N. M. Kayumova


Maktabgacha pedagogika fani bo'yicha izohli lug'at



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə281/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

665


Maktabgacha pedagogika fani bo'yicha izohli lug'at
1.
Yondashuv 
- bu pedagogik faoliyatning o'ziga bog'liq 
bo'lgan g'oyalar, tushunchalar va usullar majmuyini qo'llashga 
undaydigan metodologik yo'naltirish.
2. Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv 
- pedagogning 
butun diqqat-e'tiborini bola shaxsining yaxlitligiga qaratilishi, 
uning nafaqat aql-zakovati, fuqarolik mas'uliyati hissi, balki 
emotsional, estetik, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish 
g'amxo'rlik qilishga yo'naltirilgan yondashuv.
3. Individual yondashuv 
- ta'lim beruvchining guruhdagi 
har bir faol harakati va dam olish paytida barcha ehtiyojlarini 
e'tiborga olish zarurligini anglatadi. Bu guruhdagi barcha 
material va jihozlar, umuman o'qitish muhiti har bir bolaning 
rivojlanishiga xizmat qilishini hamda mo'ljallanayotgan 
faoliyat turlari bolalar rivojlanishidagi farqni e’tiborga olishini 
bildiradi.
4. Ta'limning rivojlantiruvchi muhiti 
- bola rivojlanishi- 
ni ta'minlaydigan shart-sharoitlar (o'yinlar, o'yin predmetlari 
va jihozlari, o'quv-uslubiy qo'llanmalar, bolalarning turli 
faoliyat turlari bilan shug'ullanish uchun mo'ljallangan 
uskunalar) o'zaro bog'liqligini belgilab beradigan hal qiluvchi 
ko'rsatkichlar.
5. Inklyuziv ta'lim 
- har bir bolaning, shu jumladan
alohida talab-ehtiyojga ega bo'lgan bolalarning ta'lim olish 
imkoniyatiga ega ekanini ko'zda tutuvchi ta'lim turi.
6. Model 
(lotincha - me'yor, namuna) - hodisa yoki 
jarayonning tabiat va jamiyatdagi tavsifi.
7. Sifatli pedagogika 
- bolalarni o'yin shaklida qiziqarli 
va zavqlantiruvchi tarzda o'qitish, bolalarning sog'lig'ini (ham 
ruhiy, ham jismoniy) ta’minlash imkoniyatini yaratadigan, 
ularni maktabga muvaffaqiyatli kirishga yordam beradigan 
o'qishga qiziqish va xohish uyg'otadigan dasturlar bo'yicha 
o'qitish, ota-onalarning ijobiy bahosi, o'qitishda ijtimoiy
666


natijalar, salomatlik va tarbiyalanuvchilarning individual 
rivojlanishi.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə