Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə14/233
tarix25.03.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#103188
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   233
oxirgi majmua

Nazorat savollari
1.1. Ibtidoiy odamlar hayotida tarbiyaning o‘ziga xosligi nimalarda namoyon bo‘ladi?
1.2. Qadimgi yozuvlar va ularning kelib chiqishi haqida nimalarni bilasiz?
1.3. Halq og‘zaki ijodida insondagi qaysi hislatlar ulug‘langan?
1.4. Maxmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit-turk» asaridagi o‘gitlardan misollar keltiring.
1.5. «Avesto»dagi axloqiy uchlik jadvalini tuzing.
1.6. Avestoning yoshlar ta’lim-tarbiyasiga ta’siri


Sharq Uyg‘onish davrida ilm-fan, madaniyat va pedagogik fikrlar taraqqiyoti Arab xalifaligi yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. Madaniy hayotda yuz bergan ko‘tarinkilik ma’naviy hayotda ham o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Ana shu ko‘tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin va o‘rta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq uyg‘onish davri deb ataldi. Bu uyg‘onish jarayoni IX asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi.
Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg‘onish davri xalifalikning Bag‘dod, Damashq, Xalab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishga zamin tayyorlagan. Xalifalik emirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi.
Xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833 y.y.) va uning o‘g‘li al-Ma’mun davrida Bag‘dodda “Bayt–ul-hikmat” (“Donishmandlik uyi”) (hozir Akademiya ma’nosida) tashkil etiladi. Mazkur Akademiya barcha ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etilgan. Akademiya 813-833 yillarda yanada rivojlangan. Akademiya qoshida rasadxona ham bo‘lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog‘doddagi mazkur ilm markazi, o‘z navbatida Sharq va g‘arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan. Bu o‘rinda xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqida ko‘rsatgan homiyligini alohida ta’kidlash joiz.
Zero, xalifa al-Ma’mun ilm fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlaridan xalifalikning Xurosondagi noibi bo‘lib turganda ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to‘plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al-Xorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javhariy, al-Farg‘oniy, al-Marazviy kabi vatandosh olimlarimiz ham bo‘lgan. Al-Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tirgach u olimlarning barchasini Bag‘dodga chaqirib oladi va “Bayt-ul-hikma” - donishmandlik uyi (“Ma’mun akademiyasi”)da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi.
Shuningdek, qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh yunon, xoh arab, xoh Movarounnahr va Xuroson xalqining eng qadimgi antik davrlar madaniyati bo‘lsin, Uyg‘onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qildi.
Agar arablar Markaziy Osiyoni bosib olib, bu erda ilgari mavjud bo‘lgan fan va madaniyat o‘choqlarini yo‘qotgan bo‘lsalar, ko‘p o‘tmay qadimiy ilmiy an’ana asta-sekin tiklanib, natijada ilm-fanning etuk siymolari etishib chiqa boshlaydi. Bularning barchasining bir-biriga qo‘shiluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi.
Shuningdek, Sharq uyg‘onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta’lim-tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlari haqida o‘lmas ta’limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi.
Qomusiy olimlar o‘z ilmiy merosida insonning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik takomili masalalariga katta e’tibor berganlar. Masalan, Muhammad Al-Xorazmiy (783-850) insonning kamolga etishi va insoniy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda ilm-fanning muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o‘rin egallaydi.
Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi hamda pedagog-uslubiyotchi olim sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy o‘z davrigacha bo‘lgan qadimiy matematika fani rivojlangan mamlakatlar Vavilion (Bobil), Yunoniston, Hindiston, Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini o‘rgandi va o‘zi hayotiy talablar nuqtai nazarida ulardan farq etuvchi yangi kashfiyot yaratdi.
Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shdi. “Al-kitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr va -l muqobala” asarida (“aljabr va -l muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni echish yo‘llarini bayon etadi. Bu asar uch qismdan iboratdir. Birinchisi algebralik qism. Uning ohirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo‘lim kiritiladi; ikkinchsi, geometrik qismalgebralik usul qo‘llab o‘lchashlar haqida; uchinchi qism vasiyatlar haqida bo‘lib, muallif uni “Vasiyatlar kitobi” deb ataydi.
Muhammad al-Xorazmiy o‘zining falakiyotga doir ishlarida hindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, “Xorazmiy ziji” nomi bilan mashhur astronomik jadvallar tuzdi.
827 yilda Xorazmiy rahbarligida yer kurrasining kattaligini aniqlash maqsadida er meridianining bir gradusi o‘lchab chiqildi. Bag‘dodda yozilgan trigonometriyaga oid dastlabki asar ham Xorazmiyga tegishli bo‘lib, unda sinus, tangenuslarning o‘zgarish qonuniyati ko‘rsatiladi. Uning trigonometrik jadvali o‘sha davr jadvalaridan farq qilgan. Muhammad al-Xorazmiyning tarix va musiqaga oid, quyosh soatlari to‘g‘risida ham asarlari bo‘lib, “Tarix kitobi” (“Kitob at-tarix”) xalifalik tarixga oid va xalifalikning birinchi tarixchilaridan sanaladi.
Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan foydalanishga katta e’tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to‘plash, ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malaka va ko‘nikmalarini hosil qilishga katta baho berdi. Masalan, “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va-l muqobala” asarida olimlarni uch guruhga bo‘lib shunday yozadi: Ulardan biri o‘zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o‘zib ketadi va uni o‘zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi.
Muhammad al-Xorazmiyning bu fikri bir tomondan, olimlar faoliyatining ezgulikka xizmat qilishini yoritsa, ikkinchi tomondan, o‘sha davrda ilmiy tadqiqot ishlari va o‘qitishning metod va vositalaridan qay darajada foydalanganligini ko‘rsatadi. Muhammad al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo‘shdi. U birinchilardan bo‘lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi (samoviy ob’ektlarning harakatini aks ettiruvchi jadval asosida matematik masalalarning algoritm metodida echishni ishlab chiqdi). U matematik g‘oyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida paydo bo‘lishini asosladi. Masalan, yer ishlari, binolar qurish, kanallar ochish shunday paydo bo‘lgan, deydi. U birinchi marta insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə