N. M. Kayumova


Integrallashgan rejalashtirish -



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə282/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

8. Integrallashgan rejalashtirish -
bu bolalarni o'qitish va 
rivojlantirish integrallashgan jarayondir, bola rivojlanishining 
har bir sohasi uning boshqa sohalari bilan uzviy bog'liq. Ta'lim- 
tarbiya ishlarini rejalashtirishda ularni bir-biridan ajratmaslik, 
bir butun majmua sifatida qarash lozim. Shu ma'noda turli 
sohalardagi ta’lim jarayoni o'zaro bog'liq va bir-biri bilan 
uyg'unlashib ketgan jarayondir.
9. Rejalashtirish vositalari 
- bu faoliyat mazmuni turli 
sohalarda kutilayotgan natijalarga erishish imkoniyatlarini 
(resurslarni) belgilab olish uchun pedagog tomonidan 
qo'llaniladigan vosita, usul va uslublardir.
10. Kuzatuv 
- bola ishlayotgan yoki o'ynayotgan paytda 
uning faoliyatiga aralashmagan holda kuzatish jarayoni.
11. Qayd qilish 
- bu bolalar faolligini kuzatish asosida 
hujjatlashtirish. Aksariyat pedagoglar tomonidan tabiiy 
ravishda amalga oshiriladigan bu ishga bolalarni tizimli 
(muntazam) kuzatish asosida yondashishni joriy etish, u haqida 
to'liq ma'lumot olish imkoniyatini yaratadi.
12. Pedagogik diagnostika 
(yunoncha - "bilish, "aniqlash" 
ma'nosini anglatadi) - bu muayyan bosqichlarda bolaning 
individual xususiyatlari va rivojlanish istiqbollarini aniqlash 
imkoniyatini beradigan mexanizm.
13. “Men” konsepsiyasi 
- insonning o'z hayotiy faoliyati, 
boshqa kishilar bilan o'zaro aloqalari, o'zi va boshqalarga 
munosabatini shakllantirishga xizmat qiladigan, uning o'zi 
haqidagi anglangan va his etadigan tasavvurlari.
14. Pedagogik strategiya 
- bu bolalarning kutilgan 
maqsadlariga erishishga imkon beradigan pedagog qo'llaydi- 
gan muayyan uslublar yig'indisi.
15. 
Rejalashtirish 
-
bu 
zarur 
shart-sharoit, 
foydalanilayotgan vosita, shakl va uslublarni ko'rsatgan holda, 
ta'lim-tarbiya ishini amalga oshirishning tartibi va ketma- 
ketligini oldindan belgilash jarayoni.
667


16. Bolaga yo'naltirilgan yondashuv - bu bolaning yosh 
xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, talab-ehtiyojlari, 
uning ta’lim maqsadlariga erishish uchun yordam beradigan 
maktabgacha ta'lim muassasasiga kelgunga qadar to'plagan 
tajribasini e'tiborga oladigan ta’lim shakli.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə