N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Davlat ekologik ekspertizasi (DEE) o‘tkazilishini tashkil etish



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə76/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Davlat ekologik ekspertizasi (DEE) o‘tkazilishini tashkil etish
sxemasi


Davlat ekologik ekspeitizasi obyektlari

Davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etiladigan materiallar


Davlat ekologik ekspertizasini o'tkazuvchi organ


Davlat ekologik ekspertizasi o’tkazilganligi uchun haq to'lash tartibi


1

2

3

4

5

1.

Ijtimoiy sohani rivojlantirish davlat dasturlari konseptsiyalari va sxemalari loyihalari


Ishlab chiqilgan hujjatlar


«Boshdavekoeksperti za» boshqarmasi


Mazkur toifadagi loyihalar bo'yicha DEE bepul o’tkaziladi


2.

Ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiyot tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish konseptsiyalari, sxemalari loyihalari

Ishlab chiqilgan hujjatlar


«Boshdavekoeksperti za» boshqarmasi


Eng kam oylik ish haqining 70 baravan miqdori


3.

Batcha turdagi qurilish uchun yer uchastkalari ajratish materiallari

Atiof-muhitga ta’sirni baholash to’g’risida bildiiisli (AMTBTB) loyihasi taikibida ko'rib chiqiladigan ishlab chiqilgan hujjatlar


Ularning toifalariga muvofiq «Boshdavekoekspei- tiza» boshqaimasi yoki DEE mintaqaviy organlari


Yer uchastkasi ajratish materiallari ko'iib chiqardganligi uchun alohida haq undirilmaydi.


4.

Faoliyat turlari bo’yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlari:
I toifa

Atrof-muhitga ta’sirni baholash (AMTB)


«Boshdavekoeksper- tiza» boshqarmasi


Eng kam oylik ish haqining 70 baiavaii miqdoii




  1. toifa

  2. toifa

  3. toifa

AMTB AMTB AMTBTB loyihasi

«Boshdavekoeksperti za» boshqarmasi


DEE mintaqaviy organlari
DEE mintaqaviy organlari

Eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdori Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdori Eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdori



1

2

3

4

5

5.

Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog'liq xo'jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo'riqnoma-metodik hujjatlaming loyihalari


Ishlab chiqilgan hujatlar


«Boshdavekoeksperti za» boshqarmasi


Tegishli toifa obyekti davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazilishi haqining 30 foizi miqdorda


6

Texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar

Ishlab chiqilgan hujjatlar


«Boshdavekoeksperti za» boshqarmasi


Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdori


7

Atrof tabiiy muhitga va fuqarolaming sog'lig'iga salbiy ta’sir ko'rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar:









I toifa

Ekologik nomativlar loyihalari; AMTBTB (Obyektning atrof- muhitga va fuqarolar sog'lig'iga ta’sir o'tkazishi fakti aniqlangan hollarda)

«Boshdavekoeksperti


za»
boshqarmasi

Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdori




II toifa


Ekologik normativlar loyihalari; AMTBTB (Obyektning atrof- muhitga va fuqarolar sog'lig'iga ta’sir o'tkazishi fakti aniqlangan hollarda)


«Boshdavekoeksperti za» boshqarmasi


Eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdori




III toifa


Ekologik normativlar loyihalari; AMTBTB (Obyektning atrof- muhitga va fuqarolar sog'lig'iga ta'sir o'tkazishi fakti aniqlangan hollarda)


DEE mintaqaviy organlari


Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdori



1

2

3

4

5



IV toifa


Ekologik normativ- lar loyihalari; AMTBTB (Obyektning atrof- muhitga va fuqarolar sog'lig'iga ta’sir o'tkazishi fakti aniqlangan hollarda)


DEE mintaqaviy organlari


Eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdori


8.

Hududlarni keyinchalik ularga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zomilari maqomini berish maqsadida kompleks tekshirish materiallari

Ishlab chiqilgan hujjatlar


«Boshdavekoeksperti za» boshqarmasi


Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdori


9

Shaharsozlik hujjatlari: 50 mingdan ortiq kishi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan obyektlar uchun

AMTB

«Boshdavekoeksperti za» boshqarmasi

Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdori




50 ming kishi va undan kam aholi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan obyektlai uchun


AMTB

DEE mintaqaviy organlari

Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdori


10

Faoliyat tm lari bo'yicha maxsus huquqiy rejimh obyektlai:









I toifa

AMTB

«Boshdavekoeksper­tiza» boshqarmasi


Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdori




II toifa


AMTB

«Boshdavekoeksper­tiza» boshqarmasi

Eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdori




III toifa


AMTB

DEE mintaqaviy organlari

Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdori




IV toifa


AMTBTB

DEE mintaqaviy oiganlari

Eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdori




Izoh: Agar bir buyurtmachi tomonidan davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan hujjat kompleks tartibda tayyorlangan va turli toifadagi bir nechta obyektdan iborat bo‘lsa, davlat ekologik ekspertizasi uchun
haq faqat ularning oliy toifaga muvofiq keluvchi bittasi uchun undiriladi.
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining DEE organlari buyurtmachini (uning so‘roviga ko‘ra) ekologik ekspertizaning borishi va uning natijalari to‘g‘risida hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati tugagandan keyin 3 kun mobaynida xabardor qiladi.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun ekspert guruhi tashkil qilish va uning ish yuritish tartibi. Ekspert komissiyasi (guruhi) — bu konkret xo‘jalik faoliyatini DEE o‘tkazish uchun vaqtincha tuzilgan mutaxassislar jamoasidir (shtatsiz ekspertlar).
Ekspert guruhini tuzish va uning ishini tashkil qilishni hamda shtatsiz ekspertlarning mehnatiga haq to‘lashni DEE o‘tkazish vazifasi yuklangan Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasining ekspert bo‘limi amalga oshiradi.
Ekspert guruhining soni va shaxsiy tarkibi DEEga topshirilgan hujjatlarning xususiyati va murakkabligi bilan aniqlanadi.
Ekspert komissiyasini tuzishda va uning faoliyatini tashkil qilishda quyidagilarni ta’minlovchi barcha shart-sharoitlar yaratilishi lozim:
  • ekspert komissiyasining malaka saviyasi yetarli va ko‘p pozitsiyali bo‘lishini;


  • DEEning yuqori sifatini;


  • ekspert bahosining va ekspert komissiyasi (guruhi) xulosalarining sifatini;


  • DEEni o‘tkazish va uning natijalarining oshkoraligini e’tiborda tutadi.


Ekspert komissiyasi (guruhi)ni tuzish prinsipi va tarkibi shtatsiz ekspertlardan iborat bo'ladi, uning ishiga respublika ilmiy-tekshirish institutlarining, vazirliklar, muassasalar, tarmoq ilmiy-tekshirish va loyihalash tashkilotlarining olimlari va mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.


Ekspert komissiyasi (guruhi)ning shaxsiy tarkibi Bosh davlat ekspertiza boshligM yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Ekspert komissiyasi shaxsiy tarkibiga quyidagi mutaxassislami jalb qilish taqiqlanadi:
  • ularning shaxsiy roziligi bo‘lmasa;


  • ekspertizaga topshiriladigan hujjatlarni tayyorlashda qatnashganlar;


  • ko‘rilayotgan loyiha bo‘yicha oldin matbuotda o‘z fikrini bosib chiqarganlar ekspert komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi.


Mutaxassisning shtatsiz ekspert sifatidagi faoliyati ekspert komissiyasi (guruhi) tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlanadi va tasdiqlangan ish grafigiga mos olib boriladi.


Shtatsiz ekspert DEE o‘tkazishda asosiy ishdan ajralmagan holda, o‘ziga qulay vaqtda qatnashadi, uning ishlashi uchun barcha sharoit yaratilishi kerak.
Ekspert guruhi ishini tashkil qilish. Ekspert komissiyasi (guruhi)ning ishini tashkil qilish mas’uliyati DEE o‘tkazuvchi ekspert bo‘limi boshlig'iga va ekspert komissiyasi vakiliga yuklanadi. Ekspert komissiyasi ishini uning vakili boshqaradi.
Ekspert komissiyasi vakili:
  • DEEni o‘tkazish grafigini va dasturini muvofiqlashtiradi;


  • ekspertiza jarayonida qo‘shimcha ekspertlar yoki maslahatchilar jalb qilishga ehtiyojni aniqlaydi;


  • ekspert komissiyasi (guruhi) majlisini o‘tkazadi;


  • DEEni o‘tkazish jarayonida vujudga kelgan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqadi;


  • ehtiyoj tug‘ilganda ekspert bo‘limi rahbariyatiga ekspertizani o‘tkazish muddatlarini, uning yo‘nalishini o‘zgartirish yoki ekspertizani muddatidan ilgari to‘xtatish haqida takliflar kiritadi;


  • ekspert komissiyasi (guruhi)ning yakuniy xulosasini tayyorlashda bevosita qatnashadi;


  • ekspert komissiyasi (guruhi)ning ish natijalari haqida Bosh davlat ekspertiza rahbariyatiga, kollegiyaga, DEE kengashiga axborot beradi.


Ekspertiza komissiyasi ish boshlagunga qadar, barcha shtatsiz ekspertlar DEEni o‘tkazishning asosiy prinsiplari bilan va DEEni tashkil qilish va o'tkazish bo'yicha amaldagi yo‘riqnoma — uslubiy hujjatlar bilan tanishgan bo‘lishlari shart.


Ekspert komissiyasining majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada kun tartibiga kiritilgan masalalarning ma’nosi va bildirilgan fikrlar ifodalanishi kerak. Yakuniy xulosa loyihasi muhokamasiga ekspert komissiyasi (guruhi)dan tashqari buyurtmachi va loyihani ishlab chiquvchi, shuningdek, loyihaning realizatsiya qilinishidan manfaatdorlar taklif qilinadilar.
Ekspert o‘tkazilish jarayonida ekspert bo'limi rahbariyati:
  • umumiy axborot vositalari tomonidan DEE borishining bir tomonlama va tendensiyali yoritilishiga;


  • qiziquvchi tomonlar tomonidan ekspertlar ta’qib etilishiga;


  • DEE o‘tkazishning asosiy prinsiplarini buzishga olib keluvchi boshqa harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi zarur.


Ayrim fikr yoki takliflari bo‘lgan ekspertlar ularni yozma ravishda, yakuniy xulosa ekspert komissiyasi tomonidan imzolanguncha yoki imzolanayotgan paytda, imzo oldiga maxsus belgi qo‘yib, topshirishlari kerak.





    1. Yüklə 0,7 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə