N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza


Atrof-muhitga ta’sirni baholash bosqichlari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə80/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Atrof-muhitga ta’sirni baholash bosqichlari

0‘zbekiston Respublikasining ekologik siyosati, mustaqillik davrida qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi (9-dekabr 1992- y.) qonuni «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi (25-may 2000-y.) qonunida o‘z aksini topgan, chunki atrof-muhitni ta’sirini baholash tartiblari va bosqichlari ushbu qonunlarda aniq ifoda etilgan. Bundan tashqari, yuqorida qayd qilganimizdek 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31-dekabr 2001-yildagi qarorining qabul qilinishi yurtimizda AMTB tartib va qoidalarini o‘z mentalitetimizga mos holda 0‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish komiteti tomonidan 2002-yilda ishlab chiqilgan Qo‘llanma (Qurilish me’yorlari va qoidalariga ilova qilingan «Inshootlar, binolar, korxonalar qurilishi loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi, tartibini ishlab chiqish, kelishish yoki muvofiqlashtirish va tasdiqlash yo‘riqnomasi» 1. 03. 01—96) asosida olib borish belgilab qo'yilgan.


AMTB boshqa ana’naviy bo‘lib qolgan ekologik me’yorlash usullaridan prinsip jihatdan farq qilib, tabiatdan foydalanish muammolariga, ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy antropogen faoliyat oqibatlarni hisobga olgan holda kompleks va sistemali tarzda yondoshishni talab etadi. Shu jihatlari bilan AMTBda asoslangan to‘g‘ri qarorlarni qabul qilish kelajakda tabiatdan foydalanish sharoitlarini rivojlanishiga fundament yaratadi. Ayniqsa, respublikamizning rivojlanayotgan sanoat va energetika potensiali hamda xomashyo bazasiga ega ekanligini hisobga olsak, bunday yondoshish dolzarbligi bilan ajralib turadi va muhim ahamiyat kasb etadi. AMTBni o'tkazmay turib qabul qilingan qarorlar atrof-muhit holatiga baho berishda ko‘pincha noto‘g‘ri xulosalar chiqarishga olib keladi. Bu holatni oxirgi yillarda olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar misolida ko‘rish mumkin. Toshkent metropoliteni qurilishida «Chkalov» stansiyasini loyihalash davrida bo‘lishi mumkin boMgan oqibatlarni baholamasdan amalga oshirilishi, yer osti suvlarida va tuproqda zaharli moddalarning yig'ilib qolishi natijasida stansiya xizmat ko‘rsatish personalining sogMigMga ziyon yetganligi va qurilish konstruksiyalarining korroziyaga uchrashiga olib keldi.
Xuddi shunga o'xshash holat Farg‘ona furan birikmalari kimyo zavodida ham yuz berdi. Ishlab chiqarish binolari fundamenti yer osti sizot suvlarining yigMlib turib qolishiga sababchi boMib, zaharli gazlarning atrof-muhitga ta’siri natijasida salbiy oqibatlar yuzaga kelishga olib keldi.
Yuqorida keltirilgan faktlardan ko‘rinib turibdiki, ikkala misolda ham atrof-muhitga boMgan salbiy ta’sir ishlab chiqarishdan hosil boMayotgan zaharli chiqindilardan emas, balki atrof-muhitdan olib kirilgan kimyoviy moddalarning o‘zaro ta’siri natijasida yuz berayapti. Shuning uchun atrof-muhitga ta’sirini asl manbalarini aniqlashda kompleks yondoshish muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, energetika obyektlarining atrof-muhitga ta’sirini baholash juda murakkabdir. Chunki ularning baland quvurlaridan (trubalaridan) atmosferaga chiqarib tashlanayotgan zaharli gaz chiqindilari juda katta territoriyani qamrab oladi. Masalan, ko‘mir yoqilgMsida ishlaydigan yangi Angren GRESining yillar davomida Ohangaron vodiysini ko‘mir changi, zaharli gazlar, ko‘p miqdorda qurum moddasi bilan ifloslanishi oqibatida atrof-muhitga va insonlar sogMigMga yomon ta’sir ko‘rsatayotgani ma’lumdir. Umuman bu hudud sanoat ishlab chiqarish korxonalarining ko'pligi bilan ajralib turadi va o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, atrof-muhitga tashlanayotgan zaharli chiqindilar (ko‘mir, sement, ruda changlari) tarkibida toksikologik xarakterga ega boMgan qo‘rg‘oshin, mishyak, simob va radionuklidlar borligi aniqlandi. Bu zaharli moddalarning atmosfera havosidagi migratsiyasi oqibatida atrof-muhitdagi o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda ochiq suv havzvlarining ifloslanishiga olib kelayapti. Shuning uchun atrof- muhitga ta’sirni baholashda shu sanoat hududida ko‘p yillardan beri mavjud boMgan fauna va flora, suv obyektlari, tuproq-yer tarkibida boMadigan o'zgarishlarini hisobga olish kerak, chunki o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki sement ishlab chiqarishda xomashyoga qo‘shiladigan qo‘shimchalar, toksikologik metall birikmalarining tarqalishi va ularning atmosferaga tashlanishi oqibatida bu zaharli moddalar yerga, o‘simliklarga, hayvonot dunyosiga atmosferadan cho‘kishi natijasida singib, salbiy oqibatlar tug‘dirayotgani ma’lumdir. Bu oqibatlarning sababchisi «Ohongaronsement» ishlab chiqarish biriashmasidir. Shunga o‘xshash jarayonlar oltin qazib chiqarish konlarida, va ko‘mir ochiq kon razrezlarida hamda energetika obyektlarida ham yuz berayapti.
Bu oqibatlarni oldini olish, atrof-muhitni muhofaza qilish, albatta, mutaxassislardan atrof-muhitga ta’sirini baholashda va asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlashda ekologik kriteriy va standartlardan hamda me’yorlardan foydalanishni talab etadi.
Ekologik kriteriylar — bu shunday belgi yoki alomatlarki, ular asosida ekologik sisternalarni, jarayon va hodisalarni aniqlash hamda ularni baholash ishlari amalga oshiriladi.
Baholashning mantiqidan kelib chiqqan holda ekologik kriteriylar quyidagilardan iboratdir:
  • atmosfera holatini moddaning xavflili koeffitsienti orqali ifodalanadigan, atmosferaning ifloslanish potensiali, moddaning kritik ifloslanish darajasi;


  • ichimlik suvi va ichimlik suvi manbalari holatini xavfliligi I va


  1. klass bo‘lgan moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasidan qaytarilib turuvchi tarzda oshib ketishi ko‘rsatkichi orqali ifodalanib, patogen va inson organizmida parazitar kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar miqdoridir:


  • suv ustki holatini kimyoviy va biologik xarakteristikalari orqali ifodalangan kimyoviy ifloslanishlar yig‘indisi ko‘rsatkichlaridir;


  • yer osti suvlarining holatini ifloslovchi moddalar konsentratsiyasi va ifloslangan maydon hududining o‘lchamlari bilan xarakterlanuvchi kriteriyadir;


  • tuproq holatini kimyoviy va biologik ifloslanishini, fizikaviy degradatsiyaini, fototoksikligini, senozlaming biologik mahsuldorligini xarakterlovchi kriteriyadir;


  • geologik muhit o‘zgarishlari holatini anomal, texnogen (yerning o‘pirilishlari, cho‘kishi) hodisalar orqali xarakterlovchi kriteriyadir;


  • o‘simlik va hayvonot dunyosi holatini, uning populyatsiyalar zichligi, bioxilmaxillikning kamayishi, yashil maydon o‘simlik dunyosining mahsuldorligi orqali xarakterlovchi kriteriyadir;


  • aholining sihat-salomatligi holatini tibbiy-demografik ko‘rsatkichlar, atrof-muhitni ifloslanishi munosabati bilan spetsifik kasalliklarning paydo bo‘lishi va h. k. bilan xarakterlovchi kriteriyadir.


  • radiologik xavfsizlik darajasi holatini o‘rtacha yillik samara dozasi ahamiyati orqali xarakterlovchi kriteriyadir;


  • yer usti ekosistemalarini deogradatsiya holatini ekosistemalari strukturasida va funksiyasida negativ o‘zgarishlar orqali xarakterlovchi kriteriyadir;


  • territoriyani biokimyoviy baholash holatini, muhitda turli komponentlar tarkibidagi mikroelementlarning nisbati o‘zgarishi, o‘simliklarda toksikologik va biologik faol mikroelementlar miqdori darajasi orqali xarakterlovchi kriteriyadir;


Shunday qilib atrof-muhit holatiga baho berishda, kompleks nuqtai nazardan yondoshib, ekologik oqibatlarni sababini aniqlash va uni oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə