N. M. Kayumova



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

Ma'ruzalar
Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining g'oyaviy- 
siyosiy, ma'naviy-mafkuraviy, madaniy va ishlash malakalarini 
o'stirish uchun ijtimoiy-siyosiy, ta'lim-tarbiya, ma'naviy- 
ma'rifiy mavzular bo'yicha o'tkazilishi mumkin. Bunday 
tadbirlar maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilimi va 
dunyoqarashini kengaytiradi, siyosiy va ma'naviy jihatdan 
yetuk bo'lishiga xizmat qiladi. Bu maqsadga erishish uchun 
ma'ruzalar yuksak ilmiy-g'oyaviy saviyada, amaliyot bilan 
uzviy bog'liq holda o'tkazilishi talab etiladi.
O'z ustida ishlash
Bu - maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining o'z 
ustida tinimsiz ishlashi, kasb mahorati va malakasini, g'oyaviy- 
siyosiy saviyasini oshirib borish borasidagi fao- liyatining keng 
tarqalgan shakllaridan biri.
Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari ish rejasida 
maktabgacha ta'lim bo'yicha nazariy-amaliy masalalarni
662


chuqur o'zlashtirish, maktab ta'lim dasturini, uslubiy 
adabiyotlarni o'rganish o'z ifodasini topadi.
Yillik rejada ish jarayonida qiyinchilik keltirib chiqargan 
bir yoki bir necha mavzu aks ettirilib, bunda nafaqat tegishli 
mavzularni, 
balki 
tegishli 
ilmiy-uslubiy 
adabiyotlarga 
tayangan holda qiyinchilik tug'dirgan masalalarni o'rganishga 
ham alohida e’tibor beriladi.
Mudira kasaba uyushma raisi bilan birgalikda o'z ustida 
ishlashni qanday tashkil etish, bu tadbirlarni tizimli, aniq reja 
asosida olib borish yo'1-yo'riqlarini belgilashi lozim. Bunda 
tashkiliy-pedagogik vazifalarni amalga oshirishda zarur 
shart-sharoit, o'quv-uslubiy adabiyotlar, bajaruvchi - javobgar 
shaxslar aniq belgilanishi va ularning bajarilishi mudira 
tomonidan nazorat etib borilishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan 
ochiq eshiklar kuni g'oyat ahamiyatlidir. Bunda maktabgacha 
ta'lim muassasasining butun faoliyati ota-onalar tomonidan 
kuzatiladi, yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar o'z vaqtida hal 
etiladi. Maktabgacha ta'lim muassasasining barcha xodimlari 
ochiq eshiklar kunini o'tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko'radi.
Yakkama-yakka suhbat - bola tarbiyasida qiynalgan ota- 
onalar uchun tashkil qilinadi, bunda guruh tarbiyachisi 
va muassasa mudirasi ilmiy asoslangan holda masalalarni 
hal etmog'i lozim. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ota- 
onalarga yordam berish maqsadida kutubxona va ota-onalar 
burchagini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Muassasa 
mudirasi, metodist va tarbiyachilar tomonidan tanlangan va 
ota-onalarga tavsiya etilgan ilmiy-ommabop adabiyotlar oilada 
bolalar tarbiyasini to'g'ri va oqilona tashkil etish, bolalarning 
jismoniy-fiziologik, ruhiy va intellektual rivojlanishi haqida 
muayyan bilimlarni egallashlari uchun ota-onalarga katta 
yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tizimida amalga 
oshiriladigon barcha metodik ishlar barkamol avlod tarbiyasida 
muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə