Nahj ul-farodis


“Nahj ul-farodis” yaratilishi va o‘rganilishi tarixi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə9/22
tarix23.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#157239
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Mahmud Ali Kadariy shablon tayyori

1.1 “Nahj ul-farodis” yaratilishi va o‘rganilishi tarixi
“Najh ul-farodis” (“Jannatlarning ochiq yo‘li”) – XIV asrda turkiy tilda bitilgan musulmonchilikka asoslangan muhim axloqiy masalalardan bahs etuvchi, noyob adabiy manbadir. Uning ilm olamiga tanitilishida vengriyalik olim Janos Eckmann va turk olimlari Semih Tezjan va Hamza Zulfiqorlarning alohida xizmati bor. Janos Eckmann sa’y-harakati bilan Turkiyaning Sulaymoniya kutubxonasi saqlanayotgan “Nahj ul-farodis” noyob qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratildi. Uning o‘rganilishi tarixi xususida olimning muhim ilmiy ahamiyatga molik “Kirish” maqolasi va Semih Tezjan, Hamza Zulfiqorlar tomonidan asarning Janos Eckmann tayyorlagan faksimile nusxasi, uning lotin yozuvidagi transliteratsiyasi chop etildi [Nehcül-Feradıs, 2004.]. J.Eckmann maqolasida 879-raqam ostida saqlanuvchi “Najh ul-farodis”ning “Yangi Jome” nusxasi deb ataluvchi bu qo‘lyozmani ilk bor Ahmad Zakiy Validiy kashf etgani, “Xorazmda yozilgan eski turkcha asarlar” maqolasida asar va uning muallifi xususida quyidagilarni bildirganini qayd etadi: “Bu kitobning muallifi xorazmlik bir zotdir. Tili sof Xorazm turkchasida va uning muallifi (hijriy) 761-yilda vafot etgandir. Bu esa muallifning ham xorazmlik ekanligiga dalolat qiladi” [Eckmann, Jenos. 2004]. J.Eckmann maqolada ushbu ma’lumot asarning til xususiyatlari bilan yaqindan tanishgan tadqiqotchi tomonidan bildirilganiga e’tibor qaratadi. Tatar olimi Shahobiddin Marjoniyning “Kitabu mustafedi al-ahbar fi ahvali Qozon va Bulg‘or” nomli tarixiy kitobida asar muallifining “Mahmud bin Ali as-Saroiy menshen va al-Bulg‘oriy mevlevi...” tarzıda tanıtganını Ahmad Zakiy Validiy fıkrlarıga tayanıb inkor etadi. Ma’lum bo‘ladiki, “Bulg‘oriy” nisbasi asarning boshqa bir qo‘lyozmasini ko‘chirgan kotibga tegishlidir. [Eckmann, Jenos. 2004, III-XII]. Shunday qilib, Mahmud Ali borasida Ko‘hna Urganch shahrining shimoli-sharqida joylashgan hozirgi Qoraqalpog‘iztonning Chimboy va Nukus shaharlari orasidagi qadimgi madaniy markazlardan biri bo‘lgan Kadar shahrida tavallud topgani haqida muayyan qo‘nimga kelinadi.
Asarning “Qissasi Rabg‘uziy” bilan bir asrda va bir hududda (Oltin O‘rda va uning atrofi) yozilganligi, “Najh ul-farodis” ham “Qissasi Rabg‘uziy” kabi anbiyolar hayotining ibrat qilib ko‘rsatish ruhida yozilgan nasriy asar ekanligi uning ahamiyatini yanada oshiradi. Shu bilan bir qatorda “Najh ul-farodis”da qo‘shimcha ravishda sahobalar, to‘rt nafar sun’iy mazhabboshi imomlar haqida ma’lumot hamda Alloh taologa yaqinlashtiradigan – xayrli va Undan uzoqlashtiradigan – munkar amallar tavsifiga bag‘ishlangan alohida bob va fasllarning mavjudligi asarning muhim fazilatlaridan biridir. “Qisasi Rabg‘uziy”ning Nosiruddin To‘qbo‘g‘abek taklifiga ko‘ra yozilganligi ma’lum. Bir davr va bir ijtimoiy-siyosiy muhitda mazmunan bir-biriga o‘ta yaqin ikki mashhur asarning yaratilishi va keng tarqalishi o‘sha davrdagi hukmdor qatlam bo‘lgan chingiziy sultonlar tomonidan Islom diniga yuksak e’tibor qaratilganligi va ayni paytda O‘rta Osiyo va uning atrofida anbiyolar qissasiga bag‘ishlangan asarlarga ehtiyoj katta bo‘lganligini ko‘rsatadi. Chunki Xorazmshohlar saltanati qulagandan keyin u bilan birga gulkirab rivojlangan Islom madaniyatiga ham jiddiy talofot yetdi va orada katta madaniy-ma’rifiy, ilmiy-axloqiy bo‘shliq paydo bo‘ldi. Bu bo‘shliqni to‘ldirish ehtiyoji va hukmdor chingiziy sulola tomonidan Islom dinining qabul qilinib, uning rivojiga e’tibor qaratishi bunday asarlarning yaratilishiga qulay vaziyat tayyorladi. Mazkur asarlarning yana bir o‘ziga xosligi shundaki, unda badiiy ruh ustuvorligi sezilib turadi. Chunki sof diniy ruhda yozilgan asarlarda voqea va hodisalarni bayoni aniq, sahih hujjatlarga asoslangan holda beriladi. Lekin bu asarda masalaning ilmiy tomoniga nisbatan badiiy, axloqiy-ta’limiy tomoniga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Uning “Najh ul-farodis” “Jannatlarning ochiq yo‘li” deb atalishi ham unda axloqiy-ta’limiy mohiyat kasb etuvchi badiiyat namunalarining kiritilishiga bois bo‘lgan.
“Najh ul-farodis”da musulmon mintaqa adabiyotida shakllangan axloqiy-ta’limiy asarlarga xos muayyan bir masalani o‘quvchiga hissiy-ta’sir kuchini oshirib yetkazish adabiy niyati bilan o‘sha masalaga oid hikoyat va rivoyatlarga o‘rin berilgan. Bu uning adabiy manba sifatidagi qimmatini oshirishga va uning o‘quvchilar ko‘nglidan o‘rin olishiga omil bo‘lgan. Chunonchi, asarda “Imom Molik (r.a.)ning fazilati bayonida” (2-bob 9-fasl) “Ibrohim (a.s)ning Alloh nima uchun do‘st qilib olganligi”, “Tun-u kun ibodat qilish fazilati bayonida” (3-bob 9-fasl) “Robiyat ul-Adaviya” , “Nohaq qon to‘kish ofati bayonida” (4-bob 1-fasl) “Qobil va Hobil”, “Imom Voqidiy”, “Muso (a.s)”, “Hajjoji zolim”, “Dunyoni sevish bayonida” (4-bob 6-fasl) “Molik ibn Dinor”, “Fuzayl (r.a.)”, “Gina va hasad bayonida” (4-bob 8-fasl) “Zakaryo (a.s.)” singari hikoya va rivoyatlar keltiriladi. Fasllarning bunday hikoyat va rivoyatlar bilan ziynatlanganligi asar muallifining yaxshigina badiiy mahoratidan darak beradi.
“Nahj ul-farodis”ning so‘nggi – qirqinchi fasli Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilingan hadis bilan nihoya topadi. Undan so‘ng, muallif yoki kotib tomonidan yozilganligi aniqlanmagan munojotiga o‘rin beriladi. Kitobning kolofon qismida kotib tomonidan keltirilgan ma’lumotlar ham asarning muhim jihatlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi. Jumladan, unda kitobning 761-yil jumadul avval oyining 6-kunida (milodiy 26-mart 1360-yilda) bomdod namozi vaqtida bitib tugatilgani, kitob musannifining oldingi yakshanba kuni dorulfanodan dorulbaqoga rixlat qilgani ma’lum qilinadi. Muhimi shundaki, kotib “Imom Jarulloh” deya ulug‘langan Imom Zamaxshariyning “Al-Kashshof”, Imom Ma’oniy Isfahoniy (r.h)ning “Tafsir”, shuningdek, yana bir qator ulamo-yu mashoyixlarning hikoyatlari asar uchun manba bo‘lganini, bulardan tashqari, Imom Abu Tolib Makkiyning “Quvvat ul-qulub”, Imom Firdavsiyning “Mujtaliy” va uning sharhidan ham foydalanilganini ma’lum qiladi [Nehcül-Feradıs, 2004, 443-444]. Ushbu ma’lumotlar asarda nihoyatda muhim bo‘lgan masalalar qalamga olingani va u o‘z davri nasrining noyob muhim manbasi bo‘lganidan dalolat beradi.
“Nahj ul-farodis”ning noyob qo‘lyozmasi asosida uning lotin yozuvidagi nashrini amalga oshirgan Janos Eckmann Turkiya turkchasini yaxshi bilgan mutaxassis bo‘lgani bois asarning transliteratsiyasida ham shu til unsurlariga ko‘p berilganligi kuzatiladi. Boz ustiga, qo‘lyozmadagi diakretik belgilarning keyinchalik boshqa rang – qizilda qo‘yilgani ham lotin yozuvdagi matnda asl matndan shunday farqli jihatlarni vujudga keltirgan. Asarning matniy tadqiqini amalga oshirib, uni ilmiy o‘rganish bu noyob adabiy manbaning qator fazilatlarini aniqlashtirish imkonini hosil qiladi.
Asarning “Qissasi Rabg’uziy” bilan bir asrda va bir hududda (Oltin O‘rda va uning atrofi) yozilganligi, “Najh ul-farodis” ham “Qissasi Rabg’uziy” kabi anbiyolar haqidagi nasriy asar ekanligi uning ahamiyatini yanada oshiradi. Shu bilan bir qatorda “Najh ul-farodis” da qo‘shimcha ravishda sahobalar, to‘rt mazhabboshi imomlari haqida ma’lumot hamda xayrli va munkar amallar tavsifiga bag’ishlangan alohida bob va fasllarning mavjudligi asarning qiymatini yanada ko‘taradi. Bizga “Qisasi Rabg’uziy” ning N. To‘qbo‘g’a taklifiga ko‘ra yozilganligi ma’lum. Bir davr va bir ijtimoiy-siyosiy muhitda mazmunan bir-biriga o‘ta yaqin ikki mashhur asarning yaratilishi va keng tarqalishi o‘sha davrdagi hukmdor qatlam bo‘lgan chingiziy sultonlar tomonidan Islom diniga yuksak e’tibor qaratilganligi va ayni paytda O‘rta Osiyo va uning atrofida anbiyolar qissasi yoritilgan asarlarga ehtiyoj katta bo‘lganligini ko‘rsatadi. Chunki Xorazmshohlar saltanati qulagandan keyin u bilan birga gulkirab rivojlangan Islom madaniyatiga ham jiddiy talofot yetdi va orada katta madaniy-ma’rifiy, ilmiy-axloqiy bo‘shliq paydo bo‘ldi. Bu bo‘shliqni to‘ldirish ehtiyoji va hukmdor chingiziy sulola tomonidan Islom dinining qabul qilinib, uning rivojiga e’tibor qaratishi bunday asarlarning yaratilishiga qulay vaziyat tayyorladi. Mazkur asarlarning yana bir o‘ziga xosligi shuki, ular sof diniy asarlar bo‘libgina qolmay, o‘zida badiiy ruhni akslantirgan diniy-badiiy asarlardir. Chunki sof diniy ruhda yozilgan asarlarda voqea va hodisalarni bayoni aniq, sahih hujjatlarga asoslangan holda beriladi. Lekin bu asarlada masalaning ilmiy tomoniga nisbatan badiiy, axloqiy-ta’limiy tomoniga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Uning “Najh ul-farodis” ya`ni “Jannatlarning ochiq yo‘li” deb atalishi ham unda axloqiy-ta’limiy mohiyat kasb etuvchi badiiyat namunalarining kiritilishiga bois bo‘lgan.
O‘rta Osiyo zaminidan butun Islom olamiga mashhur bo‘lgan yetuk allomalar yetishib chiqqan. Masalan, Imom al-Buxoriy, Imom Motrudiy, Imom Zamaxshariy, Imom Marg’iloniy kabi allomayi zamonlar bugungi kunga qadar dunyo musulmonlari uchun darstur ul-amal bo‘lib kelayotgan asarlarni meros qoldirganlar. Lekin bu asarlar arab tilida bo‘lib ularni o‘qib anglash maxsus ilmiy saviya talab qilgan bu sababdan avom xalqning bu asarlardan bevosita foydalana olishi amalda qiyin bo‘lgan. Shuning uchun ham o‘sha davrda oddiy xalqning diniy bilim va saviyasini oshirish, ularni Islomiy xulq-atvor bilan xulqlantirish vazifasini turkiy tilda yaratilgan mana shunday asarlar bajarib bergan. Ularning sodda hikoya va rivoyatlar ko‘rinishida bayon etilishi ularning xalqchilligini oshirgan. Bu esa kitoblarning ko‘plab nusxalari yaratilishini va ularning ayrimlari bugungi kunimizga qadar yetib kelishini ta’minlagan. Turkiy xalqlar asos solgan markazlashgan davlatlarning ta’sirida bugungi Sharqiy Yevrova, Hind-u Xitoy, Kavkaz, Mo‘g’uliston hududlarigacha Islom dini kirib borgan. Bu esa turkiy dunyoda Islom madaniyati yuksak darajada bo‘lganligini, diniy-badiiy ruhdagi asarlar yaratilishiga keng imkoniyat bo‘lganligini anglatadi. Shuning uchun ham turkiy tilda yozilgan bunday asarlar dunyoning ko‘plab nuqtalariga tarqalgan. Buni yuqorida aytganimizdek, Marjoniy xabar bergan nusxaning bulg’or tilida ekanligidan, yoki Sulaymoniya kutubxonasida saqlanayotgan Yangi Jome nusxasining ilk sahifasidagi qaydga ko‘ra asar bir qancha vaqt Misrda Muhammad Beyning kutubxonasida saqlanganligidan bilishimiz mumkin.
Asarga bugungi kunga qadar olimlar tomonidan katta qiziqish bilan qaralmoqda va uning nafaqat badiiy, tarixiy, diniy-axloqiy tomonlari, shu bilan birga til xususiyatlari ham o‘rganilmoqda. Hatto asar faksimeliya, transletiratsiya ko‘rinishida nashr etilmoqda. Masalan, asar “Nehcül-Feradis (Cennetlerin açık yolu)” nomi ostida Turkiyada 3 jildli kitob ko‘rinishida nashr qilingan: I jild – faksimeliya, II jild – trasliteratsiya (lotin yozuvida), III jild esa asarning izohi va so‘zlar lug’ati (turk tilida). Bizning qo‘limizda ushbu asarning Anqarada 2004-yilda nashr qilingan I va II jildlari mavjud.
Muallif ba’zi mashhur rivoyatlarni o‘z maqsadiga ko‘ra qisqartirgan yoki kengaytirgan. Masalan, zino faslida keltirilgan Yusuf va Zulayho haqidagi hikoyat Zulayhoning eri Yusufning ko‘ylagini ortdan yirtilganini ko‘rib, Zulayhoni tavbaga Yusufni bu ishni unutishga chaqirishi bilan tugallanadi.
Asarning so‘nggi fasli bo‘lmish “اونج فصل اوزاق اومينج توتماق آفتى نينك بيانى اجيندا ” “Uzun orzu qilishning ofati ” fasli Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadis bilan nihoya topadi. Undan so‘ng muallifning munojoti boshlanadi.


443- bet
Tabdil holati quydagicha:
اى بار خدايا قجان كيم بو حال بيز ميسكن لاركا كلور بولسا سينينك رحمتينك ومغفرتينك فريشته لارينكنى بيزكا ايدا بيركيل تقى عداب فريشته لارينى بيزدين يراق قيلغيل تقى اول حالدا تيليميزنى كلمهء طيبة بيرلا مزين قيلغيلتقى اول كور ايجيندا وخشت دين بيزنى سن سقلاغيل روحوريحان وغفرانبيرلا بيزلارنى مشرف قيلغيل تقى قيامت بولميشتا آمنا وصدقنا سنينك بحاررحمتينك اجيكا بيزلارنى مستغرق قيلغيل تقى آتالاريميزنى تقى آنالاريميزنى تقى اوستادلاريميزنى تقى جمله اقربا وعشايرلاريميزنى سن يارليقاغيلتقى كرم بى غايتينك بيرلا جمله امة محمد نى صدر جناندا سن اورون بيركيل تقى لطف بى نهايتينك بيرى آدم دين قيامتقا تكى كيم كيم سينى بيرلاديلار تقى بيغانبرلاينكنى راست قا توتى لار جمله سينى سن يرليقاغيل
Ya’ni, ey bor Xudoyo, qachonki bu hol (ya’ni o‘lim) biz miskinlarga kelar bo‘lsa, Sen rahmat va mag’firat farishtalaringni bizga ida bergin , azob farishtalaringni bizdan uzoq qilgin. U paytda tilimizni kalimayi tayyiba bilan muzayyin qilgin va qabr ichidagi vaxshatdan bizni o‘zing saqlagin. Ravhu-rayhon va g’ufron bilan bizlarni musharraf qilgin. Qiyomat kunida bizni rahmat dengizingga g’arq qilgin. Ota-onalarimiz va ustozlarimiz hamda jumla aqrabo va ashayirlarimizni sen yorlaqagin va karaming ila jumla ummati Muhammadiyaga sadri jinaningda o‘rin bergin. Lutfi benihoyating bilan Odamdan to qiyomatgacha kelgan jami payg’ambarlarni va seni tanitganlarni rostqa tuttilar jumlasini Sen yorlaqagin.
Kotib tomonidan berilgan xotimat ul-kitobda ham ba’zi muhim ma’lumotlar mavjud. Xotimat ul-kitob 443-betning 15-qatoridan boshlanadi.
Ya’ni, bu kitob 761-yil jumadul avval oyining 6-kunida (milodiy 26-mart 1360-yilda) (kitabati qushluq) bomdod namozi vaqtida bitdi. Yana bu kitobning musannifi yakshanba kuni dorulfanodan dorulbaqoga rixlat qildi. Ammo bu kitobni jam qiluvchi (ya’ni kotib) bunday deydikim: bu kitobda keltirilgan bazi gaplarni Imom Jarulloh (Imom Zamaxshariy) o‘zining “al-Kashshof” asarida naql qilgan, yana Imom Ma’oniy Isfahoniy (r.h) o‘zining “Tafsir”ida naql qilgan. Bu kitobda bir faslning avvalida Payg’ambar alayhis-salomdan bir hadis rivoyat qilinganki, ushbu hadisda bu kitob (Najh ul-farodis)ning nomi zikr qilingan. (O‘ngin) bu kitobdagi hadislar yuqorida keltirilgan kitoblardan olingan. Yana ulamolarni, mashoyixlarni va ularning hikoyatlari ham keltirilgan. Musannif jumladan, Imom Abu Tolib Makkiyning “Quvvat ul-qulub” , Imom Firdavsiyning “Mujtaliy” va uning sharhidan ham naql qilgan. Va yana Imom Voqidiyning “Mag’osiy” nomli kitobidan ham naql qilgan. Ammo bu kitobni o‘qiganlardan iltimos shuki, bu kitobni jamlaganni haqqiga duo qilsa, bu duosini barokatidan Alloh uni tamug’din xalos qilsa va sakkiz Jannatni nasib qilsa. Amin.
Alloh Kotib Muhammad bin Muhammad bin Xusrav al- Xorazmiyni yozganlarni, nazar solganlarni, o‘qiganlarni va barcha muslim va muslimalarni gunohini kechirsin amin.
Xotimadan shu ma’lum bo‘ladiki, asar milodiy 1360-yil 26-martda asar kitobat qilinadi. Muallifning o‘limidan 4 kun o‘tib asarning kitobat qilinishi musannif va kotibning ayni bir yerdan ekanligi va shaxsan tanishliga dalolat qiladi. Lekin negadir xotimada musannifning ismi keltirilmaydi. Bu kitob mutlaq yangi bir asar yaratish maqsadida emas, yuqorida nomi zikr etilgan kitoblar tarkibidagi fasllar mazmuniga doir rivoyatlarni o‘zida jamlagan bir to‘plam sifatida yozilgan va bu musannif zamondoshlarining iltimoslari bilan amalga oshgan. Kitobning aynan nega “Najh ul-farodis” deya nomlanganiga ham Payg’ambarimiz alayhissalomdan keltirilgan hadis dalil qilib ko‘rsatiladi. Asarning ichida keltirilmagan ba’zi manbalarning nomi ham aynan xotimada zikr qilinadi.
Yuqorida ma’lum qilinganidek II jildda asarning transliteratsiyasi berilgan. Ammo uni turk olimlari lotin yozuviga transliteratsiya qilganda usmonli turk tili elementlarini saqlab qolgan. Asarning Xorazm hududida yaratilganligini hisobga olsak transliteratsiyaning ba’zi o‘rinlarda asarning aslidan o‘zgarganligi ko‘zga tashlanadi. Bu esa asar til lahjasiga yaqin boshqa bir transletiratsiya yaratish ehtiyojini tug’diradi. Masalan, arab yozuvida اول shaklida ifodalanadigan III shaxs ko‘rsatish olmoshi Anqara trasliteratsiyasida “ol” shaklida berilgan. Lekin davr va hudud nuqtayi nazaridan qarasak, bu so‘zni “ul” tarzida o‘qishimiz maqbulroqdir. Yana bir o‘rinda “alif” va “vov” birikmasini “ü” sifatida trasliteratsiya qilishdi. Masalan, اوكوش so‘zi “üküş” ko‘rinishida beriladi. Arab yozuvida حُسَين shaklida berilgan so‘z “Hüseyin”, عُمَر shaklida berilgan so‘z “Ömer”, بَيَانى shaklida berilgan so‘z “beyanı” , حَسَد shaklida berilgan so‘z “hased” ko‘rinishlarida trasliteratsiya qilingan. Ammo arab tili qoidasiga ko‘ra (ـَ) “a” unlisini ifodalashi kerak. Yana bir e’tiborli tomoni asarda o‘sha davrda arab yozuvida mavjud bo‘lgan “vov” ifodalay olmaydigan boshqa bir “V” tovushi qatnashgan so‘zlar mavjud bo‘lib, uni ifodalash uchun “fe” undoshining ustiga uchta nuqta qo‘yish orqali ifodalagan. Masalan, qo‘limizdagi Anqara trasliteratsiyasida arab yozuvida يفوقنى “yawuqni”, سفوق “sawuq”, يفوز “yawuz”, ايف “ew” ko‘rinishlarida “V” “W” bilan trasliteratsiya qilingan. Bu esa turkiy tillardagi singarmanizm hodisasini yorqin ifodalaydi.
Asarning ahamiyati va uning naqadar katta qiymatga ega ekanligi adabiyotshunoslar oldiga uni qayta sinchiklab o‘rganish vazifasini qo‘yadi. Bu asarni matniy tadqiq etish, uni asliyatdagi eski o‘zbek tiliga xos bo‘lgan xususiyatlarni inobatga olgan holda nashrga tayyorlash va ilmiy o‘rganish bu noyob manba bilan o‘zbek o‘quvchilarini tanitish nuqtaiy nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Asarning ko‘plab nusxalari mavjudligi va turkolog olimlar tomonidan o‘rganilganligi u haqida ko‘plab ilmiy maqola va asarlar yaratilganligi, faksimeliya, transliteratsiyon variantlarda nashr qilinganligi uni tadqiq va tadbil qilishda qulaylik yaratadi.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə