Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə15/233
tarix25.03.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#103188
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   233
oxirgi majmua

Abu Nasr Forobiy
O‘rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog‘liq bo‘lib, uning inson kamoloti haqidagi ta’limoti ta’lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur Yunon faydasufi Arastudan keyin Sharqda o‘z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir – «Muallimiy soniy» – «Ikkinchi muallim» deb ataydilar.
Abu Nasr Forobiy (to‘liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzaliq ibn Tarxon al-Forobiy) hijriy 260 yil (milodiy 873 yil)da Shosh – Toshkentga yaqin Forob (O‘tror) degan joyda harbiy hizmatchi oilasida tug‘ilgan. Forobda boshlang‘ich ta’limni olgach, Shoshda, Buxoroda, Samarqanda ta’lim olganligi haqida ma’lumotlar bor. Lekin arab xalifaligining yirik madaniy markazi Bag‘dodga xalifalikning turli tomonlaridan kelgan olimlar yig‘ilganligi, uning yirik ilmiy markazga aylanganligi tuyfayli Forobiy ham ilm olish istagida Bag‘dodga jo‘naydi. Bag‘dodda Forobiy o‘rta asr fanini, turli fan sohalarini o‘rganadi. Masalan, unga Yunon tilida Abu Bashar Matta (Matta ibn Yunus), tibbiyot va mantiqdan Yuxanna ibn Haylon (Jilon) ta’lim bergan.
Umuman, Forobiy Bag‘dodda matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tabiiy, huquq, tilshunoslik, poetika bilan shug‘ullandi, turli tillarni o‘rgandi. Ba’zi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi haqida gapiriladi. Abu nasr Forobiy qomusiy olim hisoblanadi. Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar.
Forobiy tahminan 941 yillardan boshlab Damashqda yashaydi. Shahar chekkasidagi bog‘da qorovul bo‘lib ishlaydi va faqirona hayot kechirib, ilmiy ish bilan shug‘ullanadi. 943-967 yillarda esa Halabda yashaydi. 949-950 yillarida Misrda ham bo‘lgan. So‘ng yana Damashqqa qaytib, shu erda 950 yilda vafot etgan. Damashqdagi «Bob as - sag‘ir» qabristoniga dafn qilingan. Rivoyatlarga ko‘ra Abu Nasrning hikmat falsafani o‘qishiga bir kishi sabab bo‘lgan ekan. O‘sha kishi unga Arastuning bir necha kitobini, shu erda tura tursin, keyin olib ketaman deb qo‘yib ketgani sabab bo‘lgan, deyishadi. Ittifoqo, kitoblarga ko‘zi tushib, ularning Abu Nasrning ko‘ngliga ma’qul bo‘lib qoladi va o‘qishga kirishadi natijada yetuk faylusufga aylanadi. Haqiqatdan ham Abu Nasr Forobiy o‘rta asr davri ilm-fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan olim, Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o‘zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan.
Demak, Forobiy inson baxt-saodatga erishuvi uchun ularni baxt-saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo‘lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan Hokim tabiatdan quyidagi 12 ta fazilatga ega bo‘lishi muhimligini qayd etadi:
1 – sog‘-salomat bo‘lib, o‘z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmaligi;
2 – tabiati nozik, farosatli;
3 – xotirasi mustahkam;
4 – zehni o‘tkir;
5 – o‘z fikrini tushuntira oladigan notiq;
6 – bilim-ma’rifatga havasli;
7 – taom eyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o‘zini tiya oladigan bo‘lishi, (qimor yoki boshqa o‘yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi;
8 – haq va haqiqatni, odil va haqgo‘y odamlarni sevadigan, yolg‘onni va yolg‘onchilarni yomon ko‘radigan;
9 – o‘z qadrini biluvchi va oriyatli bo‘lishi;
10 – mol dunyo ketidan quvmaydigan;
11 – adolatparvar;
12 – qat’iyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo‘lishi zarur.
Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko‘rishni istaydi.
Forobiy ta’lim va tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to‘g‘risida» kabi asrlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Forobiy o‘z ishlarida ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa ham, ammo har birining insonni kamolga etkazishda o‘z o‘rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta’kidlaydi. Forobiy «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida» asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishi, shakli, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganishi lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi, deydi.
Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga etkazish maqsadini ko‘zlaydi.
Xulosa qilib aytganda, Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonni o‘z mohiyati bilan ijtimoiy, ya’ni faqat jamiyatda, o‘zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi.
Insonning kamolga etishida ham aqli, ham axloqiy tarbiyaning o‘zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy tavsiya etgan ta’lim-tarbiya usullari hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi bilan diqqatga sazovordir.
Abu Rayxon Beruniy
Qomusiy olim Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g‘oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayxon Beruniy 362 yil 3-zulhiijjada (milodiy 973 yil 4-sentyabr) Xorazmning Qiyod (Kot) shahrida dunyoga keldi. Berun yoki birun so‘zi «tashqari» degan ma’noni anglatadi.
XIII asr boshlarida Xorazmda bo‘lgan mashhur sayoxatchi va geograf Yoqut Hamaviyning aytishicha, Vatanidan tashqariga ketgan har bir kishini xorazmiyliklar «Beruniy» laqabi bilan ataganlar. Keyinchalik bu laqab shu an’anaga ko‘ra uning nomiga qo‘shilib qolgan bo‘lsa ehtimol. Chunonchi, olimni shaxsan bilgan mashhur tarixchi Abul Fazil Bayhaqiy unga nisbatan «Beruniy laqabini qo‘llamay, faqat «Abu Rayxon» deb ataydi. «Abu Rayxon» esa «marhamatli», «rahmatli», «rahmdil» ma’nolarini bildiradi», - degan fikrlarni aytadilar.
Abu Rayxon Beruniy boshlang‘ich ta’limni olgach, o‘sha davrda fan – madaniyat taraqqiy etgan Xorazmning peshqadam olimlaridan saboq oladi. Beruniy Xorzam tili bilan birga sug‘diy, forsiy, suryoniy, Yunon, qadimgi yahudiy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o‘rgangan. U Yunon klassik ilmi, astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, falsafa va filologiyadan ham chuqur bilim oladi.
Beruniy yirik olim Abu Nasr Ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ilmolemeyning astronomik ta’limotlaridan dars olgan. Bundan tashqari o‘zidan oldin o‘tgan matematik, munajjim va geografiya olimi Muhammad Xorazmiy, geografiya olimi Abul Abbos, Ahmad Farg‘oniy (IX asr), Marvaziy (IX asr), Javhariy (IX asr), faylasuf va tabiatshunos Abu Nasr Forobiy, Abul Vafo Juzjoniy (940-998), seyistonlik Abu Said as-Sijiy (951-1024), Abu Muhammad Hamid Xo‘jandiy va boshqalarning asarlarini mustaqil o‘rganadi.
995 yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalrini hal etish bilan birga, Sharqda birinchi bo‘lib Er va Osmon globusini yasadi va astronomiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus yasash kitobi», «Erdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlash haqida maqola» va boshqalar). Beruniy hali juda yosh olim bo‘lishiga qaramay, Kot shahrida 994-995 yillarda astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o‘zi astronomik asboblar ixtiro etgan.
994-995 yillarda Qoraxoniylar samoniylar davlatiga qarshi hujum qiladilar. Urganch amiri Ma’mun I tomonidan Beruniy ijod etayotgan Kot shahri zabt etilib (bu shahar Janubiy Xorzamning poytaxti bo‘lgan), yagona Xorazm davlati tashkil topadi. Amir Abu Abdullo Muhammad xizmatida bo‘lgan Beruniy ham boshqa olimlar kabi Kot-Qiyotni tark etib, Jurjon (Kaspiy dengizining janubi-sharqi)da, so‘ng Rayda (Tehron yaqinida) yashaydi, Raydan yana Jurjonga qaytib, olim va kelajakdagi ustozi Abu Sahl Iso Masihiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi.
O‘sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh olimga xayrixoxlik ko‘rsatadi. «Shams al-Maoliy» («Oliy martabalar quyoshi») laqabi bilan mashhur bo‘lgan bu podshohga bag‘ishlab Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini Yaqin va O‘rta Sharqqa mashhur qildi.
1004 yilda Beruniy Ma’mun II ibn Ma’mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslahatchisi bo‘lib qoladi. Hunarmandchilikning bunday yakka holda o‘rgatilishi malakali kasb egalarining yetishib chiqishiga yordam bergan, halol va vijdonan mehnat qilishga yo‘llaganki, bu insonning kamolga yetishiga muhim pog‘ona bo‘lgan. Zero, qadimdan har bir etuk inson u shohmi, oddiy fuqaromi, hunarning bir yoki bir necha turini bilishi zarur sanalgan. Shunga ko‘ra buyuk shoxlar ham, beklar ham, mol-mulk egalari bo‘lgan boylar ham, oddiy fuqaro ham o‘z farzandini bilimli bo‘lishi bilan birga, hunarli bo‘lishiga ham e’tibor bergan va bu yozilmagan qonunga barcha birdek amal qilgan. Chunki, kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab, kishilar o‘z mehnati va hunari bilan kun kechirishga majbur bo‘lgan va bu hayot taqozosi sifatida qabul qilingan.
Shuning uchun ham Beruniy inson har tomonlama kamolga etishi uchun u ilmli bo‘lishi bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo‘lishi ham kerak deydi. Beruniy «Sharq Renessansi» davri qomusiy olimlaridan biri sifatida nom qozondi.
Mashhur Amriqo‘lik tarixchi olim J.Sarton jahon fani tarixda XI asrning birinchi yarmini Beruniy davri deb atadi. Shuningdek, uni o‘z davrining jahondagi birinchi donishmandi deb baholaydi. Beruniyning ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlarni qamrab olgan 150 dan ortiq yirik ilmiy asarlar yaratganligi ham bu fikrning o‘rinli ekanligini tasdiqlaydi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə