N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə79/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

2.8—12-rasm. Zamonaviy issiqlik elektr stansiyasining funksional sxemasi va uning tabiiy muhit bilan aloqasi.


    1. Atrof-muhit ta’sirni baholash prinsiplari


Atrof-muhitga ta’sirini baholash prinsiplariga quyidagilar kiradi:
  • texnologik, texnik, ijtimoiy, tabiatni qo‘riqlash, iqtisodiy va boshqa loyiha qarorlarini birgalikda yoki bir-biriga bog‘liq ravishda ko‘rib chiqish;


  • loyiha qarorlarini altemativligi, yangi variantlami shakllantirish;


  • loyihani boshlanish bosqichida qabul qilingan qarorni (loyiha oldi qarori) shakllantirishda AMTBni qo‘llanma sifatida qo‘llash (ishlatish);


  • loyihani boshlanish davrida ko‘rib chiqilayotganda loyiha qarori to‘g‘risidagi axborotdan jamoatchilikning foydalanish mumkinligi va bunga toMiq yo‘l ochiqligi;


  • loyiha qarorlarini realizatsiya qilinganda kelib chiqadigan yoki yuzaga keladigan oqibatlar yuzasidan buyurtmachining javobgarligi.


М. V. Lomonosov nomli Moskva Davlat universiteti professori, geografiya fanlari doktori K. N. Dyakonov (K.H. Дяконов A. B. Дончева. Экологическое проектирование и экспертиза: « Ас­пект пресс » М. 2005 г.) ma’lum turdagi xo'jalik faoliyatining atrof- muhitga ta’sirini baholash, bu aniq bir zanjirsimon tizimga (ta’sir- o‘zgarishlar-oqibatlar) va ketma-ketlikka asoslangan holda atrof-muhit o‘zgarishlari ustidan izlanishlar olib borish degan fikirni aytib o‘tadi va AMTB prinsiplariga birmuncha o‘zgacha yondoshib, quyidagi prinsiplarga qat’i rioya qilishlikni tavsiya etadi:


  • AMTB va ekologik ekspertiza uchun umumiy bo'lgan asosiy prinsip — har qanday xo‘jalik faoliyatining potensial ekologik xavfining prezumiyasi, ya’ni ehtimollikka yoki taxminga asoslangan farazi, faktning aksi tasdiqlanmaguncha shu fikrni yuridik to‘g‘ri deb topish. Haqiqatda ham har qanday xo‘jalik faoliyati o‘zida, taxminlarga ko‘ra u yoki bu ekologik xavf darajasini yashiradi. Uni amalga oshishi shunday oqibatlarga olib keladiki, bunday oqibatlarni baholash zarurdir. Bu holatda tashabbuskor bo‘lgan xo‘jalik faoliyati shunday ishonchli (asosli, jiddiy) dalil-isbotlami keltirishi kerakki yoki ko‘rsatishi kerakki, mo‘ljallanayotgan faoliyatning ekologik xavfsizligi ta’minlangan bo‘lishi shart;


  • ogohlantiruvchi yoki oldini olish choralari prinsipiga asosan moMjallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan faoliyatni realizatsiya yoki amalga oshirish uchun asosiy qarorni qabul qilgunga qadar boMgan davr mobaynida ta’sirni baholashni o‘tkazishni ko‘zda tutiladi. Bu prinsipning asl mohiyati shundan iboratki, loyiha realizatsiya qilinganda atrof-muhitga boMadigan noqulay ta’sirlar va ijtimoiy u bilan bogMiq boMgan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni kelib chiqishiga yoM qo‘ymaslikdir;


  • alternativlik prinsipi asosan rejalashtirilayotgan faoliyat bo‘yicha maqsadga erishish uchun bir qator alternativ variantlarni aniqlash va taxlil qilishdir. Hattoki «nol varianti»ni (faoliyatdan yoki faoliyatni amalga oshirishdan voz kechish) ham hisobga olgan holda. Natijada, loyiha oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun ekologik xavfsiz yoki ekologik xavfi kam bo‘lgan usul tanlab olinadi;


  • oshkoralik prinsipi — bunga asosan albatta birinchi navbatda jamoatchilik fikri inobatga olinadi, bu tadbirga qiziqishi uyg‘ongan tomonlar AMTB bosqichlarining barchasida ishtirok etishlari mumkin;


  • komplekslilik (uyg‘un birlik) prinsipi. AMTBda integratsiya, alternativlik, ustuvorlik, ishonchlilik, saqlab qolmoqlik, bir-biriga moslilik va egiluvchan (kerak tomonga o‘zgara oladigan)lik kabi prinsiplar yig‘indisini o‘z ichiga oladi.





    1. Yüklə 0,7 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə