N. M. Kayumova



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

lantirishda 
- psixologik qo'llab-quvvatlash muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bu yondashuv - bolaning muammolarini tushu- 
nishi, qabul qilish va uni hal qilishda yordam berishdir. Uning 
asosiy maqsadi - bola va kattalar o'rtasidagi kundalik peda­
gogik munosabatlarda yuzaga keladigan hissiy-shaxsiy muno- 
sabatlarni rivojlantirishdir.
Psixologik yondashuv jarayonida tarbiyachi-pedagog:
- Bolaga o'ziga va pedagogga bo'lgan ishonchni oshira borib, 
unga samimiylik, g'amxo'rlik va mehr-muhabbat namoyon eta­
di;
- Bolaning o'z-o'zini baholashni mustahkamlash va aha- 
miyatni oshirish maqsadida uning yutuqlarini ongli ravishda 
ta'kidlaydi;
- Bolada xato qilish qo'rquvini bartaraf qilib, unda ijobiy his­
siy bo'shliq yaratadi;
- Bolaning omadsizliklariga diqqatni to'xtatmay tushunib 
(norozilik bilan emas} qaraydi, uning yechimini topishda bo­
la bilan birga harakat qiladi. Bunday yondashuv asosida shaxs­
ga yo'naltirilgan o'zaro munosabatlar tizimida “katta bola" mu­
nosabatlar yo'nalishlaridan biri bo'lib, har bir inson va ayniqsa, 
ta'lim oluvchilar xatolar va ularni to'g'irlash huquqiga egadir­
lar.
- Bolani tarbiyalamaydi, balki uning muammolarini birga 
hal qilib yo'l ko'rsatadi.
Psixologik qo'llab-quvvatlash pedagog va bola o'rtasidagi 
hissiy-shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishga olib keladi.
V. Tubdan o'zgartirilgan o'qitish tamoyili. Bola va pe­
dagogning hamkorlikdagi tubdan o'zgartirilgan (ko'rgazmali
- rivojlantiruvchi) pedagog va bola shaxsini mustaqil tarbi-


yalashga yo'naltirilgan faoliyati, qaysiki shaxsiy mazmunini 
hayotiy bo'shliqda qimmatli ahamiyatga ega bo'lgan, pedagog 
va bolaning universallashtirilgan tizimi.
Tubdan o'qitish quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi:
- Ijtimoiy pedagogik yondashuv;
- Gnoseologik (bilish faoliyati) yondashuv o'qitish jarayoni 
mohiyatini anglash jarayonidan olib chiqadi va yuzaga kelgan 
anglash faoliyatini modifikatsiyalaydi (variatsiyalaydi)
- Psixologik yondashuv - insonning rivojlanishi va bilim­
larni o'zlashtirishi psixologik nazariy bilimlarni yuzaga olib 
chiqadi.
- Aqliy faoliyat yondashuvi: (P.Ya. Galnerin, N. F. Talo'zin) - 
rivojlantiruvchi faoliyatni amalga oshiradi;
- Akmeologik yondashuv - (grekcha so'zdan olingan bo'lib, 
yuqori nuqta, yuksalish, yaxshi payt va o'qish degan ma'noni 
bildiradi)
Uning asl mohiyati - o'qitish shaxsning hayotiy dunyosiga, 
pedagog va bolaning mavjud hayotiy mazmunini o'zgartiradi, 
o'ziga xoslik takrorlanmaslik kabi amaliy vazifalarni bajara- 
di. Hmni o'rgatishga o'tish - bu inson tafakkuri uchun obyektiv 
bo'lgan olamni anglashdir.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə