N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə81/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Ekologik standartlar — tabiiy obyektlar yoki tabiiy jarayonlar holatining miqdor va sifat ko'rsatkichlari. Ekologik standartlar tabiiy resurslardan foydalanish rejimi uchun o‘rnatilgan huquqiy sisternalar aktlari majmuasiga kiritilgandir.
Atrof-muhit sifati standartlari tabiiy komponentlar holati bo‘yicha ilmiy asoslangan ruxsat etilgan normativlar bo‘lib, ularning me’yordan oshib ketishi landshaft biotasiga, landshaftga va insonga xavf tug‘dirishi mumkin.
Davlat standartlari — terminlami tushuntirib beruvchi va aniqlovchi, hamda loyihalash va rejalashtirish masalalari bilan bog‘liq bo'lgan turli xil xo‘jalik faoliyatini reglamentlovchi davlat tor funksional boshqaruv hujjat va yo‘riqnomalaridir.
Umuman olganda atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha standartlash XX asrning 80-yillarida boshlanib, hozirda standartlarni ishlab chiqish bilan tugallanadi.
0‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va me’yorlashtirish Bosh boshqarmasi (Boshdavekosertifikat) tomonidan ishlab chiqiladi. Bu standartlar obyektlarni loyihalashda AMTBda va ekologik ekspertizasini o‘tkazishda muhim ahamiyatga egadir.
Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha ishlab chiqilgan (davlatlararo standartlar) standartlarga quyidagilar kiradi:
  • Oz Ost 11.2:2005. Chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish qoidalari.


  • (Dan - Rh - RH17. 1.1. 01. -77/ST SEV 3544-821) Tabiatni muhofaza qilish. Gidrosfera. Suv havzalaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish. Asosiy atamalar va izohlar.


  • Dan 17. 2. 1. 03. 84. Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Ifloslanishni nazorat qilishga oid atamalar va izohlar.


  • Dan 17. 2. 1. 04. —77. Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Ifloslanishning manbalari va meterologik omillar, sanoat chiqarilmalari. Atamalar va izohlar.


  • Dan 17. 4. 3. 01. —83. Tabiatni muhofaza qilish. Tuproq namunalarini olishdagi umumiy talablar.


  • Dan 17. 5. 1. 01. —83 (ST SEV 3848-82). Tabiatni muhofaza qilish. Yerni qayta tiklash. Atamalar va izohlar.


  • Dan 17. 6. 1. 01. —83. Tabiatni muhofaza qilish. 0‘rmonlarni muhofaza va himoya qilish. Atamalar va izohlar.


  • Dan 17. 8. 3. 01. —86 (ST SEV 53—03—85). Tabiatni muhofaza qilish. Manzara (landshaft)lar. Atamalar va izohlar.


  • Dan 16504—81. Mahsulotning davlat sinov tizimi. Mahsulotning sinovi va sifatining nazorati. Asosiy atamalar va izohlar.


  • Dan 19179—73. Quruqlik gidrologiyasi. Atamalar va izohlar.


  • Dan 19185—73. Gidrotexnika. Asosiy tushuncha. Atamalar va izohlar.


  • Dan 27593—88. Tabiatni muhofaza qilish. Tuproq. Atamalar va izohlar.


Shuni ta’kidlash lozimki, ekologik me’yorlar va standartlar sistemasiga: atrof-muhit sifati, tabiiy resurslardan foydalanish, atrof- muhitga ruxsat etilgan ta’sir, sanitar va himoya zonasi me’yorlari (normativlari va ekologik standartlar) kiradi.





Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə