N. M. Kayumova


Davlat talablarining tamoyillari



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

Davlat talablarining tamoyillari:
- bolaning noyobligi;
2 Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida qo'yiladigan davlat taiablari. -
T ./2018.
79


- "Men" konsepsiyasi va shaxsiy ta'limini yaratishda bola­
ning faol roli;
- bolaning huquqlarini himoya qilish va ta'minlashning 
muhimligi;
- bola ta'limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
- bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi 
sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo'lib, individual varia- 
tivlik asosida yondashuv.
Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalar:
- Maktabgacha ta'lim - maktabgacha yoshdagi bolalar qizi- 
qishlari.
- Individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, ma’naviy 
ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma'naviy 
me'yorlarning shakllanishi, hayotiy ijtimoiy tajriba egalla- 
nishini ko'zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratil­
gan yaxlit jarayon:
- rivojlanish inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida bio- 
logik jarayonlar hamda atrof-muhit ta'sirida ro'y beradigan 
o'zgarishlar:
- rivojlanish sohasi - bola rivojlanishidagi aniq bir 
yo'nalishlar: kichik soha - sohaning kichik guruhlari. Asosiy so- 
halarni kichik sohasi rivojlanishning ma'lum bir tomonlarini o'z 
ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo'nalishini ko'rsatib 
beradi;
- kutilayotgan natija bolalardagi bilim, ko'nikma va maiaka- 
lar ko'rsatkichi;
- bola kompetensisi - ma'lum bir yosh davriga xos bolgan 
vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo'lgan bolaning bi- 
limi, ko'nikmasi va malakalar! hamda qadriyatlari:
- integratsiya - bola ta'limi va rivojlanishidagi mazmun 
tarkibiy qismlari o'rtasidagi bog'liqlik:
- inklyuziv ta'lim - bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va 
individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta'lim va tarbi­
ya olinishini teng ta'minlovchi jarayon;
80


- "Men" konsepsiyasi bolaning o'zi haqidagi anglangan 
tasavvurlari tizimi, uni refleksiv faoliyatining bir qismi;
- refleksiv faoliyat - bolada o'z tushunchalari va xatti-ha- 
rakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar 
shakllanishi jarayoni.
Davlat talablari tug'ilgandan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar­
ning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo'lingan. Har bir ri­
vojlanish sohasi o'z o'rnida kichik sohalarga bo'lingan bo'lib, 
ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan va kuti- 
layotgan rivojlanish ko'rsatkichlaridan iborat.
- jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakl­
lanishi;
- ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
- nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari:
- bilish jarayonining rivojlanishi;
- ijodiy rivojlanish.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə