Nahj ul-farodis


Tadqiqot obyekti va predmeti



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə7/22
tarix23.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#157239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Mahmud Ali Kadariy shablon tayyori

Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti sifatida Mahmud Ali Kardariy “Nahj ul-farodis” asarining Anqarada 2004-yilda nashr qilingan I va II jildlari va Turkiyaning Istambul shahridagi Sulaymoniya kutubxonasida 879 inv. Raqami ostida saqlanayotgan “Yangi Jome” nusxasi tanlangan.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari: MD ishining asosiy maqsadi Mahmud Ali Kardariy “Nahj ul-farodis” matniy tadqiq etish, matnshunoslik va adabiy manbashunoslik nuqtai nazaridan oʼrganish, asarning yaratilish tarixi va o‘rniga e`tibor qaratish, qo’lyozmalarni o ‘zaro solishtirish va ularni izohlash. “Nahj ul-farodis” tadqiqi mavzusi muqaddas Islom dini asosida yuksak maʼnaviyatga ega boʼlgan komil insonni tarbiyalash, sogʼlom eʼtiqod va maʼrifat orqali teran tafakkurga, goʼzal xulqqa targʼib qilishdagi o‘rni va rolini belgilashdan iborat. Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi ishlarni amalga oshirishga harakat qildik:
- Mahmud Ali Kardariy “Nahj ul-farodis” asarining turli yillarda amalga oshirilgan nashrlarini qiyosiy o‘rganish;
- nusxalardagi matniy tafovutlarni aniqlash va tasniflash;
- asar qo`lyozmalaridagi yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish;
-asar qo‘lyozmalaridagi xato va kamchiliklarni topib, izohlash
- hadis va oyatlar ma`nosini to‘g‘ri izohlash
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. “Najh ul-farodis” da sahobalar, to‘rt nafar sun’iy mazhabboshi imomlar haqida ma’lumot hamda Alloh taologa yaqinlashtiradigan – xayrli va Undan uzoqlashtiradigan – munkar amallar tavsifiga bag‘ishlangan alohida bob va fasllarning mavjudligi asarning muhim fazilatlaridan biridir. Ushbu asarni ilm olamiga tanilishida Janos Eckmann va turk olimlari Semih Tezjan va Hamza Zulfiqorlarning alohida xizmati bor.Bizning malakaviy bitiruv ishimiz yuqorida aytib o‘tilgan tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan qo‘lyozmalar, ularning nashrlari, matniy farqliklar, arab yozuvidagi so‘zlarning ikki xil o‘qilishi asosida vujudga kelgan farqliklar shuningdek mavjud nusxalarning matniy tadqiqiga bag’ishlangan bo‘lib, bular ishning ilmiy yangiligi hisoblanadi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə