N. M. Kayumova


Institutning asosiy funksiyalari



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə271/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

Institutning asosiy funksiyalari
- Maktabgacha ta'lim tizimi rahbarlari va pedagog 
xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, 
ilmiy-pedagog 
kadrlarning 
ma'naviy-axloqiy 
saviyasini 
oshirish, ularni tayyorlash, maktabgacha ta'lim tizimini 
metodik ta'minlash, ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy 
etish sohasida:
- O'quv-tarbiya jarayoniga, xususan, nodavlat maktabgacha 
ta'lim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion 
pedagogik texnologiyalarni, o'qitish va tarbiyalashning samarali 
shakllari va usullarini joriy etish sohasida:
- Milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi 
o'quv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar sifati 
va mazmunini yanada boyitish, o'yin va o'yinchoqlar sonini 
ko'paytirish sohasida:
- Maktabgacha 
ta'lim 
muassasalari 
faoliyatining 
samaradorligini oshirish bo'yicha metodik ishlarni tashkil etish 
sohasida:
- O'quv-tarbiyaviy va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil 
etishni nazorat qilish bo'yicha rahbarlar va mutaxassislar 
ko'nikmalarini takomillashtirish va ta'lim sifatini baholash 
sohasida:
- Xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, 
konferensiyalar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar o'tkazish 
orqali maktabgacha ta'lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini 
xalqaro darajada keng yoritish, O'zbekistonda faoliyat 
ko'rsatayotgan shunga o'xshash xalqaro maktabgacha ta'lim 
tashkilotlari bilan hamkorlik qilish sohasida:
647


Instituting huquqlari
- Institut unga yuklangan funksiyalar va vazifalarni amalga 
oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
-ta'lim mazmunini takomillashtirish va samaradorligini 
oshirish bo'yicha takliflarni vazirlikka kiritish;
-maktabgacha ta'lim mutaxassislarini qayta tayyorlash 
va ularning malakasini oshirish bo'yicha dasturlar, o'quv 
qo'llanmalari; 
ilmiy 
asarlar 
to'plamlari, 
ilmiy-amaliy 
konferensiyalar materiallari, metodik ko'rsatmalar hamda 
qo'llanmalar tayyorlash va nashr etish;
- aholiga, turli tashkilotlarga pulli ta'lim xizmatlari va 
boshqa xizmatlarni ko'rsatish, shuningdek, qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan va asosiy faoliyatga zid bo'lmagan faoliyatning 
barcha turlarini amalga oshirish;
- kafedralar va bo'limlarni o'zgartirish, yangilarini tashkil 
etish va mavjud kafedra va bo'limlarni tugatish, tasdiqlangan 
shtat jadvali doirasida shtat birliklarini bir bo'linmadan boshqa 
bo'linmaga o'tkazish bo'yicha Vazirlikka takliflar kiritish;
- professor-o'qituvchilar tarkibiga, boshqa xodimlarga 
belgilangan tartibda rag'batlantiruvchi ustamalar tayinlash;
- Institut xodimlarini yuksak mehnat ko'rsatkichlari uchun 
davlat va idoraviy mukofotlar bilan mukofotlash to'g'risida 
Vazirlikka takliflar kiritish;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish bo'yicha faoliyat 
sifatini va samaradorligini ta'minlash chora-tadbirlarini ko'rish;
- hamkorlik doirasida mualliflik ishlarini ishlab chiqishga 
tajribali mutaxassislar, pedagoglar va xodimlarni jalb qilish 
(zarur bo'lsa shartnomalar asosida);
- qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartishlarga muvofiq o'quv 
dasturlariga tuzatishlar kiritish;
- o'z vakolatlari doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar 
bilan hamkorlik qilish;
- xorijlik tajribali pedagog-mutaxassislarni jalb qilgan holda 
ilg'or xorijiy tajribani joriy etish maqsadida maktabgacha
648


ta'lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlari malakasini 
muntazam oshirish uchun qisqa muddatli va aniq maqsadga 
yo'naltirilgan kurslar tashkil etish;
-xodimlarni o'qitish, seminarlar va konferensiyalarda 
qatnashish uchun xorijga tajriba almashish va innovatsion 
pedagogika texnologiyalarini va ilg'or metodikalarni o'rganish 
bo'yicha tajriba orttirishga yuborish;
-
maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga doir dolzarb 
va istiqbolli vazifalarni hal qilish uchun tashkil etilgan ishchi 
guruhlarda ishtirok etish;
o'z faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar 
yaratish, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochish.
Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham 
ega bo'Iishi mumkin.
Institut o'z faoliyatida bevosita Vazirlikka bo'ysunadi va 
unga hisobot beradi. Institut ishlariga O'zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta'lim vaziri tomonidan qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan 
ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi.
Institutda o'quv-metodik ishlarga o'quv va metodik ishlar 
bo'yicha prorektor, ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy ishlarga -
ma'naviy va ilmiy ishlar bo'yicha prorektor, moliya-iqtisodiy 
ishlar bo'yicha - moliya-iqtisodiy ishlar bo'yicha prorektor 
rahbarlik qiladi.
Prorektorlar O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim 
vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod 
etiladilar.
Institutda rektor raisligida Ilmiy-metodik kengash tashkil 
etiladi.
Ilmiy-metodik 
kengash 
tarkibi 
Institut 
rektorining 
buyrug'i bilan tasdiqlanadi. Ilmiy-metodik kengash tarkibiga 
prorektorlar, kafedralar va bo'limlar rahbarlari, shuningdek, 
yetakchi professorlar va o'qituvchilar, jamoat tashkilotlari 
vakillari kiritilishi mumkin.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə