N. M. Kayumova


MAKTABGACHA TA'LIM KONSEPSIYASI



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

MAKTABGACHA TA'LIM KONSEPSIYASI
Respublikada ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish ish­
lari jadal sur'atlar bilan olib borilmoqda. Bu borada qabul qi­
lingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar mohiyatini chuqur anglab 
yetish bilan bog'liq faoliyat turlari muvofiqlashtirildi. Uzluksiz 
ta'limning barcha bosqichlari qatorida maktabgacha ta'limning 
milliy modelini aks ettiruvchi Maktabgacha ta’lim konsepsiya- 
si ishlab chiqildi.
- Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi - bu maktabgacha ta'lim 
tizimini rivojlanishi va uning ta'lim tizimidagi ustuvorligini 
ta'minlovchi Konseptual Nizomdir.
- Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi - maktabgacha ta'limning 
xalqaro andozalarga mos zamonaviy yangilanish tamoyillari va 
modellarini yorituvchi huquqiy-me'yoriy hujjatdir.
- Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi - maktabgacha ta'limni 
2008-2020 yillarga mo'ljallangan takomillashuv strategiyasini 
belgilab beruvchi nazariy asosdir.
Maktabgacha ta’lim konsepsiyasining huquqiy-nazariy 
asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta'lim


to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va 
ta'lim sohasi bo'yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda ilgari 
surilgan ilg'or ilmiy g'oyalar tashkil etadi.
Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi nazariy jihatdan quyidagi 
ustuvor tamoyillarga:
- Bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim;
- Hamkorlik pedagogikasi asoslari;
- Ijtimoiy-pedagogik yondashuv;
- Psixologik yondashuv;
- Qayta shakllantiruvchi ta'lim texnologiyasi;
- Tubdan o'zgartirilgan o'qitish tizimiga tayanadi.
I. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolaga ta ’lim-tarbi-
ya berishda shaxsga yo'naltirilgan ta’lim modeli ustuvor
sanaladi.
Shaxsga ongli ravishda yondoshishnining maqsadi rivoj­
iantirish, uni berilgan standart va bosim ostida "o'zgartirish 
emas", balki uni qanday bo'lsa, shundayligicha qabul qilish 
uchun sharoit yaratishni ko'zlaydi.
Bu tamoyilda - pedagog faoliyatining vositasi sifatida emas, 
balki uning shaxsiy tatbiq etish vositasi sifatida namoyon 
bo'ladi.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə