N. M. Kayumova



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

METODIK BIRLASHMALAR
Metodik birlashmalar - maktabgacha ta'lim muassasalari 
faoliyatiga oid eng dolzarb masalalar muhokama etiladigan va 
hal qilinadigan uslubiy tuzilmalardir.
Metodik birlashmalarning asosiy vazifasi - pedagog va 
tarbiyachilarning ijodiy faolligini oshirish va yangilikka
654


intilishlarini qo'llab-quvvatlash, o'z ishiga tanqidiy munosa- 
batda bo'lish va xolisona baho berish ko'nikmasini shakllan- 
tirish, zimmasidagi vazifalarga yuksak mas'uliyat hissini 
qaror toptirish, kasb mahorati va malakasini uzluksiz oshirib 
borishga yo'naltirishdan iborat.
Metodik birlashmalar butun o'quv yili davomida (sentyabr- 
dan maygacha) faoliyat olib boradi. U turli toifadagi pedagog- 
tarbiyachilar, 
musiqa 
rahbarlari, 
mudiralar faoliyatini 
takomillashtirish, ularning kasb mahorati va malakasini 
oshirish maqsadida tashkil etiladi.
Bizning fikrimizcha, maktabgacha ta'lim muassasalari 
soni ko'p bo'lgan yirik tumanlarda bunday birlashmalarni 
bo'lim (yoki bir necha bo'lim) shaklida tashkil etish maqsadga 
muvofiq bo'lar edi. Har bir bo'limda 18-20 maktabgacha ta'lim 
muassasalari kiradi.
BirIashmaningishlashmuddati,faoliyatdoirasivavakolatlari 
Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Odatda, 
uning yig'ilishlari 2 oyda bir marta o'tkaziladi.
Metodik birlashma tarkibini shakllantirishda pedagoglar- 
ning ish staji, kasb mahorati va malakasi e'tiborga olinadi. 
Masalan, mudiralar uchun tashkil etilgan metodik birlashma 
tarkibiga kiritiladigan pedagoglar (yirik tumanlar uchun) 
oliy ma'lumotli, besh yil va undan ziyod ish stajiga ega bo'lishi 
zarur:
O'rta va maxsus ma'lumotga ega va ish staji kam bo'lgan 
mudiralar va metodistlar uchun ham metodik birlashmalar 
shunday tartibda tashkil etiladi.
Tarbiyachilar uchun metodik birlashmalar tashkil etishda 
esa ularning joriy yilda qaysi yoshdagi bolalar guruhida 
ishlagani e'tiborga olinadi.
Metodik birlashmalarning ko'rgazmali qurollar va yangi 
uslubiy adabiyotlar ko'rgazmalarini tashkil etish borasidagi 
faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi.
655


Metodik birlashma ishining samarasi uning faoliyati 
maktabgacha ta’lim bo'limi va metodika kabineti tomonidan 
qay darajada boshqarilayotganiga ham bog'liq.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va 
tumanlar metodika kabinetlari metodika birlashma rahbari 
va xodimlari malakalarini oshirish ishini yo'lga qo'yadi, 
jumladan, bir yilda 2-3 marta uslubiy birlashmani tashkil etish 
va rejalashtirish, uni boshqarish, zamonaviy fan yutuqlari, 
ilg'or tajribalarni o'rganish va tatbiq etish kabi mavzularda 
seminarlar tashkil etadi.
Shahar, tuman maktabgacha ta'lim bo'limlari metodika 
kabineti reja tuzish, ma'ruzalar tayyorlash, turli ko'rgazmalarni 
tashkil etishda birlashmalar rahbarlariga yordam beradi.
Maktabgacha ta'lim bo'yicha tayyorlangan barcha uslubiy 
ishlanma va qo'ilanmalar, amaliy taklif-tavsiyalar, avvalo, 
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligiga 
taqdim etiladi. Ular vazirlik tomonidan ko'rib chiqilib, 
tasdiqlangandan so'ng maktabgacha ta'lim muassasalariga 
tarqatiladi.
Metodik kabinet o'z oldidagi vazifalarni hal etishda 
materialning mazmun-mohiyatiga, belgilangan talablarga ja- 
vob berishi, o'tkazilayotgan tadbirlarda, xususan, seminarlarda 
yangi uslubiy ishlanmalar, adabiyotlar muhokamasiga alohida 
e'tibor berishi lozim.
Uslubiy-pedagogik yig'ilishlar asosan ilk yosh guruhlari 
tarbiyachilari uchun o'tkaziladi. Ularda, asosan, bolalarning 
jismoniy-fiziologik, ruhiy va aqiy rivojlanishi masalalari 
muhokama qilinadi. Bunday yig'ilishlar 1 yoshdan 2 yoshgacha 
guruhlarda har oyda, 2 yoshdan 3 yoshgacha guruhlarda har 
chorakda 1 marta o'tkaziladi. Yig'ilishlarda mudira, metodist 
va tarbiyachilardan tashqari, shifokor, katta hamshira ham 
ishtirok etadi.
Metodik birlashma faoliyati metodist tomonidan nazorat 
etiladi.
656


Mamlakatimiz hududidagi barcha maktabgacha ta'lim 
muassasalari faoliyatini uslubiy ta'minlash va tashkil etish 
tuman (shahar) bo'limi tizimida maktabgacha ta'lim yo'na- 
lishi bo'yicha metodika uyushmalari faoliyat yuritadi.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə