N. M. Kayumova


UZLUKSIZ TA'LIMNI TASHKIL ETISH VA



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

UZLUKSIZ TA'LIMNI TASHKIL ETISH VA
RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI
Uzluksiz ta'lim - yuksak malakali kadrlar tayyorlashning 
asosini tashkil etib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim 
standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning 
faoliyat ko'rsatish mazmun-mohiyatini ifoda etadi.
Uzluksiz ta'limning faoliyat ko'rsatish tamoyillari quyidagi- 
lardan iborat:
- ta'limning ustuvorligi - uning rivojlanishining birinchi 
darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta'lim va yuksak in- 
tellektning nufuzi;
- ta'limning demokratlashuvi - ta'lim va tarbiya uslublarini 
tanlashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni 
boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o'tilishi;
- ta'limning insonparvarlashuvi - inson qobiliyatlarining 
aniqlanishi va rivojlanishuvi, milliy va umumbashariy qadri- 
yatlar ustuvorligining ta'minlanishi, inson, jamiyat va atrof- 
muhit o'zaro munosabatlarining uyg'unlashuvi;
- ta'limning ijtimoiylashuvi - ta'lim oluvchilarda estetik boy 
dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madani­
yat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
- ta'limning milliy yo'naltirilganligi - ta'limning milliy 
tarlx, xalq an'analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi, 
O'zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va bo- 
yitish, ta'limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifati­
da e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hur- 
matlash;
- ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayon- 
ning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga 
yo'naltirilganligi;
56


- iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta'limning eng yuqori 
darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olish- 
lari uchun zarur sharoit yaratish.
Uzluksiz ta'lim turlari. Maktabgacha ta'lim -

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə