N. M. Kayumova


В./ В./ B./ TEXNOLOGIYASI



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə274/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

В./ В./ B./ TEXNOLOGIYASI
MAVZU SAVOLLARI
BILAMAN BILDIM
BILISHNI
XOHLAYMAN
Maktabgacha
ta'lim kabineti
652


Tashkil iy-pedagogik
jarayonlar
Metodik kabinet
T a'lim-tarbiyaviy
va metodik ishlarga
rahbarlik
Nazorat qilish usuli
ota-onalar va
jamoatchilik bilan
ishlash uslublari
TUMAN MAKTABGACHA TA'LIM METODIKASI
KABINETINING ISH MAZMUNI VA VAZIFALARI
Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining 
sohaga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar, Maktabgacha ta'lim 
vazirligi, boshqarmalari va bo'limlari tomonidan chiqarilgan 
qarorlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida besh yilga 
mo'ljallangan istiqbol rejasi tuziladi.
Yillik rejada metodika kabinetining har bir o'quv yiliga 
taalluqli faoliyati aks etadi.
Chorak va oylik rejalarida yillik reja belgilangan 
vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd etiladi.
Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining 
yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni bosqichma- 
bosqich, mazmunli tashkil etilishini ta'minlash kerak. Bunda 
asosiy e'tibor o'quv, ta’lim-tarbiya yo'nalishidagi faoliyatini 
o'rganish, maktabgacha ta’lim muassasalarida uslubiy ishlarni 
tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, metodist, 
tarbiyachilarga o'quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa 
tarbiyasi bo'yicha uslubiy yordam ko'rsatish muassasalarda 
kasalliklarning oldini olish va profilaktikasini yo'lga qo'yish,
653


yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam 
bo'lgan muassasalar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to'g'ri 
va samarali tashkil etish kabi masalalarning bajarilishiga 
qaratiladi.
Rejada maktabgacha ta’lim muassasalarini maqsadli, 
birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o'rin tutadi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi 
va mazmuniga bog'liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim 
muassasalari faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan 
jarayonlardan doimo xabardor bo'lib turishni ta'minlaydi. 
Ta'kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha muassasalarni 
qamrab olishi kerak.
Rejada maktabgacha ta'lim muassasalari soni va nomi 
ko'rsatiladi. Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta'lim 
metodikasi kabinetining asosiy vazifasi - pedagogika va boshqa 
ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, 
ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va 
tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining 
kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma 
va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam 
berishdan iborat.
Bu o'rinda tuman Maktabgacha ta’lim bo'limi tomonidan 
tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilg'or pedagoglarning 
uslubiy birlashmalar, seminar mashg'ulotlari, ma'ruzalar va 
boshqa anjumanlarni tashkil etish borasidagi sa'y-harakatlari 
maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va 
takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə