Nafas olish sistemasi kasalliklari kashandalik


Нафас олиш системаси нерв системаси томонидан 2 хил бошқарилади: ўз-ўзидан (эркин) ва эркин эмас



Yüklə 15,87 Kb.
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü15,87 Kb.
#180800
1   2   3   4   5
kashandalik

Нафас олиш системаси нерв системаси томонидан 2 хил бошқарилади: ўз-ўзидан (эркин) ва эркин эмас.


Krupoz zotiljamda parenximatoz organlarda distrofik o’zgarishlar, tomirlar giperemiyasi rivojlanadi.
Krupoz zotiljami asoratlariga shikastlangan bo’lakda abssess, ba'zan o’pka gangrenasi paydo bo’lishi kiradi.
Bir qator holatlarda fibrinozli ekssudat so’rilmasdan qo’shuvchi to’qimaga o’tishi, uning organlanishi kuzatiladi. Bu asorat o’pka karnifikasiyasi deb ataladi.
Bunda o’pka qattiqlashadi, go’shtsimon bo’lib qoladi. Plevraning fibrinoz yallig’lanishi fibrinnoz — yiringli yallig’lanishga aylanishi, yiring plevra bo’shlig’ini to’ldirib plevra empiyemasi asoratini berishi mumkin.
Infeksiyani o’pkadan gemotogen yoki limfogen tarqalishida turli organlarning yirjngli yallig’lanishlari paydo bo’lishi mumkin: mediastinit, perikardit, endokar-dit, meningit va hokazo.
Krupoz zotiljamida o’lim yurak-o’pka yetishmov-chiligidan yoki paydo bo’lgan asoratlardan kelib chiqadi.
1-rasm. Nafas a'zolarining tuzilisbi. 1- burun bo'shlig'i; 2- halqum; 3- hiqildoq; 4- kekirdak (traxeya); 5¬bronxlar; 6- bronxiolalar (mayda bronxlar); 7- alveola pufakchalari; 8- alveola bo'shlig'i; 9- alveolalar atrolini o'rab turgan mayda

O’TKIR BRONXIT


O’tkir bronxit turli infeksion ko’zg’atuvchilar ta'sirida kelib chiqadi. Bu vaqtda shamollash, changlangan havodan nafas olish yoki tananing turli travmalari natijasida organizm himoyalanish qobiliyatining pasayib ketishi katta rol o’ynaydi.
Odatda bronx va bronxiolalar yallig’lanishi kataral xarakterga ega bo’ladi, ammo ekssudat serozli, shilliqli, yiringli, fibrinozli yoki aralash bo’lishi mumkin. Bronx-larning shilliq qavati giperemiyalashadi, hosil bo’luvchi shilliq miqdori ortadi. Kiprikli tebranuvchi epiteliya o’z muylarini yo’qotadi, sidiriladi va bu bronxlardan shilliq ajralib chiqib ketishini qiyinlashtiradi.
Bronx devorida shish rivojlanadi va unga limfositlar, plazmatik hujayralar, neytrofil leykositlar shimiladi. Chiqarib tashlanishi buzilishi natijasida to’planib qolgan shilliq o’tkir infeksiya qo’zg’atuv-chilari bilan birgalikda bronx daraxtining pastki qismlariga tushadi va bronxiolalarni berkitib qo’yadi.

Yüklə 15,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə