N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə77/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Ekologik ekspertiza obyektlari

0‘zbekiston Respublikasi «Ekologik ekspertizasi to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasida belgilab qo'yilganidek, davlat ekologik ekspertizasi obyektlari quyidagilardan iborat:


  • davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarini loyihalari;


  • barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallari;


  • loyiha oldi va loyiha hujjatlari;


-tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlarning loyihalari;


-texnik, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlaming yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
-atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar:
-keyinchalik ularni alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari; -shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari;
-maxsus huquqiy rejimli obyektlar;
0‘zbekiston Respublikasi «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi qonunida davlat ekologik ekspertizasidan o‘tishi kerak bo‘lgan obyektlar keltirilgan va bu qonunda belgilab qo‘yilgan. Moskva davlat universitetining professori K.N. Dyakonovning fikricha (К.Н.Дяко- нов, А.В.Дончева. Экологическое проектирование и эксперти­за. М. «Аспект пресс» 2005 год.) bir qator spetsifik obyektlar borki, ular ham, albatta, davlat ekologik ekspertizasidan o‘tishlari lozim. Ularga, masalan, davlatga tegishli bo‘lgan huquqiy aktlar loyihasi, yani normativ yoki normativ bo‘lmagan xarakterdagi obyektlar, agar ular kuchga kirsa yoki amalga oshirilsa atrof-muhitga ta’siri salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin; xalqaro miqiyosidagi davlatlararo investitsiya dasturlari loyihalari; xalqaro shartnomalar loyihalari; chet eldan sotib olinadigan texnika, texnologiyalar, materiallar, moddalar va hokazo.
Demak, «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi qonunda belgilab qo‘yilgan obyektlar uchun davlat ekologik espertizasi majburiy hisoblanadi va mulkchilik shakli hamda ma’muriy bo‘ysunishdan qat’i nazar hech bir obyektga bu borada imtiyoz berilmaydi.
Davlat ekologik ekspertizasining subyektlari bo‘lib, odatda, buyurtmachi, pudratchi, iste’molchi hisoblanadi. Buyurtmachi — ekspertizani tayinlash, tashkil etish huquqiga ega boMgan maxsus vakolatli organdir. Pudratchi muayyan obyektni ekspertiza qiladigan tashkilot, bular qatorida ilmiy-tadqiqot institutlari, korxona yoki maxsus komissiya, ekspertlar guruhi boMishi mumkin. Iste’molchi boMib, ekologiya ekspertizasi hisoblangan korxona, tashkilot, muassasa hisoblanadi.



    1. Yüklə 0,7 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə