosani tayyorlash, xulosa va takliflaming asosligiga;


  • ekologik ekspertiza o‘tkazish me’yor va qoidalariga rioya qilinishiga mas’ul hisoblanadi.


DEEni o‘tkazuvchi ekspert organ quyidagilarga javob beradi:


  • ekspert komissiyasini (guruhini) tuzish, ekspertlarni tanlash, ularning mehnatini to‘g‘ri tashkil qilishga;


  • ko‘rib chiqilayotgan xo‘jalik faoliyati loyihasi amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan (yoki amalga oshirilayotgan) hududning atrof-muhiti holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ekspertlarni ta’minlashda yordam berishga;


  • ekspertiza o‘tkazishning oshkoraligini ta’minlashga, ko‘- rilayotgan faoliyat loyihasini ekspertlar tomonidan obyektiv ravishda baholash uchun shart-sharoit yaratishga;


  • DEEni o‘tkazishda me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishiga;


  • ekspertlar ishiga o‘z vaqtida haq to‘lashga mas’uldir.





  1. Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə