N. M. Kayumova


uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich bosqichi



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich bosqichi
Maktabgacha ta'lim bola sog'lom, har tomonlama kamol 
topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini 
uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabga­
cha ta'lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat mak­
tabgacha ta'lim muassasalarida hamda oilalarda amalga oshi­
riladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga 
chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqa­
ro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta'limni rivojiantirish uchun quyidagilarni 
amalga oshirish lozim bo'ladi:
- Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravish­
da tayyorlash;
- Maktabgacha ta'limni samarali psixologik-pedagogik us- 
lublarini izlash va joriy etish;
- Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, peda­
gogik va uslubiy jihatdan ta'minlash;
- Zamonaviy o'quv-uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar
o'yinchoqlar va o'yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqa­
rish;
- Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy- 
tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma'naviy- 
axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun lozim-sharoitlar yaratish;
- Maktabgacha ta'lim muassasalarining har xil turlari 
uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar 
bo'yicha malakali maslahat ko'rsatish imkoniyatini yaratish;
- Maktabgacha ta'lim va sog'lomlashtirish muassasalari 
tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va rivojiantirish texnologiyalari- 
ni ishlab chiqish.
57


Umumiy o'rta ta'lim maktablarining ish mazmuni va vazifa­
si o'quvchilarga fan asoslarini o'rganish, ularda ijtimoiy faoli­
yatni tashkil etish borasida ko'nikma va malakalar hosil qilish, 
shuningdek, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limiga ularni tayyor- 
lashdan iboratdir. Umumiy o'rta ta’lim quyidagi bosqichlardan 
iboratdir:
Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul 
qilinadilar. Boshlang'ich ta'limning asosiy vazifasi va ish maz­
muni umumiy o'rta ta'lim olish uchun zarur bo'lgan savodxon- 
lik, bilim, ko'nikma va malaka asoslarini shakllantirishdan ibo­
ratdir.
Umumiy o'rta ta'lim boshlang'ich ta’lim negizida tashkil 
etilib, u o'quvchilarga bilimning zarur hajmini beradi (umumiy 
o'rta ta'lim DTS da belgilangan), ularda mustaqil fikrlash, tash­
kilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba-ko'nikmalarini rivoj- 
lantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo'naltirishga va ta'limning 
navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Umumiy o'rta ta'lim doirasida bolalarning qobiliyati va 
iste’dodini rivojlantirish maqsadida muayyan yo'nalishdagi 
ixtisoslashtirilgan, maxsus ta’lim muassasalari (maktab-in- 
ternatlar, musiqa, sport, xoreografiya hamda tasviriy san’at, 
shuningdek, ijtimoiy-gumanitar va tarbiyaviy fan yo'nalishlar 
bo'yicha chuqurlashtirilgan bilim beruvchi maktablar va 
boshqalar)ni tashkil etish mumkin.
O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi uzluksiz ta’limning tarkibi 
bo'lib, uning vazifasi va ish mazmuni o'quvchilarga muayyan

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə