Nafas olish sistemasi kasalliklari kashandalik



Yüklə 15,87 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü15,87 Kb.
#180800
1   2   3   4   5
kashandalik

SURUNKALI BRONXIT


Surunkali bronxit uzoqqa cho’zilgan o’tkir bronxit asorati sifatida rivojlanadi. Uning sababchilari infeksiya qo’zg’atuvchilari, biroq shuningdek bronxlarni fizik, ximik moddalar bilan uzoq vaqt ta'sirlanishi bo’lishi mumkin.
Barcha bronxial daraxtning diffuz (yoyilgan) shikastlanishi xarakterli bo’ladi. Bu vaqtda ekssudativ yallig’lanish, (kataral-shilliq, kataral-yiringli) vaqt o’tishi bilan asosan mahsuldor xarakterga ega bo’lib qoladi.
Surunkali bron-xitda bronxlarning shilliq qavati giperemiyalashadi, uning hamma qavatlari limfositlar, neytrofil leykositlar, makro-faglar bilan shimiladi.
Epiteliyasi asta sidirilib tushadi, bezlar atrofiyaga uchraydi, ko’pincha tukli epiteliya ko'p qavatli yassi epiteliyaga aylanadi (metaplaziya).
Bronx devorida kechuvchi surunkali yallig’lanish mushak tolalari va nerv oxirlarini distrofiyasiga, elastik qobiqni atrofiyasi yoki yo’qolishiga olib keladi.
Bu o’zgarishlar natijasida bronx peristaltikasi pasayadi va u o’z drenaj funksiyasini, ya'ni shilliq va ekssudatni chiqarib tashlash vazifasini bajara olmay qoladi. Shilliqli — yiringli ekssudat bronxlarda turib qoladi, ularda saqlanuvchi mikroblar yallig’lanishni davom ettiradi.

O’PKA EMFIZEMASI


O’pka emfizemasi bir vaqtning o’zida kechuvchi sklerozning kuchayishi bilan ortib boradi va alveolalar hajmining va ulardagi saqlanuvchi havoning ko’payishi bilan ta'riflanadi.
Yetarlicha uzoq vaqt va kompensator ahamiyatga ega bo’lib havosiz yallig’lanish o’cboqlari, atelektazlar, o’pka parenximasi sklerozi maydoni atrofida paydo bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan emfizema bo’lgan joylarda o’pka to’qimasi elastiklik xususiyatini yo’qotadi, alveolalar o’rtasidagi to’siqlar yoriladi va sklerozga uchraydi.
Bularning hammasi o’pkada sklerotik maydonni umumiy hajmini ko’paytiradi. Pnevmoskleroz rivojlanadi va u kichik qon aylanish doirasida arterial bosimni ortishi bilan birgalikda kechadi. U yurakning o’ng qismida doimiy ortiqcha ishlashiga sababchi bo’ladi, buning oqibatida u gipertrofiyaga uchraydi va «o'pka yuragi» rivojlanadi.
1-rasm. Nafas a'zolarining tuzilisbi. 1- burun bo'shlig'i; 2- halqum; 3- hiqildoq; 4- kekirdak (traxeya); 5¬bronxlar; 6- bronxiolalar (mayda bronxlar); 7- alveola pufakchalari; 8- alveola bo'shlig'i; 9- alveolalar atrolini o'rab turgan mayda kapillyar qon tomirlar; 10- plevra pardasi; 11- diafragma.

Yüklə 15,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə