N. M. Kayumova


Metodika uyushmalarining maqsadi



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə276/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

Metodika uyushmalarining maqsadi:
- maktabgacha ta'lim muassasalarining har bir yo'nalish 
bo'yicha turli yosh davrlariga tegishli ta'lim faoliyatini 
muvofiqtashtirish;
- zamonaviy ta'lim-tarbiya berishning innovatsion g'oya 
va yangi pedagogik texnologiyalarni o'rganish va keng targ'ib 
qilish, ilg'or tajriba va ijodiy tashabbuslarni amaliyotga tatbiq 
etish;
- ta’lim muassasalari pedagog va tarbiyachilarining 
kasb mahorati va malakasini oshirish maqsadida mahorat 
maktablari, amaliy mashg'ulotlar, yangi pedagogik, uslu­
biy adabiyotlar, ta'limga oid va didaktik o'yin vositalari 
ko'rgazmasi, seminar-treninglarni muntazam ravishda tashkil 
etish orqali uslubiy yordam ko'rsatishdan iborat.
Metodika uyushmalarining asosiy vazifalari:
1. Maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari tomonidan 
maktabgacha ta'lim yo'nalishiga oid me'yoriy hujjatlar va 
metodik ishlarni o'rganadi hamda ta'lim muassasalarida ta'lim- 
tarbiya jarayoniga tatbiq etish yo'llarini ko'rsatib beradi.
2. Viloyat metodika markazlarida maktabgacha ta'lim 
muassasalarining tajribali pedagoglari tarkibidan yo'nalishlar 
(rahbar, melodist, tarbiyachi, logoped, defektolog, psixolog, 
musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi) bo'yicha trenerlar 
guruhi tashkil etiladi. Trenerlarning har biri o'z yo'nalishi 
bo'yicha yangi i^ietodik tavsiyalar va me'yoriy hujjatlar bilan 
metodik uyushma rahbarlari uchun ikki oyda bir marta 
mashg'ulotlarni tashkil etadi.
3. Tuman (shahar) miqyosidagi ilg'or pedagogik ish 
tajribalarini o'rganadi hamda ulardan eng samaralilarini 
metodika uyushmasi qarori bilan tuman (shahar) bo'yicha 
ommalashtiradi.
657


4. Tuman (shahar} miqyosida ommalashgan innovatsion ish 
uslublariga ega muassasalar ish tajribasini viloyat bo'yicha 
ommalashtirishga tavsiya etadi.
5. Ta'lim muassasalari tarbiyachilarining metodik va 
kasbiy mahoratlarini takomillashtirish maqsadida, ta’lim- 
tarbiya faoliyatining zamon talabiga mosligini, qo'yilgan 
talablarning bajarilishi va ijodiy fikrlarning ta'lim jarayoniga 
to'g'ri yo'naltirilganini kuzatib boradi.
6. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga 
qo'yilgan Davlattalablari»ningyo‘nalishlar bo'yicha ba-jarilishi 
va tayanch dasturining ishlashini ta'minlashga rahbarlik qiladi.
7. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga 
qo'yilgan Davlat talablari»ning ijrosini o'rganish uchun zarur 
bo'lgan test topshiriqlari va boshqa nazorat materiallarini 
tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.
8. Shahar va tumanda tegishli ta'lim yo'nalishining tatbiq 
etish ahvolini o'rganadi, tahlil qiladi. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarning Davlat talablari asosida egallagan malaka va 
ko'nikmalaridagi bo'shliqlarni aniqlaydi va ularni to'ldirish 
yuzasidan chora-tadbirlar belgilaydi.
9. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo'yilgan Davlat talablari» ijrosini ta'minlash, ta'lim sifat 
va samaradorligini oshirish, taTim-tarbiya jarayonini ilg'or 
pedagogik texnologiyalar bilan boyitish, unga yangi innovatsion 
g'oyalarni tatbiq etishga ko'maklashuvchi tavsiyalar ishlab 
chiqadi va ularni ta'lim muassasalariga yetkazadi.
10. Tuman (shahar) miqyosida tegishli ta'Hmyo'nalishlarining 
metodik ta'minotga bo'lgan ehtiyojini aniqlaydi.
11. "Ilk qadam" dasturi, metodik qo'llanma va boshqa yangi 
metodik nashrlar, shuningdek, taTim-tarbiya jarayo- niga doir 
ilmiy maqolalarni o'rganadi va muhokama qiladi.
12. Maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari ko'rsatmasi 
bilan sohaga oid yaratilayotgan yangi dastur, qoTlanmalarni 
tahlil qiladi va asoslangan xulosalar taqdim etadi.
658


13. Maktabgacha ta’lim muassasalarini maxsus sanitariya- 
gigiyena talablari asosida jihozlanishiga metodik yordam 
beradi.
14. Tuman (shahar) miqyosida tegishli yo'nalish bo'yicha 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilg'or ish tajribalarini 
o'rganishga yo'naltirilgan o'quv-metodik seminarlarni tashkil 
etadi.
15. Tuman (shahar) miqyosida tarbiyachilarning uzluksiz 
malaka va mahoratlarini oshirib borishlarini ta'minlaydi.
16. Tuman (shahar) maktabgacha ta'lim muassasalarining 
ilg'or pedagogik tajribalari, ijodkor tarbiyachilari haqida 
axborotlar bazasini tashkil etadi.
17. Ta'lim muassasalarida turli yo'nalishdagi to'garaklar 
faoliyati va noan'anaviy guruhlarning ishlarini o'rganadi, 
ularga tegishli yordam ko'rsatadi.
18. Tuman (shahar) miqyosida o'tkaziladigan ikkinchi 
bosqich ko'rik-tanlovlarni o'tkazishga yordam beradi.
19. Ta'lim muassasalarining yangi o'quv-uslubiy adabiyotlar 
bilan ta'minlanishini nazorat qiladi.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə